Salimdjanov Sangindjonning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shimoliy Tojikiston sharoitlarida tut ipak qurtining xorijiy zot va duragaylaridan foydalanish samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari va texnologik usullari”, 06.02.04 - Ipakchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Umarov Shavkat Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tojikiston Respublikasining Respublika ipakchilik ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02 raqamli IK asosida bir martalik IK.
Rasmiy opponentlar: Nasirillaeva Baxtiyor Ubaydullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ismatullaeva Dilarom Adilovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Islambekova Nigora Murtazoevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy tadqiqotchilarning ijobiy tajribalaridan foydalangan holda tut ipak qurtini tanlash va ko‘paytirishda respublika iqlimining o‘zgaruvchanligini hosobga olib xorijiy zotlardan samarali foydalanish, pillaga dastlabki ishlov berishning texnologik usullarini takomillashtirish hisobiga pilla va ipak xomashyosi sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor viloyat sharoitlarida turli xil genotipga ega bo‘lgan, shuningdek geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan 20 dan ortiq xorijiy zot va duragaylarning biologik va texnologik xususiyatlari aniqlangan;
turli xil geografik kelib chiqishga ega bo‘lgan istiqbolli zot va duragaylarni taqqoslash asosida seleksiya ishlarida foydalanish uchun eng yaxshilari aniqlangan;
Tojikiston ipakchiligida kichik yoshdagi tut ipak qurtlarini plyonka ostida markazlashgan holda boqishga asoslangan yangi texnologiya asoslangan;
ozuqaning fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlari va viloyat sharoitlarida turli xil zotlar ipak xomashyosining texnologik xususiyatlari aniqlangan;
tut ipak qurtining zotiga qarab tirik pillalarni quritishning issiqlik fizikaviy va texnologik parametrlari ishlab chiqilgan;
pillalarni quritish jarayonida texnologik ko‘rsatkichlarini nazariy jihatdan aniqlash uslubiyoti asoslangan;
pillani losdan tozalovchi mashinada shlisaning pilla qobig‘iga tegishini kamaytirish uchun shlisali mexanizm ishlab chiqilgan;
tut ipak qurtining yangi «Istiqlol» duragayi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tojikiston sharoitlarida tut ipak qurtining xorijiy zot va duragaylaridan samarali foydalanishni oshirishning ilmiy asoslari va texnologik usullarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Qurtlarni boqish uchun uskuna” yaratilgan va Kichik patent olingan (01.03.2019 yilda N2TJ 939-raqamli). Natijada 40 quti tut ipak qurtlarini boqishda har bir qutidan o‘rta hisobda 45 kg dan tirik pilla olingan va bunda iqtisodiy samaradorlik 3400 somoniyni tashkil qilgan;
Kichik yoshdagi tut ipak qurtlarini boqish usuli ishlab chiqilgan va unga Kichik patent olingan (18.03.2019 yilda M TЈ 982-raqamli). Natijada viloyatning ipakchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarida (har bir tumanda 10 qutidan) R-13 xorijiy zotining 70 quti tut ipak qurtlari boqilganda har bir qutidan o‘rta hisobda 51 kg dan tirik pilla olingan va bunda iqtisodiy samaradorlik 9800 somoniyni tashkil qilgan;
«VT-Silk» mas’uliyati cheklangan qo‘shma korxonasi bazasida yangi “Istiqlol” duragayi qurtlarini boqishda Tut ipak qurtlarini markazlashgan holda boqish uslubi joriy etilgan («PILLAI TOChIK» OAJning 30.03.2023 yildagi 31-sonli ma’lumotnomasi). Yuqorida keltirilgan duragayning 100 quti qurtlarini boqish natijasida 4600 kg tirik pilla tayyorlangan, o‘ldirish va quritishdan so‘ng – 1736 kg quruq pilla tayyorlangan, bu esa har bir qutidan pilla chiqishini 5-10% ga oshirish imkoni bergan, shuningdek qurtlarning kasallanishi kamaygan va ozuqani sezilarli darajada iqtisod qiliga erishilgan. Taklif qilinayotgan uslubiyotni joriy etish natijasida har bir qutidan o‘rta hisobda 46 kg dan tirik pilla olingan, sof foyda 52924 somoniyni, rentabellik esa 25% ni tashkil etgan;
Ganchin tumani xo‘jaliklarida tut ipak qurtining “R-13” xorijiy zotining 180 quti qurtlarini boqish joriy etilgan («PILLAI TOChIK»OAJning 30.03.2023 yildagi 31-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 8740 kg tirik pilla olingan bo‘lib, bu boshqa xo‘jaliklar bilan taqqoslaganda hosildorlikning o‘rta hisobda 10 kg oshishiga sabab bo‘lgan. Har bir qutidan o‘rta hisobda 48,5 kg dan tirik pilla olingan, sof foyda 14630 somoniyni, rentabellik esa – 24% ni tashkil qilgan;
«VT-Silk» mas’uliyati cheklangan qo‘shma korxonasida “Qurtlarni boqish uchun uskuna” joriy etilgan («PILLAI TOChIK» OAJning 30.03.2023 yildagi 31-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qurtlarning yashovchanligi, kasalliklarga chidamliligi 25% ga oshgan, ipak xomashyosi chiqishi 1,5% o‘sgan 50 quti qurtning iqtisodiy samaradorligi 4050 somoniyni, rentabellik 21% ni tashkil qilgan.