Lapasov Oxunjon Avaz o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bazal hujayrali teri saratonining erta bosqichida klinik-morfologik va differensial-diagnostik xususiyatlari”, 14.00.11 - Dermatologiya va venerologiya, 14.00.15 - Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD./Tib1832.
Ilmiy raxbarlar: Azizov Baxodir Sadikovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Sidikov Akmal Abdikaxarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSs.04/30.12.2019.Tib.29.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nishanov Daniyar Anarboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bazal hujayrali teri saratonining klinik, dermatoskopik, patogistologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda erta diagnostik mezonlarni ishlab chiqish va optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
BHTSning dastlabki bosqichida erta tashxisni tasdiqlashda patogistologik: o‘simta periferiyasi bo‘ylab bazal keratinotsitlar “palisad”i 88,75% (71/80) va o‘simta retraksiya fenomeni mavjudligi differensial diagnostik belgilari isbotlangan;
bazal hujayrali teri saratoni bilan og‘rigan bemorlarda epidermis va o‘sma tuzilmalarida Hif-1 markerining aniq musbat natija bilan ifodalanishi, yassi xujayrali teri saratonida va aktinik keratoz tashxisli bemorlarda manfiy ifodalanishi, podoplanin markerlarining esa aniq neoplazma uchun o‘ziga xos belgiga ega emasligi, ammo o‘smaning invazion shaklida kasallikning salbiy dinamikasini ko‘rsatgichlari differensial diagnostik mezonlar sifatida baholanishi isbotlangan;
dastlabki bosqichda bazal hujayrali teri saratonini aniqlash uchun ishlab chiqilgan yangi diagnostik testni qo‘llash, o‘simta yuzasiga kriomuolaja amaliyoti bajarilishidan oldin va keyin dermatoskopik tekshiruvni o‘tkazish orqali o‘simta periferiyasi bo‘ylab shaffof/marvarid papulalar shakllanganligi aniqlangan va testning o‘ziga xosligi mos ravishda ijobiy natijasi 88,89%ni tashkil etishi isbotlangan;
bazal hujayrali teri saratonida gistologik va dermatoskopik tekshiruvlar orqali o‘simta periferiyasi bo‘ylab aniqlangan bazal keratinotsitlar “palisad”i, o‘simta retraksiya fenomeni, shaffof/marvarid papulalar belgilari yordamida bazal hujayrali teri saratoniga o‘xshash o‘sma kasalliklari va bir qator dermatozlar bilan og‘rigan bemorlarni qiyosiy baholash chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert kengashining 2023 yil 20 avgustdagi 12-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya institutining 2023 yil 08 oktyabrdagi №03-1483- son xati yuborilgan).
birinchi ilmiy yangilik BHTSning dastlabki bosqichida erta tashxisni tasdiqlashda patogistologik: o‘simta periferiyasi bo‘ylab bazal keratinotsitlar “palisad”i 88,75% (71/80) va o‘simta retraksiya fenomeni mavjudligi differensial diagnostik belgilari isbotlangan bo‘lib, Respublika Teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi 2022 yil 29 avgustdagi №38-P-sonli buyrug‘i xamda Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filialining 2022 yil 13 sentyabrdagi №53-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dastlabki bosqichda yangi klinik-morfologik, differensial belgilarning joriy qilinishi, bemorning dastlabki tashrifi va terapevtik chora-tadbirlarni amalga oshirish o‘rtasidagi vaqtni kamaytiradi, kasallikni xavfli bosqichga o‘tishi, rivojlanishi mumkin bo‘lgan og‘ir asoratlarni oldini oladi, davolash davomiyligini qisqartiradi, bemorning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bazal hujayrali teri saratonining erta davrlaridagi eritematoz-dog‘li shaklida, kriogen ta`sir qilish natijasida, dermatoskop yordamida erta klinik-morfologik, differensial tashxislash hamda maqsadli davoni erta boshlash imkonini bergan, klinikada gistologik va laborator diagnostika qilish uchun 80 nafar bemor hisobidan 36 240 000 so‘m xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bazal hujayrali teri saratonini dastlabki bosqichda yangi diagnostika usullaridan foydalanish orqali klinik-morfologik belgilar aniqlangan va 1 nafar bemor hisobidan 453 000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan..
ikkinchi ilmiy yangilik: bazal hujayrali teri saratoni bilan og‘rigan bemorlarda epidermis va o‘sma tuzilmalarida Hif-1 markerining aniq musbat natija bilan ifodalanishi, yassi xujayrali teri saratonida va aktinik keratoz tashxisli bemorlarda manfiy ifodalanishi, podoplanin markerlarining esa aniq neoplazma uchun o‘ziga xos belgiga ega emasligi, ammo o‘smaning invazion shaklida kasallikning salbiy dinamikasini ko‘rsatgichlari differensial diagnostik mezonlar sifatida baholanishi isbotlangan bo‘lib, Respublika Teri-tanosil klinik shifoxonasi 2022 yil 29 avgustdagi №38-P-sonli buyrug‘i xamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filialining 2022 yil 13 sentyabrdagi №53-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlar yordamida Hif-1 va podoplanin markerlarini qo‘llash, gistologik to‘g‘ri tashxislanmagan bemorlarda, bazal hujayrali teri saratonini rivojlanish darajasini erta bosqichda aniqlash imkonini beradi, bu esa ishga loyiqatsizlikni kamaytiradi, jamoada ijtimoiy aloqalarning tiklanishi, bemorning ruhiy holatiga ta’siri va og‘ir asoratlarning kelib chiqishini bartaraf etilishi orqali ijtimoiy hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gistologik va umumklinik tekshiruvlardan so‘ng ayrim bemorlarda tashxis to‘g‘ri qo‘yilmasligi natijasida, qayta tekshiruv va nazorat uchun 2 oy davomida bemor 4 marotaba shifokor qabulida bo‘lishi, tekshiruvlardan qayta o‘tishi xarajati 2 400 000 so‘mni tashkil qilgan, qo‘llanilgan immunogistokimyoviy tekshiruvlarda harajatlar 1 765 000 so‘mgacha kamaytirilgan, 33 nafar bemor uchun 20 955 000 so‘m xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: dastlabki bosqichda bazal hujayrali teri saratonini erta tashxislash uchun immunogistokimyoviy markerlarni aniqlash 1 bemor hisobidan 635 000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: dastlabki bosqichda bazal hujayrali teri saratonini aniqlash uchun ishlab chiqilgan yangi diagnostik testni qo‘llash, o‘simta yuzasiga kriomuolaja amaliyoti bajarilishidan oldin va keyin dermatoskopik tekshiruvni o‘tkazish orqali o‘simta periferiyasi bo‘ylab shaffof/marvarid papulalar shakllanganligi aniqlangan va testning o‘ziga xosligi mos ravishda ijobiy natijasi 88,89%ni tashkil etishi isbotlangan bo‘lib, Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi 2022 yil 29 avgustdagi №38-P-sonli buyrug‘i xamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filialining 2022 yil 13 sentyabrdagi №53-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bazal hujayrali teri saratoniga tashxis qo‘yishda qo‘llanilgan yangi usul kasallikning dastlabki bosqichlarida erta tashlaydi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, kasallik kechishining davomiyligini qisqartiradi, asoratlarni kelib chiqishini oldini oladi va davolash samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gistologik va umumklinik tekshiruvlar, qayta tekshiruvlar o‘tkazish zarurati sababli bemorni 4 marotabagacha shifokor qabulida bo‘lishini talab qilgan va 2 400 000 so‘m mablag‘ni tashkil etgan, tavsiya qilingan yangi kriogen ta’sir orqali dermatoskopik diagnostika usulidan foydalanish ushbu harajatni 2 048 500 so‘mgacha kamaytirgan, 80 nafar bemor hisobidan 28 120 000 so‘m xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bazal hujayrali teri saratonini erta tashxislash maqsadida ishlab chiqilgan yangi qulay va oddiy diagnostik test kasallikning dastlabki eritematoz shaklida 1 nafar bemor hisobidan 351 500 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bazal hujayrali teri saratonida gistologik va dermatoskopik tekshiruvlar orqali o‘simta periferiyasi bo‘ylab aniqlangan bazal keratinotsitlar “palisad”i, o‘simta retraksiya fenomeni, shaffof/marvarid papulalar belgilari yordamida bazal hujayrali teri saratoniga o‘xshash o‘sma kasalliklari va bir qator dermatozlar bilan og‘rigan bemorlarni qiyosiy baholash chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lib, Respublika Teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi 2022 yil 29 avgustdagi №38-P-sonli buyrug‘i xamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filialining 2022 yil 13 sentyabrdagi №53-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘xshash neoplazmalar va turli dermatozlar bilan bazal hujayrali teri saratonining dastlabki eritematoz dog‘ shaklida kasallikning differensial-diagnostik belgilari teri saratoni kasalliklarini to‘g‘ri hamda erta aniqlash imkonini beradi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bazal hujayrali teri saratonini boshqa neoplazmalar va o‘xshash dermatozlar bilan qiyosiy taqqoslashda gistologik va umumklinik tekshiruvlar, qayta tekshiruvlar o‘tkazish zarurati sababli bemorni 4 marotabagacha shifokor qabulida bo‘lishini talab qilgan va 2 400 000 so‘m mablag‘ni tashkil etgan, tavsiya qilingan yangi immunogistokimyoviy va kriogen ta’sir orqali dermatoskopik diagnostika usulidan foydalanish ushbu harajatni 2 048 500 so‘mgacha kamaytirgan, 80 nafar bemor hisobidan 28 120 000 so‘m xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: differensial-diagnostik belgilar ishlab chiqilishi teri saratonining aniq klinik belgilar nomoyon bo‘lmagan dastlabki bosqichida erta tashxislash imkonini berib, 1 nafar bemor hisobidan 351 500 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.