Baltabaev Ulug‘bek Narbaevichning

dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Omixta em ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T5.

Ilmiy rahbar: Tursunxodjaev Po‘lat Muxamedovich, texnika fanlari doktori, professor.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

II.Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoati chiqindilari asosida yirik shoxli qoramollar uchun omixta em tarkibini yaratish va olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

oziq-ovqat sanoati chiqindilarining fizik-kimyoviy xossalari va biologik faolligi asosida yirik shoxli qoramollar uchun omixta emning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;

yirik shoxli qoramollar uchun ozuqaviy va mikromineral qimmatlilik normasini saqlagan holda omixta em sarf-xarajatlarining pasaytirilishi asoslangan;

arpa doni resurslari tejalgan, omixta emning mikrobiologik sifati oshirilgan va ikkilamchi resurslardan foydalanish hisobiga ekologik holatni yaxshilanishining va chorvachilik mahsulotlarining miqdori, sifati, xavfsizligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;

yirik shoxli qoramollar uchun tarkibida 75 ozuqa birligi, 14-14,5% xom protein, 10,0-13,5% xom kletchatka, 4,0-4,7% xom yog‘, 3,8-4,1% pektin moddasi bo‘lgan em tayyorlash imkonini beruvchi texnologik jarayon takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

yirik shoxli qoramollar uchun omixta em ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

donni qabul qilish, un yorma korxonalari va urug‘ tozalash sexlaridan olinadigan oraliq mahsulotlarini maydalab, ularga embop don va mineral komponentlar va oziq-ovqat sanoati chiqindilari asosida yirik shoxli qoramollar uchun tarkibida oqsil vitaminlar miqdori va to‘yimliligi me’yorda bo‘lgan omixta em olish texnologiyasiga texnik shart olingan (Tsh-8-95: 2012. «O‘zdonmahsulot» AK). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilishga imkon beradi;

oziq-ovqat sanoati chiqindilari asosida yirik shoxli qoramollar uchun omixta em tarkibi va olish texnologiyasi «O‘zdonmahsulot» AK tizimidagi korxonalarga tatbiq etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2017 yil 15 iyuldagi 6-1-2/306-1274-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarning texnologik liniyasini ixchamlashtirishga va har bir tonna mahsulot tannarxini 12% arzonlashtirish imkonini bergan.

V. Ixtiroga patenti: «Yirik shoxli qoramollar uchun em», № IAP 04994-2014 y. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 7 iyuldagi
02-11/1744-son xulosasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish