Sapaev Umidbek Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1820.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ikrom Yusupovich Davletov, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Boymetov Botir Boltaboevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Maxamatrasul Ergashov, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guluston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishni aniqlash va amaliyotga tadbiq etishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini innovatsion faoliyatini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari talabalarning individual ta’lim traektoriyalariga ularning rivojlanish vektorini to‘g‘ri belgilanishi sababli ustuvorlik berish, guruhli hamda individual faoliyatni ta’limiy uyg‘unlashtitrish, innovatsion o‘quv faoliyatining mahsuldorligini texnologik jihatdan ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish jarayonining modeli innovasion ta’lim muhiti sharoitida talabalarning nazariy va empirik, mantiqiy va intyitiv bilish ko‘nikmalarini odatiy-refleksiv va tezkor-operatsion xususiyatlariga ko‘ra qaror toptirish hamda ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari real ta’limiy sharoitda texnologik jihatdan rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
ta’limiy hamkorlikning motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, operatsion-faoliyatli komponentlarini konstruktiv mexanizmlar vositasida amaliy faktik va nazariy pedagogik jihatdan ta’limiy uyg‘unlashtitirish asosida talabalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish texnologiyasi va metodik instrumentariysi takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining rivojlanish vektorini innovatsion ta’lim muhitida obrazli va texnik tafakkur yuritish jarayonlariga maqsadli yo‘naltirish orqali texnika oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarining ta’limiy samaradorligi va ularning reprezintativlik darajasi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillash yuzasidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
talabalarning individual ta’lim traektoriyalariga ularning rivojlanish vektorini to‘g‘ri belgilanishi sababli ustuvorlik berish, guruhli hamda individual faoliyatni ta’limiy uyg‘unlashtitrish, innovatsion o‘quv faoliyatining mahsuldorligini texnologik jihatdan ta’minlash asosida aniqlashtirilgan texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini innovatsion faoliyatini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslariga doir metodik taklif va tavsiyalardan Urganch davlat universiteti bilan Rossiya Federatsiyasi hamkorligida 2019-2020 yillarda ERAZMUS+ dasturi doirasida 574049-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP “Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering-Green Building” nomli loyihasida va 2019 yilda Germaniya Volkswagen fondining SUMRICA (Sustainable Mobillity Research in Central Asia) loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2023 yil 12 apreldagi 02-78/6-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik OTM talabalarining “innovatsion faoliyatini” rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
ta’limiy hamkorlikning motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, operatsion-faoliyatli komponentlarini konstruktiv mexanizmlar vositasida amaliy faktik va nazariy pedagogik jihatdan ta’limiy uyg‘unlashtitirish asosida takomillashtirilgan talabalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish texnologiyasi va metodik instrumentariysi hamda texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan metodlarning pedagogik imkoniyatlari, talabalarning innovatsion, kreativ va nostandart tafakkur tarzini rivojlantirish bo‘yicha xulosa va tavsiyalardan Urganch davlat universiteti bilan Kaliforniya Berkli universiteti bilan birgalikda 2019-2020 yillarda olib borilgan “University of Colifornia at Berkeley Urganch State Universite Uzbekistan Interactive multi-disciplinary teaching in structural health” nomli interaktiv ko‘p tarmoqli o‘qitish loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2023 yil 12 apreldagi 02-78/6-son ma’lymotnomasi). Natijada, texnik OTM talabalarining “innovatsion faoliyatini” tashkil qilishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
innovasion ta’lim muhiti sharoitida talabalarning nazariy va empirik, mantiqiy va intyitiv bilish ko‘nikmalarini odatiy-refleksiv va tezkor-operatsion xususiyatlariga ko‘ra qaror toptirish hamda ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari real ta’limiy sharoitda texnologik jihatdan rivojlantirish asosida takomillashtirilgan texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish jarayonining modeli bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-sonli 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2022-2023-yillarda oliy ta’lim muassasalari tomonidan yangi innovatsion ishlanma va texnologiyalarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturiga kiritilgan IL-OT-2022-26-213 raqamli “Past kuchlanishli reaktiv quvvatni avtomatik kompensatsiyalash innovatsion qurilmasini ishlab chiqish” mavzusidagi hamda IL-OT-Sh№7-2022 raqamli “Elektr motorlarni silliq ishga tushirish innovatsion qurilmasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyihalarni amalga oshirishda foydalanildi (Urganch davlat universitetining 2023 yil 12 apreldagi 02-78/7-son ma’lymotnomasi) Natijada, yoshlarni innovatsion faoliyatga o‘rgatish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish qobiliyatlarini shakllanishiga xizmat qilgan.