Sattarova Nargiz Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda savdo xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2146
Ilmiy rahbar: Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Kulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ivatov Irisbek iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharoitida savdo xizmatlarini rivojlantirishni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra savdo xizmatlarining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sotuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlari natijasida aholini tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida amalga oshiriladigan xizmat ko‘rsatishdagi iqtisodiy munosabatlar majmuini o‘z ichiga olgan faoliyatdan iborat “savdo xizmati” tushunchasi hamda savdo xizmatlarini amalga oshirish uchun qilingan xarajatlar va daromadlar o‘rtasidagi munosabatlar natijadorligini ifodalovchi “savdo xizmatlari samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatuvchilar va iste’molchilar faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan savdo klasteri kengashi tomonidan tartibga solinuvchi hamda sohaning daromadlilik darajasi va samaradorligini oshirishga imkon yaratuvchi savdo xizmatlari hududiy klasterini tuzish taklifi asoslangan;
respublikada aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi chakana savdo aylanmasi hajmiga hudud xususiyatlariga ko‘ra ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlangan hamda iste’molchilar ehtiyojlarini sifatli qondirishga yo‘naltirilgan “raqamli savdo” xizmatlarini rivojlantirishning o‘rta muddatli prognoz parametrlari baholangan;
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida chakana savdo xizmatlarini rivojlantirishning ekonometrik modellaridan foydalangan holda 2027 yilga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Savdo xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
savdo xizmatlarining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sotuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlari natijasida aholini tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida amalga oshiriladigan xizmat ko‘rsatishdagi iqtisodiy munosabatlar majmuini o‘z ichiga olgan faoliyatdan iborat “savdo xizmati” tushunchasi hamda savdo xizmatlarini amalga oshirish uchun qilingan xarajatlar va daromadlar o‘rtasidagi munosabatlar natijadorligini ifodalovchi “savdo xizmatlari samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni takomillashtirilgan uslubiy yondashuvdan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Sanoat iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 avgustdagi 284-sonli buyrugiga hamda SamISI Kengashining
2022 yil 5 dekabrdagi 4-sonli majlis qarori). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida savdo xizmatlari sifati va intensivligini oshirish hamda xarajatlarni tejash hisobidan iqtisodiy samara olish bo‘yicha nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
xizmat ko‘rsatuvchilar va iste’molchilar faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan savdo klasteri kengashi tomonidan tartibga solinuvchi hamda sohaning daromadlilik darajasi va samaradorligini oshirishga imkon yaratuvchi savdo xizmatlari hududiy klasterini tuzish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda savdo xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 13 apreldagi 11/05-17-4212-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Samarqand viloyatida savdo xizmatlari hududiy klasterini joriy etilishi natijasida yalpi hududiy mahsulot oshirish hamda savdo subektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlardan olingan daromadni 12 foizga oshirish imkonini yaratgan;
respublikada aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi chakana savdo aylanmasi hajmiga hudud xususiyatlariga ko‘ra ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlangan hamda iste’molchilar ehtiyojlarini sifatli qondirishga yo‘naltirilgan “raqamli savdo” xizmatlarini rivojlantirishning o‘rta muddatli prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda savdo xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 13 apreldagi 11/05-17-4212-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi respublikada savdo infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda sohada “raqamli savdo” konseptual yo‘nalishlar asosida iste’molchilar ehtiyojini sifatli qondirish imkonini yaratgan;
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida chakana savdo xizmatlarini rivojlantirishning ekonometrik modellaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan 2027 yilga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda savdo xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 13 apreldagi 11/05-17-4212-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi respublikada chakana savdo xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirish asosida 2027 yilda chakana tovar aylanmasi hajmini 1073,1 trln. so‘mga etkazish hamda 2022 yilga nisbatan 3,2 baravarga oshirish imkonini yaratgan.