Abdullaev Xurshidjon Nazrullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtotransport korxonalarida xarajatlarning buxgalteriya hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, Iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1505.
Ilmiy rahbar: Karimov Akram Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
avtotransport korxonalarida xarajatlar tarkibiga aniqlik kiritish maqsadida “Energiya (Yoqilgʻi) xarajatlari” hisobga olinadigan 1030-sonli “Yoqilgʻi” hisobida, 1031-“Tabiiy gaz xarajatlari”, 1032-“Benzin va dizel yoqilgʻisi xarajatlari”, 1033-“Elektroenergiya xarajatlari” qoʻshimcha ishchi hisoblar ochish orqali hisob siyosatini takomillashtirish taklif etilgan;
avtotransport korxonalarida avtoshinalarning eskirish foizini aniqlash hamda zaxiradagi va muomaladagi avtomobil shinalari hisobga olinadigan 1040-sonli “Materiallar” hisobida qoʻshimcha, 1041-“Shinani dastlabki holatda qabul qilish”, 1042-“Amortizatsiya hisoblangan eskirgan shinalar”, 1043-“Qayta ishlangan shinalar” qoʻshimcha ishchi hisoblar ochish orqali hisob siyosatini takomillashtirish taklif etilgan;
avtotransport korxonalarida Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish maqsadida, “Kapital taʼmirlash xarajatlari”ni transformatsiya qilish asoslangan;
avtotransport korxonalarida haydovchilarning mehnat taʼtili bilan bogʻliq xarajatlari uchun rezerv fondini shakllantirish va analitik hisobini yuritish uchun 8920-“Haydovchilarning mehnat taʼtiliga oid xarajatlar rezervi” ishchi hisobni kiritish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtotransport korxonalarida xarajatlarning buxgalteriya hisobini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtotransport korxonalari faoliyatida xarajatlar tarkibiga aniqlik kiritish maqsadida Energiya (Yoqilgʻi) xarajatlari” hisobga olinadigan 1030-sonli “Yoqilgʻi” hisobida, 1031-“Tabiiy gaz xarajatlari”, 1032-“Benzin va dizel yoqilgʻisi xarajatlari”, 1033-“Elektroenergiya xarajatlari” qoʻshimcha ishchi hisoblar ochish zarurligi toʻgʻrisidagi ilmiy taklifi “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi korxonalarda joriy qilingan. (“Toshshahartransxizmat” AJning 2022-yil 20 oktyabrdagi 01/5-04-1/3585-1471-son maʼlumotnomasi). Natijada, korxonada xarajatlarning 0,3 foizga kamaytirilishiga erishilgan;
avtotransport korxonalarida avtoshinalarning eskirish foizini aniqlash hamda zaxiradagi va muomaladagi avtomobil shinalari hisobga olinadigan 1040-“Materiallar” hisobida qoʻshimcha analitik hisob ochish orqali hisob siyosatini takomillashtirish zarurligini boʻyicha taklif “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda 1041-“Shinani dastlabki holatda qabul qilish”, 1042-“Amortizatsiya hisoblangan eskirgan shinalar”, 1043-“Qayta ishlangan shinalar” qoʻshimcha ishchi hisoblar “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi korxonalarda joriy qilingan. (“Toshshahartransxizmat” AJning 2022-yil 20-oktyabrdagi 01/5-04-1/3585-1471-con maʼlumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish orqali, korxona faoliyatida qoʻshimcha analitik hisoblar ochish orqali hisob siyosati takomillashtirilgan;
avtotransport korxonalarida Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish maqsadida, “Kapital taʼmirlash xarajatlari”ni transformatsiya qilish orqali hisob siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi ilmiy taklifi “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi korxonalarda joriy qilingan. (“Toshshahartransxizmat” AJning 2022-yil 20-oktyabrdagi 01/5-04-1/3585-1471-son maʼlumotnomasi). Natijada, Asosiy vositalar hisobini haqqoniy qiymatlarda baholashga hamda axborotlarning ishonchliligini taʼminlashga xizmat qildi.
avtotransport korxonalarida haydovchilarning mehnat taʼtili bilan bogʻliq xarajatlari uchun rezerv fondini shakllantirish va analitik hisobini yuritish uchun 8920-“Haydovchilarning mehnat taʼtiliga oid xarajatlar rezervi” ishchi hisobini kiritish boʻyicha taklifi “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi avtotransport korxonalari faoliyatida joriy qilingan. (“Toshshahartransxizmat” AJning 2022-yil 20-oktyabrdagi 01/5-04-1/3585-1471-con maʼlumotnomasi). Ushbu ishchi hisobni amaliyotga joriy qilish orqali, avtotransport korxonalarida xarajatlarini hisobga olish tizimini takomillashtirish koʻzda tutilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish