Siradjev Saloxiddin Negmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Raqamli ta’lim resurslari asosida talabalarni axborotlarni modellashtirishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish (Raqamli axborot texnologiyalari fani misolida), 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5165.
Ilmiy rahbar: Nekboev Xurshid Xolyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov Zoir Uzoqovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim resurslarini asosida axborotlarni modellashtirishga o‘rgatishning asoslangan metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli texnologiyalar muhitida axborotlarni modellashtirish tizimining mazmuniy-mantiqiy tuzilmasi axborotlarni identifikatsiyalash va klassifikatsiyalash kategoriyalari aloqadorligini virtuallashtirishning dinamik translyasiya va paravirtualizatsiya yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
axborotlarni modellashtirishda namoyish namunalari bo‘lmish grafalardan foydalanishning kompyuterli modelni yaratish, kompyuterli modeldan algoritmni aniqlash va algoritmni bajarish kabi asosiy bosqichlari predmetli, axborot va virtual modellarning konseptual va pragmatik aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
texnika ixtisosligi talabalarini axborotni modellashtirishga o‘rgatish modelining tashkiliy-mazmunli bloki axborotlarni modellashtirish triadasi komponentlari uzviyligida masalarni echishning blok sxemalari hamda eksponensial algoritmlarini tarkibiy, mantiqiy va semantik tahlil qilish va virtual belgili tizimlar o‘rtasida translyasiyani amalga oshirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar uchun taqdim etilayotgan axborotlarni modellashtirish metodikasi vizual tarzda grafalarda axborotlarni modellashtirish va darajali axborot modelining formallashgan tavsiflarini qurish tizimiga mantiqiy-matematik tillar hamda imperativ paradigmalarni virtuallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni axborotlarni modellashtirishga o‘rgatish kompetentligini shakllantirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
raqamli texnologiyalar muhitida axborotlarni modellashtirish tizimining mazmuniy-mantiqiy tuzilmasi axborotlarni identifikatsiyalash va klassifikatsiyalash kategoriyalari aloqadorligini virtuallashtirishning dinamik translyasiya va paravirtualizatsiya yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan ma’lumotlardan “Raqamli axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 11-avgustdagi 315-buyrug‘i bilan tasdiqlangan). Natijada raqamli ta’lim resurslarini asosida axborotlarni modellashtirishga o‘rgatishning nazariy tayyorgarlik jarayonini takomillashtirishga erishiilgan;
axborotlarni modellashtirishda namoyish namunalari bo‘lmish grafalardan foydalanishning kompyuterli modelni yaratish, kompyuterli modeldan algoritmni aniqlash va algoritmni bajarish kabi asosiy bosqichlari predmetli modellar, axborot modellari va virtual modellarining konseptual va pragmatik aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga doir tavsiyalaridan 2021-2022-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituting “O‘zbekiston oliy talim muassasalarida tahsil olayotgan Qashqadaryo yoshlarining “e-Portfolio” platformasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2023-yil 3-avgustdagi 04-3307-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha talabalarning axborotlarni modellashtirishga oid ko‘nikmalarini raqamli ta’lim resurslari asosida takomillashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
talabalar uchun taqdim etilayotgan axborotlarni modellashtirish metodikasi vizual tarzda grafalarda axborotlarni modellashtirish va darajali axborot modelining formallashgan tavsiflarini qurish tizimiga mantiqiy-matematik tillar hamda imperativ paradigmalarni virtuallashtirish asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalardan “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari masalalar to‘plami” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 314-buyrug‘i bilan tasdiqlangan). Natijada, mazkur uslubiy ta’minot orqali oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim resurslarini asosida axborotlarni modellashtirishga o‘rgatishning sifati va samaradorligi oshirilgan.