Jumaeva Nilufar G‘ulomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Uilyam Folkner ilk ijodida janr xilma-xilligi», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1119.
Ilmiy rahbar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jalilova Lola Jalilovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Uilyam Folkner ijodining janr xilma-xilligi va ularning badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr Amerika adabiyotida janrlar xilma-xilligining yuzaga kelishida realizm, modernizm va postmodernizm yo‘nalishlarining roman janridagi yangilanishlar avtobiografik, gotik, fantastik, eksperimental romanlar orqali namoyon bo‘lganligi dalillangan;
Uilyam Folkner ilk ijodi davomida yozilgan she’r, hikoya va qissalarining badiiy konsepsiyasi, g'oyaviy-axloqiy mohiyati voqelik diskursi, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlar orqali voqelanishi aniqlangan;
Uilyam Folkner romanlari syujeti rivojida simvolizmning namoyon bo‘lishi obrazlar, motivlar, ijtimoiy muhit, ramzlar orqali va universalizmning xronotop, voqea-hodisalar bayoni, roman personajlari umumiyligi, ayollar obrazidagi motivlar universalligi, qora tanlilarga munosabat masalasi, zamon va makon mutanosibligi bilan belgilanishi isbotlangan;
Uilyam Folknerning dastlabki “Askar mukofoti” romanida urush davri voqealari, urushdan keyingi ijtimoiy holat va inson qadri, taqdiri masalasi, “Shovqin va g‘azab” romanida ijtimoiy-psixologik munosabatlar talqini, “Absalom, Absalom!” romanida detektiv va gotik uslubning ustivorligi va ularga individual yondashuv tamoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uilyam Folkner ilk ijodidagi janriy xilma-xillik muammosini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asr Amerika adabiyotida janrlar xilma-xilligining yuzaga kelishida realizm, modernizm va postmodernizm yo‘nalishlarining roman janridagi yangilanishlar: avtobiografik, gotik, fantastik, eksperimental romanlar orqali namoyon bo‘lganligiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 1-dekabrdagi 17.01/224-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislarning hamda Uilyam Folkner ijodidagi janr xilma-xilligi tadqiqi haqidagi olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga erishilgan;
Uilyam Folkner ilk ijodi davomida yozilgan she’r, hikoya va qissalarining badiiy konsepsiyasi, g'oyaviy-axloqiy mohiyati, voqelik diskursi, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlari orqali namoyon bo‘lganligiga oid nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2021 yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 19-oktyabrdagi 04/1-2860-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion tadqiqot loyihasi asosida lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlarini ifodalovchi elektron poetik lug‘atini yaratishda muvaffaq bo‘lgan;
Uilyam Folkner romanlari syujet rivojida simvolizmning namoyon bo‘lishi obrazlar, motivlar, ijtimoiy muhit, ramzlar orqali va universalizmning xronotop, voqea-hodisalar bayoni, roman personajlari umumiyligi, ayollar obrazidagi motivlar universalligi, qora tanlilarga munosabat masalasi, zamon va makon umumiyligi bilan bog‘liq xulosalardan Qarshi davlat universitetida S-UZ800-20-GR-0044-raqamli Access Micro Scholarship Program xorijiy loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2022-yil 16-dekabrdagi 04-5127-son ma’lumotnomasi). Natijada ishtirokchilarning Amerika adabiyotshunoslik asoslaridan bilim va ko‘nikmalari oshirilgan hamda ta’lim tizimi jarayoni mustahkamlashtirilgan;
Uilyam Folknerning dastlabki “Askar mukofoti” romanida urush davri voqealari, urushdan keyingi ijtimoiy holat va inson qadri, taqdiri masalasi, “Shovqin va g‘azab” romanida ijtimoiy-psixologik munosabatlar talqini, “Absalom, Absalom!” romanida detektiv va gotik uslubning ustivorligi va ularga individual yondashuv tamoyillari bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasida “Fayzli kun” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 21-noyabrdagi 17-05/306-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning XX asr Amerika adabiyotida Uilyam Folkner ijodida janrlar xilma-xilligi va adib asarlarida modernizm, simvolizm, universalizm hodisasining namoyon bo‘lishi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar ko‘rsatuv mazmunini boyitishga xizmat qilgan.