Xamrakulova Nargiza Orzuevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Operatsiyadan keyingi davrda surunkali yiringli o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarni konservativ davolashni takomillashtirish», 14.00.04-Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.4. DSc/Tib.483.
Ilmiy maslahatchi: Xushvakova Nilufar Jurakulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ostona tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali yiringli o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik taktikasiga qarab operatsiyadan keyin olib borish algoritmini ishlab chiqish orqali davolash, oldini olish va reablitatsiya usullarini maqbullashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, surunkali yiringli o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarda jarroxlik amaliyotidan oldin va keyingi davrda tashqi eshtuv yo‘li epidermal xujayralar tarkibi mikrobiologik va sitologik tekshiruv orqali baholash asoslangan;
surunkali yiringli o‘rta otitning tubo-timpanal shakli bilan og‘rigan bemorlarda bir bosqichli timpanoplastika sanatsiyalovchi jarroxlik amaliyotini o‘tkazish samaradorligi, nog‘ora parda ostida yaraning tez bitishi va xujayra elementlarining miqdoriy ko‘rsatkichlarining pasayishi aniqlangan;
surunkali yiringli o‘rta otitning atik -antral shakli bilan og‘rigan bemorlarda timpanoplastika va eshtishni tiklash maqsadida ossikulaplastika jarroxlik amaliyotini o‘tkazish samaradorligi isbotlangan;
ilk bor, surunkali yiringli o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarda jarroxlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarning xayot sifati ko‘rsatkichlari baholangan;
surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarni jarroxlik amaliyotidan keyingi bosqichda olib borish va davolash algoritmi samaradorligi baholangan, epitelizatsiya va jarroxlik maydonining to‘liq bitishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yildagi 8 sentyabrdagi 52-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2021 yil 16 sentyabrdagi 47745-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: konservativ davoni Kuriozin (rux gialuronat) mikrobga qarshi eritmasi bilan kombinatsiyada kompleks qo‘llash tizimli antibiotik terapiyasini cheklash, operatsiyadan keyingi jarohatning tiklanishini tezlashtirish, suvni kechiktirish va etkazib berish, shikastlangan sohada mexanik va mikroblarga qarshi to‘siq sifatida ta’sir etib hamda molekulyar himoyaning bio-moslashuvchan qatlamini hosil qilib maxsus mikro muhitni yaratish imkonini bergan, qaysikim davolash uchun muvofiq keluvchi yara sohasidagi yallig‘lanish jarayoni va bakterial muhitning kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Samarqand shahar bolalar ko‘p tarmoqli markazi bo‘yicha 07.09.2021 yildagi 86-sonli buyruq hamda Samarqand shahar Saomed xususiy klinikasi bo‘yicha 18.09.2021 yildagi 55-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, operatsiyadan keyingi davrda surunkali yiringli o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarni davolash sifatini yaxshilagan va bu guruh bemorlar reablitatsiyasida ijobiy natijalar bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) zamonaviy va arzon usullar yordamida qulqning jarroxlik amaliyotidan keyingi reabilitatsiya davrini qisqartirish va samaradorligini baxolash. Bu burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining funksional holati aniqlangan, yani boshqa qushimcha tekshiruv va muolajalardan o‘tishni va bu tekshiruvlarga ketadigan sarf xarajatlarni hisobiga iqtisod qilingan. 2) surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan va davolanayotgan bemorlarda jaroxlik amaliyotidan keyingi davosi va reabilitatsiyasi takomillashtirilgan va bu bilan dori darmonga ketadigan sarf xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarni eshitish qobiliyatining buzilishi va quloqdan turli yopishqoqlik darajasidagi shilliqning davriy ravishda ajralishi va o‘rta quloqning ichidagi tarkibini mikrobiologik tekshirganda, monoflora shaklida uchraydigan hamda poliflora shaklidagi turli xil mikroflora ko‘payishi sababli yuzaga kelishi aniqlangan. Buning natijasida bu guruh bemorlarni tashxislashda qo‘shimcha tekshiruvlarga jalb qilinish oldi olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablaglarini 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablaglarni 50 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Surunkali yiringli o‘rta otit bemorlarni operatsiyadan keyingi davo natijalari», «Surunkali yiringli o‘rta otit: etiopatogenezi, tasnifi va zamonaviy davolash usullari» va «Surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2021 yil 16 sentyabrdagi 47745-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bu guruh bemorlarda jarrohlik taktikasiga ko‘ra operatsiyadan keyingi davolash algoritmlarini ishlab chiqish orqali surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash, davolash va oldini olish samaradorligini to‘g‘ri tanlangan, shu asosida residivlarni kamayishiga, hamda davolashga ketadigan sarf xarajatlarni kamaytirishga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar bolalar ko‘p tarmoqli markazi bo‘yicha 07.09.2021 yildagi 86-sonli buyruq hamda Samarqand shaxar Saomed xususiy klinikasi bo‘yicha 18.09.2021 yildagi 55-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, surunkali yiringli o‘rta otit bilan davolanayotgan bemorlarda qaytalanishi o‘rtacha 5,4 dan 3,6 ga (1 yil mobaynida qaytalanish 50-60 % ga kamaygan) kamaygan va bu guruh bemorlar reabilitatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, xayot sifatini bir muncha yaxshilanishiga sabab bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yiringli o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarni residivlanishlari sitologik tahlil natijalariga qarab baholangan va shu asosida davolash o‘tkazilgan. Buning natijasida qo‘shimcha tekshiruvlar va asoslanmagan davolashga ketadigan sarf xarajatlar keskin kamaytirildi. Xulosa: avvalo, operatsiyadan keyingi erta davrda bemor o‘zi uchun eng ko‘p uchraydigan, masalan, quloqdan ajralma ajralishi, eshitish qobiliyatining pasayishi va quloqdan yoqimsiz hid kelishi singari muhim omillardagi o‘zgarishlar aniqlandi. Shuning asosida qulqdagi surunkali yallig‘lanish jarayonlari qaytalanishini bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 150 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 75 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Surunkali yiringli o‘rta otit bemorlarni operatsiyadan keyingi davo natijalari», «Surunkali yiringli o‘rta otit: etiopatogenezi, tasnifi va zamonaviy davolash usullari» va «Surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2021 yil 16 sentyabrdagi 47745-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yiringli o‘rta otiti bor bemorlarda LOR kasalliklar diagnostikasi EHM dasturidan (DGU №16676, 28.04.2022) foydalanish bu guruh bemorlarda surunkali yiringli o‘rta otitni tashxislash algoritmi va bemorlarni ushbu guruhini boshqarish taktikasi ishlab chiqildi. Dasturdan amaliy tibbiyotda, xususan, otorinolaringologlar va umumiy amaliyot vrachlari foydalanish mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Samarqand shahar bolalar ko‘p tarmoqli markazi bo‘yicha 07.09.2021 yildagi 86-sonli buyruq hamda Samarqand shaxar Saomed xususiy klinikasi bo‘yicha 18.09.2021 yildagi 55-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yiringli o‘rta otitlarni erta tashxislash va adekvat davolashni tanlashda, ushbu guruhdagi bemorlarda kasallik residivlanishi, hamda surunkali jarayonni cho‘zilishini oldini olishga erishilgan. Bu esa turli shakldagi surunkali yiringli o‘rta otiti bor bemorlarni reabilitatsiyasida ijobiy natija bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yiringli o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarni davolash algoritmini amaliyotga tadbiq etish to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga olib keldi. Buning natijasida qo‘shimcha tekshiruv usullarini, hamda asoslanmagan davolash o‘tkazish oldi olindi va buning xisobiga xarajatlar keskin kamaytirildi. Surunkali yiringli o‘rta otitni qaytalanish sonini kamayishi xisobiga asosiy kasallik (SYO‘O) bilan davolanayotgan bemorlar koyka kunlari 50% ga kamaydi (1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 1550 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 5450 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan). Xulosa: yangi tashxislash algoritmini qo‘llanilishi bemorlarga tashxis qo‘yishda to‘g‘ri yondashish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga sabab bo‘ldi. Ushbu tashxislash algoritmi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1550 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 5450 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi, ya’ni koyka kunlarini 50% gacha kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Surunkali yiringli o‘rta otit bemorlarni operatsiyadan keyingi davo natijalari», «Surunkali yiringli o‘rta otit: etiopatogenezi, tasnifi va zamonaviy davolash usullari» va «Surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2021 yil 16 sentyabrdagi 47745-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyin uzoq davr mobaynida hayot sifati ko‘rsatkichining pasayishi: operatsiyadan 2 oy o‘tgach, ijobiy sub’ektiv natija 118 nafar bemorda (86,5% ± 4,2), operatsiyadan 1,5 yil o‘tgach 80,4%±3,7 bemorda qayd etilgan. SYO‘O bilan og‘rigan bemorlarning ahvolini har tomonlama baholash mezoni sifatida "hayot sifati" ko‘rsatkichini kiritish zarurati va imkoniyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar bolalar ko‘p tarmoqli markazi bo‘yicha 07.09.2021 yildagi 86-sonli buyruq hamda Samarqand shahar Saomed xususiy klinikasi bo‘yicha 18.09.2021 yildagi 55-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir vaqtda timpanoplastika qilmasdan o‘tkaziladigan sanatsiyalovchi operatsiya taktikasida yara jarayoni kechishining o‘ziga xos xususiyati yara jarayonining ijobiy kechadigan yallig‘lanish-regenerator turining rivojlanishidan iborat bo‘lgan, bir vaqtda timpanoplastika qilinadigan sanatsiyalovchi operatsiya taktikasida yara jarayonining ko‘rinishi bakterial muhitda yaraning birlamchi bitishiga qiyoslanadigan qasmoq ostida yaraning ijobiy kechuvchi bitishiga hamda reabilitatsiyasida ijobiy natija bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarni eshitish qobiliyatining buzilishi va quloqdan turli yopishqoqlik darajasidagi shilliqning davriy ravishda ajralishi va o‘rta quloqning ichidagi tarkibini mikrobiologik tekshirganda, monoflora shaklida uchraydigan hamda poliflora shaklidagi turli xil mikroflora ko‘payishi sababli yuzaga kelishi aniqlangan. Buning natijasida bu guruh bemorlarni tashxislashda qo‘shimcha tekshiruvlarga jalb qilinish oldi olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablaglarini 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablaglarni 50 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan; 2) avvalo, operatsiyadan keyingi erta davrda bemor o‘zi uchun eng ko‘p uchraydigan, masalan, quloqdan ajralma ajralishi, eshitish qobiliyatining pasayishi va quloqdan yoqimsiz hid kelishi singari muhim omillardagi o‘zgarishlar aniqlandi. Shuning asosida qulqdagi surunkali yallig‘lanish jarayonlari qaytalanishini bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 150 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 75 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: yangi tashxislash algoritmini qo‘llanilishi bemorlarga tashxis qo‘yishda to‘g‘ri yondashish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga sabab bo‘ldi. Ushbu tashxislash algoritmi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1550 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 5450 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi, ya’ni koyka kunlarini 50% gacha kamayishiga olib keldi. Davolash jarayonida ifloslanish darajasini monitoring qilish natijalari operatsiyadan oldingi va keyingi davrda mahalliy regeneratsiyalovchi davolash bilan birga mahalliy antibakterial terapiyani qo‘llash orqali bakterial kontaminatsiyani 14,5 marotabaga kamaytirish va amaliy "sog‘lom" quloq (yoki ifloslanish darajasi nolga teng bo‘lgan) kontaminatsiya darajasiga erishish mumkinligi kamayib iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yiringli o‘rta otit bemorlarni operatsiyadan keyingi davo natijalari», «Surunkali yiringli o‘rta otit: etiopatogenezi, tasnifi va zamonaviy davolash usullari» va «Surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2021 yil 16 sentyabrdagi 47745-sonli xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyin uzoq davr mobaynida hayot sifati ko‘rsatkichining pasayishi: operatsiyadan 2 oy o‘tgach, ijobiy sub’ektiv natija 118 nafar bemorda (86,5% ± 4,2), operatsiyadan 1,5 yil o‘tgach 80,4%±3,7 bemorda qayd etilgan. SYO‘O bilan og‘rigan bemorlarning ahvolini har tomonlama baholash mezoni sifatida "hayot sifati" ko‘rsatkichini kiritish zarurati va imkoniyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar bolalar ko‘p tarmoqli markazi bo‘yicha 07.09.2021 yildagi 86-sonli buyruq hamda Samarqand shahar Saomed xususiy klinikasi bo‘yicha 18.09.2021 yildagi 55-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir vaqtda timpanoplastika qilmasdan o‘tkaziladigan sanatsiyalovchi operatsiya taktikasida yara jarayoni kechishining o‘ziga xos xususiyati yara jarayonining ijobiy kechadigan yallig‘lanish-regenerator turining rivojlanishidan iborat bo‘lgan, bir vaqtda timpanoplastika qilinadigan sanatsiyalovchi operatsiya taktikasida yara jarayonining ko‘rinishi bakterial muhitda yaraning birlamchi bitishiga qiyoslanadigan qasmoq ostida yaraning ijobiy kechuvchi bitishiga hamda reabilitatsiyasida ijobiy natija bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarni eshitish qobiliyatining buzilishi va quloqdan turli yopishqoqlik darajasidagi shilliqning davriy ravishda ajralishi va o‘rta quloqning ichidagi tarkibini mikrobiologik tekshirganda, monoflora shaklida uchraydigan hamda poliflora shaklidagi turli xil mikroflora ko‘payishi sababli yuzaga kelishi aniqlangan. Buning natijasida bu guruh bemorlarni tashxislashda qo‘shimcha tekshiruvlarga jalb qilinish oldi olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablaglarini 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablaglarni 50 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan; 2) avvalo, operatsiyadan keyingi erta davrda bemor o‘zi uchun eng ko‘p uchraydigan, masalan, quloqdan ajralma ajralishi, eshitish qobiliyatining pasayishi va quloqdan yoqimsiz hid kelishi singari muhim omillardagi o‘zgarishlar aniqlandi. Shuning asosida qulqdagi surunkali yallig‘lanish jarayonlari qaytalanishini bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 150 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 75 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: yangi tashxislash algoritmini qo‘llanilishi bemorlarga tashxis qo‘yishda to‘g‘ri yondashish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga sabab bo‘ldi. Ushbu tashxislash algoritmi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1550 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 5450 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi, ya’ni koyka kunlarini 50% gacha kamayishiga olib keldi. Davolash jarayonida ifloslanish darajasini monitoring qilish natijalari operatsiyadan oldingi va keyingi davrda mahalliy regeneratsiyalovchi davolash bilan birga mahalliy antibakterial terapiyani qo‘llash orqali bakterial kontaminatsiyani 14,5 marotabaga kamaytirish va amaliy "sog‘lom" quloq (yoki ifloslanish darajasi nolga teng bo‘lgan) kontaminatsiya darajasiga erishish mumkinligi kamayib iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yiringli o‘rta otit bemorlarni operatsiyadan keyingi davo natijalari», «Surunkali yiringli o‘rta otit: etiopatogenezi, tasnifi va zamonaviy davolash usullari» va «Surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2021 yil 16 sentyabrdagi 47745-sonli xat yuborilgan.