Mamatov Baxromjon Shavkat o‘glining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotdagi davlat ulushini xususiylashtirishda investorlar faolligini ta’minlashning konseptual asoslari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.3.DSc/Iqt538
Ilmiy maslahatchi: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ataniyazov Jasurbek Hamidovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Karlibaeva Raya Xodjabaevna; iqtisodiyot fanlari doktori, Toshpo‘latov Davron Akromovich.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat ulushini xususiylashtirishda investorlar faolligini ta’minlashning konseptual asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ulushini xususiylashtirish amaliyoti shaffofligini ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar majmui aksiyalar paketini sotib olish jarayonlarida qatnashuvchi investorlarning (Expression of Interest (EOI) hujjatlari to‘plami, yakuniy beneffisiarlari soxta tadbirkorlar va bankrotlarning xalqaro ro‘yxatlariga kiritilmaganligi mezonini kiritish asosida takomillashtirilgan;
davlat ulushi majud aksiyadorlik jamiyatlari samarali moliyaviy boshqaruv uslubi moliyaviy holat ishonchliligini baholashga qaratilgan Due diligence amaliyotida mehnat va raqobat mezonlarini tatbiq qilish vositasida takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida investisiya riskini boshqarish metodologiyasi aksiyalarning ommaviy takliflarida anderrayter tomonidan investorlar uchun IPO va SPO doirasida xarid qilingan aksiyalarni sotish ta’qiqlanadigan muddatni kiritish hisobiga aksiya kursiga spekulyativ bosimni cheklash orqali takomillashtirilgan;
aksiya kursi o‘zgarishi dinamikasi va potensial investorlar real talablari asosida aksiyalar ommaviy takliflarini amalga oshirishda narx diapazonini belgilashning book building amaliyotini joriy etish orqali investision faoliyat va kapital jalb qilish uslubiyoti takomillashtirilgan;
bank balansidagi bo‘sh turgan va nosohaviy aktivlarni balans qiymatida vakolatli davlat organiga topshirish hisobiga ustav kapitalida davlat ulushini kamaytirish taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasi davlat ulushi mavjud tijorat banklarining 2030-yilga qadar aktivlar, kapital va investisiya rentabelligi ko‘rsatkichlari ARIMA modeli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotdagi davlat ulushini xususiylashtirishda investorlar faolligini ta’minlashning konseptual asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi o‘rnini saqlash, Xalqaro moliya insitutlari ishonchini oshirish maqsadida sotib olish jarayonlarida qatnashuvchi investorlarning yakuniy beneffisiarlari soxta tadbirkorlar va bankrotlarning xalqaro ro‘yxatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining shu kabi ro‘yxatlariga kiritilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni olish bo‘yicha taklifi “Birja savdolaridagi kompaniyalar uchun shaffoflik talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (“UzAsses investisiya kompaniyasi” AJning 2023-yil    14-iyundagi №04/04-1-53 sonli ma’lumotnomasi) “UzAsses investisiya kompaniyasi” AJ xususiylashtirilishi belgilangan davlat ulushini xususiylashtirishda investorlar savdo jarayonlarida ishtirok etish bo‘yicha qiziqish bildirish ariza (Expression of Interest (EOI)si bilan bir qatorda yuqoridagi hujjatlarni taqdim qilish talabi kiritilgan.
Xususiylashtirilishi belgilangan korxonalarni Xalqaro Kosultantlar tomonidan kompleks tahlil (Due diligence)ni amalga oshirishda Korxonaning moliyaviy, mehnat va raqobat qonunchiligiga rioya qilinishi holatini o‘rganish bo‘yicha taklifi inobatga olinib (“UzAsses investisiya kompaniyasi” AJning 2023-yil 14-iyundagi №04/04-1-53 sonli ma’lumotnomasi) xalqaro Konsultantlarni tanlab olish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik topshiriqlarga ushbu talab kiritilgan.
    Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining ommaviy takliflarida anderrayterga investorlar uchun IPO va SPO doirasida xarid qilingan aksiyalarni sotish ta’qiqlanadigan muddatni belgilash huquqini berish bo‘yicha taklifi taklifi “Asakabank” AJ tomonidan “UzAuto Motors” AJ aksiyalarini “Toshkent” Respublika fond birjasida birlamchi taklif orqali ommaviy joylashtirish (“IPO”) amaliyotini amalga oshirishda foydalanilgan (“Asakabank” AJning 2023-yil 6-iyundagi №19-27/2944 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida anderrayter tomonidan “UzAuto Motors” AJ IPO amaliyotida institutsional investorlar uchun aksiyalarni sotish ta’qiqlanadigan muddat 91 kun sifatida belgilangan.
Davlat ulushini xususiylashtirish nuqtai nazaridan aksiyalarni ommaviy joylashtirishda anderrayterlar tomonidan aksiya kursi o‘zgarishi dinamikasi va potensial investorlar real talablari asosida aksiyalar narx diapazonini belgilash taklifi “Asakabank” AJ tomonidan “UzAuto Motors” AJ aksiyalarini “Toshkent” Respublika fond birjasida birlamchi taklif orqali ommaviy joylashtirish (“IPO”) amaliyotini amalga oshirishda foydalanilgan (“Asakabank” AJning 2023-yil              6-iyundagi №19-27/2944 sonli ma’lumotnomasi), natijada “UzAuto Motors” AJ aksiyalarini “Toshkent” Respublika fond birjasida birlamchi taklif orqali ommaviy joylashtirish (“IPO”)da aksiyalar uchun baholangan qiymat 72 500 - 81 500 so‘m diapazonda belgilashda foydalanilgan.
Bank balansidagi bo‘sh turgan va nosohaviy aktivlarni balans qiymatida vakolatli davlat organiga topshirish hisobiga ustav kapitalida davlat ulushini kamaytirish bo‘yicha taklifi “Asakabank” AJ ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda, Bankning ustav kapitalini kamaytirish tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Asakabank” AJning 2023-yil 6-iyundagi №19-27/2944 sonli ma’lumotnomasi), natijada bank balansidagi 118 ta bo‘sh turgan va nosohaviy aktivlar ikki bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish