Ahrorova Shahlo Botirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Idiopatik yuz nervi nevropatiyasi jins dimorfizmi aspektida (klinik-patogenetik tahlil)», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.Phd/Tib430.

Ilmiy rahbar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand tibbiyot instituti.

Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: erkak va ayollarda idiopatik yuz nervi nevropatiyasining klinik-patogenetik aspektlarini o‘rganish va kasallikning klinik ko‘rinishi, kechish xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu kasallikning davo samaradorligini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

erkak va ayollarda idiopatik yuz nervi nevropatiyasining klinik simptomlari dinamikasi va strukturasining o‘ziga xosligi hamda turli yoshdagi bemorlarda prozoparez va qo‘shimcha simptomlar kechishi xususiyatlari farqlanishi isbotlangan;

jins dimorfizmi aspektida idiopatik YuNN bilan kasallangan bemorlarda psixologik status va vegetativ buzilishlarning xususiyatlari aniqlangan;

kasallikning turli bosqichlarida stimulyasion ENMG M-javobi parametrlari tahlili asosida yuz nervining holati va tiklanishi aniqlangan hamda jins dimorfizmi aspektida baholangan;

idiopatik yuz nervi nevropatiyasini davolashda bemorlarning jinsi va psixoemotsional holatini hisobga olib, qiyosiy davo qo‘llanilishi zarurligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Idiopatik YuNN bilan kasallangan erkak va ayollarda klinik-patogenetik xususiyatlarni aniqlash natijasida qiyosiy davolashni takomillashtirish va asoratlarning oldini olish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

idiopatik YuNNning jins dimorfizmi aspektida klinik-patogenetik tahlili  bo‘yicha olingan natijalar asosida «Erkak va ayollarda idiopatik yuz nervi nevropatiyasi kechishining xususiyatlari. Davo usullarini optimizatsiyalash» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 dekabrdagi 8N-D/179-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erkak va ayollarda idiopatik YuNN asoratlarini erta aniqlash va davo choralarini mukammallashtirish imkonini bergan;

idiopatik YuNN bilan kasallangan erkak va ayollarda klinik-patogenetik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali va Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi nevrologiya bo‘limida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 7 dekabrdagi 8N-D/64 son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilingan tavsiyalar natijasida idiopatik YuNNni davolashda davo samaradorligini 10% ga oshirish, klinik-patogenetik xususiyatlarga asoslanib, kasallik asoratlanishini erta tashxislash, bemorlarda psixovegetativ buzilishlarni korreksiyalash orqali kasallik asoratlanishini sezilarli darajada kamaytirish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish