Shukurova Umida Po‘latovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali pielonefritda buyrak nefrosklerozining erta diagnostik markyorlarini aniqlash», 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2297.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Nurxon Xalimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019. Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xadjimetov Abdugafur Axatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bemorlarda nefrosklerozni laborator biomarkerlarini ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali pielonefrit mavjud bemorlarda peshobdagi buyrak shikastlanish markyorlari (monotsitar xemotaktik oqsil-1 va transformatsiyalovchi o‘sish omili -β1) miqdori aniqlangan;
surunkali pielonefritdagi nefroskleroz mavjud bemorlarda qon zardobidagi Villebrand omili, plazminogen aktivatori ingibitori-1, fibrin degradatsiya mahsulotlari miqdori bo‘yicha endotelial disfunksiya roli aniqlangan;
surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bemorlarda nefroskleroz markeri sifatida peshobdagi interleykin-1,6,8,10 ko‘rsatkichlari ahamiyati asoslangan;
surunkali pielonefrit negizida rivojlanuvchi nefrosklerozni davolash bosqichlarida buyrak tuzilmalarini shikastlanish darajasini bosqichma-bosqich erta tashxislash uchun interleykin-1,6,8,10, monotsitar xemotaktik oqsil-1, transformatsiyalovchi o‘sish omili-β1 markerlarini algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasiining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 24 avgustdagi 08/024-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13-iyundagi №8n-r/290-sonli ma’lumotnomasi). Toshkent shahar 34-OP sining 16.05.2023 yildagi 34-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondoshuv surunkali pielonefrit negizida rivojlanayotgan nefrosklerozni erta tashxislash, muvofiqlashtirilgan davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda an’anaviy testlar qo‘llanilganda, bemorlarni laboratoriya diagnostikasi uchun umumiy xarajatlar 2 536 250 so‘mni, taklif qilingan usulda esa 2 348 180 so‘mni tashkil etdi. Ikkala sxema ham samarali bo‘lib, kunlik iqtisod qiymati 188.070 so‘m bo‘lishi aniqlandi. Xulosa: surunkali pielonefrit negizida rivojlanayotgan nefrosklerozni erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ning o‘rtacha 188.070 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali pielonefrit negizida rivojlanuvchi nefrosklerozni erta tashxislash, oldini olish usullari to‘g‘risida ma’lumot beradi va davolashni muvofiqlashtirish imkonini yaratadi. Ushbu tashxislash usulining joriy etilishi surunkali pielonefrit negizida buyrak nefrosklerozi rivojlanish foizini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13-iyundagi №8n-r/290-sonli ma’lumotnomasi). 2022 yil 3-sentabrda ilmiy ishga Toshkent tibbiyot akademiyasining №981 ratsionalizatorlik taklif guvohnomasi berildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar surunkali pielonefrit negizida rivojlananayotgan nefrosklerozni bemorlarda erta tashxislash, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgan laborator ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlash boshqa qo‘shimcha markyorlar aniqlanishi uchun kerak bo‘ladigan sarf xarajatlarni cheklaydi, hamda ularni davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 250.000 so‘m, byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 200.000 so‘mni tashkil etadi. Shifoxonaga davolanish kunining 10 kundan 8 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 500 ming so‘m, byudjet hisobidan esa 400 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: bemorlarda surunkali pielonefrit negizida rivojlanuvchi nefrosklerozni tashxislash tadbirlarini muqobil o‘tkazish, ularga shifoxonaga davolanish uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 400.000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 500.000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: tavsiya etilayotgan diagnostika markyorlari surunkali pielonefrit negizida nefroskleroz rivojlanayotgan bemorlarda kasallikni erta tashxislash, nefroprotektiv terapiyani muvofiqlashtirishda ahamiyatga ega. Bu esa asoslanmagan preparatlarga sarf bo‘ladigan ortiqcha moliyaviy xarajatlarni keskin kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13-iyundagi №8n-r/290-sonli ma’lumotnomasi). Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 14.06.2023 yildagi 52-sonli buyrug‘i. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali pielonefrit negizida nefroskleroz rivojlanayotgan bemorlarda davolash va profilaktika sifati yaxshilangan. Shuningdek, maqsadli tekshiruv diagnostik va davolashdagi polipragmaziyaning oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali pielonefrit negizida nefroskleroz rivojlanayotgan bemorlarda ortiqcha asbobiy va laborator tekshiruvlarning tejalishi, maqsadsiz dori-darmonlarning qo‘llanilishini oldini olish. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. Shifoxonaga davolanish kunining 10 kunda 8 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 500000 so‘m, byudjet hisobidan esa 400 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Bemorlarni laboratoriya diagnostikasi uchun kunlik iqtisod qilish qiymati 188.070 so‘m bo‘lishi aniqlangan. Xulosa: surunkali pielonefrit negizida nefroskleroz rivojlanayotgan bemorlarda laborator tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarda shifoxonaga davolanish uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 400000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 500000 so‘mga va laboratoriya diagnostikasi uchun esa 188.070 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy tadqiqot davomida olingan natijalar surunkali pielonefrit negizida rivojlanuvchi nefrosklerozni laborator tekshiruvlarda erta aniqlashga va og‘ir asoratlarni oldini olishga yordam beradi. Ushbu diagnostika usulining joriy etilishi surunkali pielonefrit negizida buyrak nefrosklerozini rivojlanish foizini kamaytiradi. Eng muhimi bu markyorlarni aniqlashni davolash-profilaktika muassasalarining birlamchi bo‘g‘inlarida ham amalga oshirish mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 14.06.2023 yildagi 52-sonli va Toshkent shahar 34-OP sining 16.05.2023 yildagi 34-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondoshuv surunkali pielonefrit negizida rivojlanayotgan nefrosklerozni erta tashxislash, muvofiqlashtirilgan davo choralari samaradorligini oshirish hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali pielonefrit negizida nefroskleroz rivojlanayotgan bemorlarda ortiqcha asbobiy va laborator tekshiruvlarining tejalishi, maqsadsiz dori-darmonlarning qo‘llanilishining oldi olindi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. Xulosa: surunkali pielonefrit negizida nefroskleroz rivojlanayotgan bemorlarda laborator tashxislash tadbirlarni to‘g‘ri o‘tkazish ushbu bemorlarda shifoxonaga davolanish uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 588070 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 688070 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: Shukurova Umida Po‘latovnaning “Surunkali pielonefritda buyrak nefrosklerozining erta diagnostik markerlarini aniqlash” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 6-maydagi 03/1645-sonli xati yuborilgan.