Bayjanov Damir Sarsengalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiya faoliyatini islom moliya instrumentlari orqali moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2192
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Almardonov Ilhom Muzrobshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Haydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida investisiya faoliyatini islom moliya instrumentlari orqali moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli va o‘zaro bog‘langan investision loyihalar yo‘nalishini tanlash va portfelini tuzish orqali moliyalashtirishda «Murobaha» islomiy instrumentidan foydalanish asoslangan;
Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni davlat-xususiy sheriklik munosabatlariga asoslangan «Mudoraba» islomiy instrumenti asosida moliyalashtirish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatini moliyalashtirishda xorijiy davlatlardagi mavjud islomiy moliyalashtirishga asoslangan banklar, investisiya fondlari va kompaniyalarning mablag‘larini «Salam» islomiy mikromoliyalash instrumenti orqali jalb etish taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xorijiy investisiyalar va kreditlar hamda moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hajmining ortishi tendensiyasi asosida 2027-yilga qadar asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida investisiya faoliyatini islom moliya instrumentlari orqali moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
turli va o‘zaro bog‘langan investision loyihalar yo‘nalishini tanlash va portfelini tuzish orqali moliyalashtirishda «Murobaha» islomiy instrumentidan foydalanish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi SM/08-10/3462-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Orolbo‘yi innovatsiyalar platformasi orqali loyihalar va dasturlar portfellarini, ularning ekologik va texnik-iqtisodiy ekspertizasini, tenderlarni joriy qilish va natijalardan kelib chiqib, monitoring va baholashni tasdiqlash hamda muvofiqlashtirish uchun kelishilgan va soddalashtirilgan tartib va mexanizmlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni davlat xususiy-sherikchilik munosabatlariga asoslangan «Mudoraba» islomiy instrumenti asosida moliyalashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi SM/08-10/3462-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik va o‘rta qishloq xo‘jaligi korxonalarining rentabelligini va unumdorligini oshirish uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining uyushmalarini, kooperativlarini tashkil qilish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatini moliyalashtirishda xorijiy davlatlardagi mavjud islomiy moliyalashtirishga asoslangan banklar, investisiya fondlari va kompaniyalarning mablag‘larini «Salam» islomiy mikromoliyalash instrumenti orqali jalb etish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi SM/08-10/3462-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga zamonaviy texnologiyani qo‘llashni rag‘batlantirish uchun bank mahsulotlarini qo‘shma moliyalashtirish/subsidiyalash tizimini joriy qilish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xorijiy investisiyalar va kreditlar hamda moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘larining hajmining ortishi tendensiyasi asosida 2027 yilga qadar asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmining ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi SM/08-10/3462-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida xorijiy investisiyalar va kreditlar hamda moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hamda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmining istiqbol ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.