Boboeva Madina Xaydarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilida predlogli so‘z birikmalarining lingvistik xususiyatlari va ularning o‘zbek tiliga tarjimasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3140.
Ilmiy rahbar: Juraeva Iroda Axmedovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Asqarova Shahnoza Kamolitdinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD).  
Yetakchi tashkilot:Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili predlogli so‘z birikmalarining matn tarkibida qo‘llanilishining mantiqiy, ma’noviy-struktur jihatlarini va ularning o‘zbek tiliga tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili derivatsiya jarayonida “so‘z birikmasi sintaksisi”ning eng ko‘p tarqalgan sxemasi ot+predlog+ot (N1+pr+N2), o‘zbek tilida ot+ot+yordamchi so‘z qoliplari sintaktik shakllanishning yangi bosqichi uchun zaruriy xomashyo – “operand”, sintaktik derivatsiyaning so‘ngi natijasi – “derivat (hosila)” tushunchalari orqali aniqlangan;  
ingliz tilida so‘z birikmalari tarkibidagi predloglarning dastlabki va yasama ma’nolari o‘rtasidagi aloqalar ko‘pma’nolilik pereferiyasida idiomatizatsiya jarayonini, o‘zbek tilida so‘z birikmasining ma’no ko‘chishi esa mantiqiy-semantik nutqning implisit belgilarini yuzaga keltirishi asoslangan;
ingliz tili so‘z birikmasining turli kontekstlarda bajaradigan vazifasi uning predlogli va predlogsiz konstruksiyalarda ifodalanishi, Buyuk Britaniya va Amerika ingliz tillarida predloglarning farqlari mintaqa, nutq uslubi va ma’lum bir kontekstga bog‘liq bo‘lishi mumkinligi dalillangan;  
ingliz tili predlogli so‘z birikmalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda uchraydigan muammolar predlogli so‘z birikmalarning ko‘p ma’noliligi, tarjimada aniq muqobilga ega emasligi, ingliz tili predlogli so‘z birikmasining o‘zbek tilida kelishik qo‘shimchasiga o‘tishi, asliyat va tarjima tilining qurilishi va ramziy ifodasining  lisoniy-madaniy o‘ziga xosligi asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida predlogli so‘z birikmalarining lingvistik xususiyatlari va ularning o‘zbek tiliga tarjimasi muammolarini tadqiq etish asosida:
ingliz tili derivatsiya jarayonida “so‘z birikmasi sintaksisi”ning eng ko‘p tarqalgan sxemasi ot+predlog+ot (N1+pr+N2), o‘zbek tilida ot+ot+yordamchi so‘z qoliplari sintaktik shakllanishning yangi bosqichi uchun zaruriy xomashyo – “operand”, sintaktik derivatsiyaning so‘ngi natijasi – “derivat (hosila)” tushunchalari xususidagi xulosalardan “O‘zbekiston” radiokanalining dasturlarida ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2023-yil 6-fevraldagi O‘z/Ru.23.08-son ma’lumotnomasi). Natijada radio dasturlarining boyitilishiga erishilgan;
ingliz tilida so‘z birikmalari tarkibidagi predloglarning dastlabki va yasama ma’nolari o‘rtasidagi aloqalar ko‘pma’nolilik pereferiyasida idiomatizatsiya jarayonini, o‘zbek tilida so‘z birikmasining ma’no ko‘chishi esa mantiqiy-semantik nutqning implisit belgilarini yuzaga keltirishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan  “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun “Chet tillari” fan dasturini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Mudofaa vazirligining 2023-yil 24- fevraldagi 10/366-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning ilmiy metodologiyasi va asosiy lisoniy materialining boyishiga erishilgan;
ingliz tili so‘z birikmasining turli kontekstlarda bajaradigan vazifasi uning predlogli va predlogsiz konstruksiyalarda ifodalanishi, Buyuk Britaniya va Amerika ingliz tillarida predloglarning farqlari mintaqa, nutq uslubi va ma’lum bir kontekstga bog‘liq bo‘lishi mumkinligiga oid xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2020-2023-yillarda bajarilgan MU-FZ-201912073 raqamli “Al-Jomeʼ as-sahih” to‘plami hadislarining zamonaviy talqinini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2023-yil 28-apreldagi 05-572-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili predlogli so‘z birikmalariga polifunksional birlik sifatida turli vazifalar va ifoda xususiyatlarining o‘zbek tili so‘z birikmalari tuzilishi va mazmuni bilan chog‘ishtirma  tahlil qilinganligi hamda matnda qo‘llanishiga doir ilmiy-metodologik tavsiyalar ishlab chiqilganligi chog‘ishtirma tilshunoslik dastur va ishlanmalarning takomillashuviga xizmat qilgan;   
ingliz tili predlogli so‘z birikmalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda uchraydigan muammolar predlogli so‘z birikmalarning ko‘p ma’noliligi, tarjimada aniq muqobilga ega emasligi, ingliz tili predlogli so‘z birikmalarining o‘zbek tilida kelishik qo‘shimchasiga o‘tishi, asliyat va tarjima tilining qurilishi va ramziy ifodasining  lisoniy-madaniy o‘ziga xosligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishda kompetent yondashuv” amaliy ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 30-martdagi 04/11-1691-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini oshirish va rivojlantirishga doir uslubiy ko‘rsatmalarni takomillashtirish hamda amaliy darslarni o‘tkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish