Qalandarov Farhod Astonaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Kimyoviy reaksiyalarni vizuallashtirish asosida talabalarning naturalistik intellektini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (kimyo fani misolida), 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5056.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Kamolov Luqmon Sirojiddinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raqulova Nigora Xolmatovna, pedagogika fanlari bo ’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar uchun kimyo fani mazmun-mohiyatini vizual shaklda taqdim etish orqali naturalistik intellektini rivojlantirish samaradorligini nazariy-metodik jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs naturalistik intellektining tabiatga ijobiy munosabat, tabiiy tadqiqotlarga qiziqish, tabiatga intilish hamda tabiatga g‘amxo‘rlik qilish kabi spesifik xususiyatlari ko‘p intellektli nazariyadagi sensor bilish, kognitiv ko‘nikmalar va naturalistik qarashlar korrelyasiyasi asosida aniqlashtirilgan;
talabalar uchun kimyo fani mazmunini vizual tarzda taqdim etishning simulyativ, ko‘rgazmali va transformativ shakllari virtual ta’lim muhitida o‘quv materiallarining konseptual va texnologik aspektlarini virtual qayta konstruksiyalash asosida takomillashtirilgan;
kimyo fani materiallarini vizual tarzda taqdim etish jarayoni modelining funksional bloki organik va noorganik kimyodan vizullashtirilgan laboratoriyalar majmuini animatsion videoroliklar, grafik organayzerlar orqali reprezentatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
talabalar uchun kimyo fani mazmunini vizuallashtirgan holda taqdim etish metodikasi naturalistik intellektni rivojlantirishing verbal, sensor va vizual oqimlar uzviyligini formativ yondashuv asosida ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyoviy reaksiyalarni vizuallashtirish asosida talabalarning naturalistik intellektini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
shaxs naturalistik intellektining tabiatga ijobiy munosabat, tabiiy tadqiqotlarga qiziqish, tabiatga intilish hamda tabiatga g‘amxo‘rlik qilish kabi spesifik xususiyatlari ko‘p intellektli nazariyadagi sensor bilish, kognitiv ko‘nikmalar va naturalistik qarashlar korrelyasiyasi asosida aniqlashtirilgan xulosalardan “Qurulish kimyosi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Guvohnoma № 68-466). Natijada, mazkur ma’lumotlar talabalarning intellektual rivojlanishiga doir xorijiy tajribalardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
talabalar uchun kimyo fani mazmunini vizual tarzda taqdim etishning simulyativ, ko‘rgazmali va transformativ shakllari virtual ta’lim muhitida o‘quv materiallarining konseptual va texnologik aspektlarini virtual qayta konstruksiyalash asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalardan “Qurulish kimyosi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Guvohnoma № 68-466). Natijada, kimyoviy reaksiyalarni vizuallashtirish asosida talabalarning naturalistik intellektini rivojlantirish metodikasini nazariy jihatdan asoslangan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan;
kimyo fani materiallarini vizual tarzda taqdim etish jarayoni modelining funksional bloki organik va noorganik kimyodan vizullashtirilgan laboratoriyalar majmuini animatsion videoroliklar, grafik organayzerlar orqali reprezentatsiya qilish asosida takomillashtirilganligiga doir tavsiyalardan 2021-2022-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituting “O‘zbekiston oliy talim muassasalarida tahsil olayotgan Qashqadaryo yoshlarining “e-Portfolio” platformasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2023-yil 3-avgustdagi 04-3306-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning zaruriy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga va taʼlimning sifat darajasini oshishiga erishilgan.