Alimova Nigina Pulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Adenoidi bor bolalarning bosh va yuz-jag‘ sohasining antropometrik ko‘rsatkichlari solishtirma tahlili», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3. PhD/Tib3003.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidulla Abdullaevich Rasulov, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Svetlana Aleksandrovna Kalashnikova, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Turkiya sog‘liq bilimlari universiteti (Turkiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: adenoidi bor bolalarning bosh va yuz-jag‘ sohasi antropometrik parametrlarini o‘rganish va olingan ma’lumotlarni ushbu yoshdagi sog‘lom bolalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalikning I-II davrida halqum murtagi gipertrofiyasi bor bolalarning bosh va yuz – jag‘ sohalarining antropometrik ko‘rsatkichlari sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy ma’lumotlari aniqlangan;
bolalikning I-II davridagi adenoid gipertrofiyasi bor bolalarning jismoniy o‘sish antropometrik ko‘rsatkichlarini sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili orqali adenoidi bor bolalarning tengdosh sog‘lom bolalardan jismoniy rivojlanishda orqada qolishi isbotlangan;
Buxoro shahrida yashovchi bolalikning I va II davrlarida bolalarda gipertrofiyalangan halqum murtagi mikroarxitektonikasining ultratovushli tuzilishini tashxislash asoslangan;
sog‘lom 3-11 yoshli bolalar va adenoid gipertrofiyasi bo‘lgan bolalarning sefalometrik parametrlarining korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 17 aprel`dagi 23-z/022-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gipertrofiyalangan halqum murtagi bor bolalarda va sog‘lom bolalarning bosh hamda yuz-jag‘ sohalari ko‘rsatkichlarining qiyosiy xususiyatlari haqidagi nazariy bilimlarni kengaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan natijalar Buxoro viloyat Peshku tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.06.2022; №75), Qoraqo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.2022; № 79) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: halqum murtagi gipertrofiyasi bor bolalarda bosh va yuz - jag‘ sohalarining morfometrik ko‘rsatkichlari adenoid gipertrofiyasi oqibatidagi yuz – jag‘ sohasi anomaliyalarini oldini olish, aniqlash va davolash uchun maqbul vaqt va usullarni tanlash imkoni berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertrofiyalangan halqum murtagi bor bolalarda va sog‘lom bolalarning bosh hamda yuz-jag‘ sohalari ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili haqidagi nazariy bilimlarning kengayishi, tashxislash usullarini takomillashtirish orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini 25 000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: halqum murtagi gipertrofiyasi bor bolalarda bosh va yuz - jag‘ sohalarining morfometrik ko‘rsatkichlari yordamida birlamchi bo‘g‘inlarida tashxislash bolalarda kasallikning yuz – jag‘ sohasida rivojlanadigan nuqsonlarni erta aniqlash sifatini yaxshilash orqali kuzatilishi mumkin bo‘lgan yuz va tishlov anomaliyalarini oldindan bashoratlash hisobiga, har 1 nafar bemor bola hisobiga budjet mablag‘larini 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Adenoidi bor bolalarning bosh va yuz-jag‘ sohasining antropometrik ko‘rsatkichlari solishtirma tahlili” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 8 iyuldagi 2599-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: adenoid gipertrofiyasi bor bolalarning jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlarini sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili, halqum murtagining gipertorfiyasi darajasi va uning jismoniy rivojlanishga salbiy ta’sirini inobatga olgan holda jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqish imkoni yaratildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi : Olingan natijalar Buxoro viloyat Peshku tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.06.2022; №75), Qoraqo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.2022; № 79) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: halqum murtagi gipertrofiyasi bor bolalarning antropometrik ma’lumotlari kasallik oqibatida bolalarning jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’siri haqidagi nazariy bilimlarni kengaytirish imkoniyatini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: adenoid gipertrofiyasi bor bolalarning jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlarini sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili pediatrlar va umumiy amaliyot shifokorlarining halqum surunkali kasalliklarga chalingan bolalarning jismoniy rivojlanishini baholash, kuzatish, shuningdek davolash tadbirlarining samaradorligini dinamik nazorat qilish orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini 35 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa bolalikning I-II davridagi adenoid gipertrofiyasi bor bolalarning jismoniy o‘sish antropometrik ko‘rsatkichlarini sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili orqali maktabga tayyorgarlik bosqichidagi bolalarning sog‘lig‘i dinamikasini aniqlash hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktabga moslashish davrida maqbul tashkiliy profilaktik tadbirlarni keng qamrovli ishlab chiqishga orqali har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 315 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Adenoidi bor bolalarning bosh va yuz-jag‘ sohasining antropometrik ko‘rsatkichlari solishtirma tahlili” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 8 iyuldagi 2599-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: adenoid gipertrofiyasini tashxislashning samaradorligi, erta tashxisni sezilarli darajada osonlashtiradi va davolash sifatini yaxshilaydi, shuningdek halqum murtagi gipertrofiyaning asoratlarini prognostik ehtimolini aniqlashga yordam bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan natijalar Buxoro viloyat Peshku tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.06.2022; №75), Qoraqo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.2022; № 79) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan ma’lumotlar halqum murtagidagi morfometrik o‘zgarishlarning erta ultratovush diagnostikasi sifatini yanada yaxshilashga, bashorat qilishning boshqa usullarini ishlab chiqishga va samarali ilmiy asoslangan davolash taktikasini kuchaytirishga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: adenoidlar limfoid to‘qimasining morfometrik parametrlariga asoslanib, tashxislashning aniqliligini va samaradorliligini oshiradi, keyinchalik esa halqum murtagi patologiyasini tekshiruv davomiyligini qisqartirish hisobiga diagnostikaning umumiy xarajatlarini kamaytirish, shu bilan bir qatorda kasalxonada davolanish muddatini qisqartirish orqali tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini berdi. Adenoidning organometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganish har bir tekshirilgan bola uchun umumiy xarajatdan 40 000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etilishi adenoidlar limfoid to‘qimasining morfometrik parametrlariga asoslanib, tashxislashning aniqliligini va samaradorliligini oshirdi, keyinchalik esa halqum murtagi patologiyasini tekshiruv davomiyligini qisqartirish hisobiga diagnostikaning umumiy xarajatlarini kamaytirish, shu bilan bir qatorda kasalxonada davolanish muddatini qisqartirish orqali har 1 nafar bemor bola hisobiga budjet mablag‘larini 650 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Adenoidi bor bolalarning bosh va yuz-jag‘ sohasining antropometrik ko‘rsatkichlari solishtirma tahlili” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 8 iyuldagi 2599-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 3-11 yoshli bolalarning yosh va jinsga mos ravishda sefalometrik parametrlarning o‘zaro korrelyasion bog‘ligi har tomonlama baholab berilgan. Har bir yosh guruhida bosh va yuz – jag‘ sohalarinig antropometrik ko‘rsatkichlarining o‘zgaruvchanligi aniqlangan. Har bir yosh davrida boshning miya va yuz qismlarining ma’lum shakllari bilan tavsiflangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: : Olingan natijalar Buxoro viloyat Peshku tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.06.2022; №75), Qoraqo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.2022; № 79) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bosh va yuz-jag‘ sohalarining yoshga bog‘liq o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bosh skeleti faol o‘sish davrlari va nisbiy davrlarni hisobga olgan holda amaliy tibbiyotda bemorlarni davolash-profilaktika tadbirlarini rejalashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan ma’lumotlar turli xil tipologik variantlarda yuz-jag‘ sohasining anatomik tuzilishi qonunlari haqidagi mavjud ma’lumotlarnilarni kengaytirdi va yuz sohasidagi rekonstruktiv operatsiyalarda yangi davolash usullarini ishlab chiqishda hamda davolanish muddatini qisqartirishi hisobiga har bir tekshirilgan bola uchun umumiy xarajatdan 50 000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: Sefalometrik parametrlarning yoshga bog‘liq va o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3-11 yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishining mintaqaviy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sezilarli darajada to‘ldirdi va amaliy tibbiyotda ishlatilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Adenoidi bor bolalarning bosh va yuz-jag‘ sohasining antropometrik ko‘rsatkichlari solishtirma tahlili” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 8 iyuldagi 2599-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish