Radjabov Otabek Iskandarovichning

dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy kollagen olish texnologiyasini ishlab chiqish va uning asosida gemostatik buyumlar yaratish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1. PhD/K20.

Ilmiy rahbar: To‘raev Abbosxon Sabirxanovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.

Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

«Kollagen substansiyasini olish usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 04736-2013y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 2 apreldagi 02-11/724-son xulosasi berilgan.

«Kollagen qoplamali g‘ovak materialni olish usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 05125-2015y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 2 apreldagi 02-11/723-son xulosasi berilgan.

II. Tadqiqotning maqsadi: qoramol terisidan tabiiy strukturasini saqlagan kollagen oqsilini ajratib olish va uning asosida kapillyar hamda parenximatoz qon ketishda samarali qon to‘xtatuvchi, jarohat bitkazuvchi gemostatik qoplama yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qoramol terisidan tabiiy uch spiralli strukturasini saqlagan kollagen substansiyasini olish texnologiyasi yaratilgan (№IAP 04736-2013 y.);

kollagen substansiyasini olishda texnologik jarayonga ta’sir etuvchi omillar asosida optimal texnologik sharoitlar yaratilgan (№ IAP 04736-2013 y.);

kollagen substansiyasi asosida «Gemogubka» gemostatik qoplamasini olish texnologiyasi yaratilgan (№IAP 05125-2015 y.);

«Gemogubka» gemostatik qoplamasinining g‘ovaklilik darajasi 84% gacha, suyuqlikni yutish xususiyati esa 5500% gacha oshishiga erishilgan (№IAP 05125-2015 y.);

«Gemogubka» gemostatik qoplamasini tibbiyotda qo‘llash yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoramol terisidan tabiiy xususiyatini saqlagan kollagen ajratib olish va uning asosida gemostatik qoplama yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

qoramol terisidan ajratib olingan tabiiy uch spiralli strukturaga ega kollagen substansiyasi asosida yaratilgan «Gemogubka» gemostatik qoplamasiga texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 25193402-02:2017). Natijada mahsulot sifati va texnologik jarayonlarni nazorat qilish imkonini bergan;

«Gemogubka» gemostatik qoplamasi klinik sinovlardan o‘tkazilib, «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» davlat unitar korxonasining 2018 yil 13 apreldagi 29/09-1356–son ma’lumotnomasi). Natijada yangi mahalliy dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;

«Gemogubka» gemostatik qoplamasi yiliga 19351 o‘rami Respublika davolash-profilaktika muassasalarining yillik ehtiyojini to‘liq ta’minlaydi hamda «Gemogubka» gemostatik qoplamasini ishlab chiqarish «TURON SILK PARM» MChJ korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2018 yil 3 maydagi 25-06/662-son va «TURON SILK PARM» MChJ korxonasining 2018 yil 24 apreldagi 24-son ma’lumotnomalari). Natijada import qilinayotgan gemostatik qoplamalar o‘rnini to‘liq qoplash va mahalliy dori vositasini amaliy tibbiyotda qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish