Abdullaev Nurboy Chunaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Immunologicheskie mexanizmi formirovaniya allergicheskix zabolevaniy u detey razlichnogo vozrasta i obosnovanie k korrigiruyushhey terapii», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib826.
Ilmiy maslahatchi: Yuldashov Ilxom Ro‘zievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Levkovich Marina Arkad`evna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi); Irsalieva Fatima Xusnutdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universtiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalardagi allergik kasalliklar kursining klinik, funksional, laboratoriya va immunologik xususiyatlarini yosh bo‘yicha baholash, tuzatish terapiyasi usullarini optimallashtirishni asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda allergik kasalliklarning etiologik omilini yoshga qarab tashxislashda kompleks yondashuv asoslangan;
 ilk bor  kompleks davolashdan oldin va davolash davrida bolalarda allergik kasalliklarning kechishini bashorat qilishda hujayrali va gumoral immunitet va sitokin holati kursatkichlarining ahamiyati isbotlangan;
 ilk bor AD, AR va BA kuchayishi davrida lizozimning aniq tanqisligi, shuningdek komplimentning C3 va C5 komponentlarini sekresiyasida antagonistik yo‘nalish - C3 ning bostirilishi va AD da C5 ning ortishi aniqlangan.  
ilk bor sababli ahamiyatli allergenlarning yoshga, organizmning immunologik buzilishlariga qarab allergik kasalliklarning kritik klinik kechishining og‘irligi bilan bog‘liqligi aniqlangan va ular asosida immunodiagnostika usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 31.03.2023 yil №03/20-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda allergik kasalliklarning etiologik omilini yoshga qarab tashxislashda kompleks yondashuv shakllantirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Allergik kasalliklarga chalingan turli yoshdagi bolalarda sababchi ahamiyatga ega allergenlar bilan teri testlari natijalari baholangan, allergik rinit bilan og‘rigan bolalarda 52,6% hollarda nazofaringit, 44,7% o‘tkir laringotraxeit va 10,5% hollarda o‘tkir bronxitning asoratlari sifatida kuchayishi aniqlangan, tug‘ma immunitet parametrlarining o‘zgarishi allergik kasallikning turiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son klinik bolalar shifoxonasi va 3 - son klinik bolalar shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 31.03.2023 yil №03/20-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemor bolalar salomatligini tez qayta tiklash, erta tashhisot qilish hamda asoratlarini oldini olish.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemor bolalarni yoshi va allergik kasalliklar turiga qarab davolashga differensial yondashuv samaradorligi baholandi, allergik kasalliklarga chalingan turli yoshidagi bolalarda immunotashxisot va bir davolash kursining narxi-1680 000 so‘mni tashkil etdi, buning natijasida bemor bolalarni statsionarda davolashda yotoq kunlari ikki barobarga kamaydi, davolash kurslari qayta takrorlanmadi, iqtisodiy jihatdan esa 43% tejash imkonini berdi. Xulosa: bemor bolalarni yoshi va allergik kasalliklar turiga qarab davolashga differensial yondashuv samaradorligi baholandi. Bolalar hayot sifatining barcha ko‘rsatgichlari sezilarli darajada oshishiga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor kompleks davolashdan oldin va davolash davrida bolalarda allergik kasalliklarning kechishini bashorat qilishda hujayrali va gumoral immunitet va sitokin holati kursatkichlarining ahamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati allergik kasalliklarning yoshga qarab klinik ko‘rinishlarining diagnostikasini takomillashtirish va davolash usullarini optimallashtirishdan iborat bo‘lib, bu allergik kasalliklarga chalingan turli yoshdagi bolalarda sababchi ahamiyatga ega allergenlarni yanada aniqlash uchun asos yaratgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son klinik bolalar shifoxonasi va 3 - son klinik bolalar shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 31.03.2023 yil №03/20-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemor bolalar salomatligini tez qayta tiklash, erta tashhisot qilish hamda asoratlarini oldini olish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemor bolalarni yoshi va allergik kasalliklar turiga qarab davolashga differensial yondashuv samaradorligi baholandi, allergik kasalliklarga chalingan turli yoshidagi bolalarda immunotashxisot va bir davolash kursining narxi-1680 000 so‘mni tashkil etdi, buning natijasida bemor bolalarni statsionarda davolashda yotoq kunlari ikki barobarga kamaygan, davolash kurslari qayta takrorlanmadi, iqtisodiy jihatdan esa 43% tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor AD, AR va BA kuchayishi davrida lizozimning aniq tanqisligi, shuningdek komplimentning C3 va C5 komponentlarini sekresiyasida antagonistik yo‘nalish - C3 ning bostirilishi va AD da C5 ning ortishi aniqlangan. ARda C3 va C5 darajasining oshishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: BA rivojlanishining tashhislash mezoni ishlab chiqilgan - agar IFNg/IL-13  nisbati 1 dan kam bo‘lsa, maktab yoshidagi bolalarda BA rivojlanish xavfi ortadi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son klinik bolalar shifoxonasi va 3 - son klinik bolalar shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 31.03.2023 yil №03/20-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemor bolalar salomatligini tez qayta tiklash, erta tashhisot qilish hamda asoratlarini oldini olish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemor bolalarni yoshi va allergik kasalliklar turiga qarab davolashga differensial yondashuv samaradorligi baholandi, allergik kasalliklarga chalingan turli yoshidagi bolalarda immunotashxisot va bir davolash kursining narxi-1680 000 so‘mni tashkil etdi, buning natijasida bemor bolalarni statsionarda davolashda yotoq kunlari ikki barobarga kamaydi, davolash kurslari qayta takrorlanmadi, iqtisodiy jihatdan esa 43% tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor sababli ahamiyatli allergenlarning yoshga, organizmning immunologik buzilishlariga qarab allergik kasalliklarning kritik klinik kechishining og‘irligi bilan bog‘liqligi aniqlangan va ular asosida immunodiagnostika usuli ishlab chiqilgan; IFNg/IL-13 nisbati 1 dan kam bo‘lsa, maktab yoshidagi bolalarda BA rivojlanish xavfi ortishi aniqlangan, bolalarning yoshiga qarab allergik kasalliklarning turli ko‘rinishlari uchun tuzatish choralarining klinik va immunologik samaradorligi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarning yoshiga qarab allergik kasalliklarning turli ko‘rinishlari uchun tuzatish choralarining klinik va immunologik samaradorligi ko‘rsatildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son klinik bolalar shifoxonasi va 3 - son klinik bolalar shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 31.03.2023 yil №03/20-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemor bolalar salomatligini tez qayta tiklash, erta tashhisot qilish hamda asoratlarini oldini olish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemor bolalarni yoshi va allergik kasalliklar turiga qarab davolashga differensial yondashuv samaradorligi baholangan, allergik kasalliklarga chalingan turli yoshidagi bolalarda immunotashxisot va bir davolash kursining narxi-1680 000 so‘mni tashkil etgan, buning natijasida bemor bolalarni statsionarda davolashda yotoq kunlari ikki barobarga kamaydi, davolash kurslari qayta takrorlanmadi, iqtisodiy jihatdan esa 43% tejash imkonini bergan. Abdullaev Nurboy Chunaevichning ”Turli yoshdagi bolalarda allergik kasalliklar shakllanishining immunologik mexanizmlari va ularning  korreksiyalovchi terapiyasini asoslash”mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 14 dekabrdagi 03/2355 - son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish