Ashurov Bobirjon Nabijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geologiya-qidiruv quduqlarini burg‘ilash uchun dolotoda salnik hosil bo‘lishini oldini olishda mahalliy xomashyolar asosida moylovchi moddani ishlab chiqish», 04.00.15 – Geologik razvedka ishlari texnologiyasi va texnikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3269.
Ilmiy rahbar: Umedov Sherali Xalloqovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, PhD.03/31.03.2023.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Ismatulla Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori, professor; Muratov Nuritdin Jabbarovich,  texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Geologiya fanlari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geologiya-qidiruv quduqlarini burg‘ilashda dolotoda salnik hosil bo‘lishini oldini olish uchun mahalliy xomashyolar asosida ko‘p funksiyali moylovchi qo‘shimchaning yangi tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geologiya-qidiruv quduqlarni burg‘ilash jarayonida dolotoda salnik hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida yuvuvchi suyuqlikning yuqori oqim kritik tezligi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida ko‘p funksiyali M-SD moylovchi qo‘shimchasi tarkibi va uni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
dolotoda salnik hosil bo‘lishini bartaraf etish uchun taklif etilgan moylovchi qo‘shimcha ishqalanish koeffisienti aniqlangan;
ishlab chiqilgan moylovchi qo‘shimchadan iborat yuvuvchi suyuqlikning filtrli qobiq yopishqoqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yopishqoq jinslarni burg‘ilashda dolotoda salnik hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida mahalliy xomashyolar asosida yaratilgan moylovchi qo‘shimchadan foydalangan holda yuvuvchi suyuqliklar tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quduqlarni burg‘ilash jarayonida M-SD moylovchi qo‘shimchasi asosida samarali yuvuvchi suyuqlik “O‘zbekgidrogeologiya” DUKning G‘arbiy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspedisiyasiga qarashli “Qizilqum” koni “Jilvon” uchastkasidagi 23r sonli va “Kitob-Shahrisabz” koni “Yangiqo‘rg‘on” uchastkasidagi 9r sonli quduqlarni burg‘ilashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 17 apreldagi 08-0991-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dolotoda salnik hosil bo‘lishi oldi olinib, mexanik burg‘ilash tezligi 20–30% ga va dolotoning ishlash resursi 10–15% ga oshirish imkonini bergan;
yangi tarkibli yuvuvchi suyuqlikni olish texnologiyasi “O‘zbekgidrogeologiya” DUKning G‘arbiy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspedisiyasiga qarashli “Qizilqum” koni “Jilvon” uchastkasidagi 28r sonli qudug‘ini burg‘ilashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 17 apreldagi 08-0991-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gilli qatlamli quduqlarni avariya va asoratlarsiz burg‘ilashda burg‘ilangan zarralarni kavjoydan samarali tozalash 8–10% ga oshirish, moylovchi reagentlarni 5–8% ga tejash va ko‘tarib tushirish operatsiyalar sonini 10–12% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish