Mamadjanova Nargiza Maxmudjanonaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining lingvopragmatik va lingvokul`turologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.PhD/Fil592.
Ilmiy maslahatchi: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor;  Yo‘ldoshev Ulug‘bek Gulyamovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining lingvopragmatik va lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murojaat kategoriyasi lingvistik maqomini belgilashda kommunikativ-pragmatik yondashuvning samaradorligi murojaat kategoriyasi nutqiy aktining ijtimoyi-kommunikativ aloqadagi verbal ifodasini ochib berish orqali isbotlangan;
 ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining turli lisoniy olam manzarasini shakllantirishga qaratilgan lingvopragmatik hamda lingvokul`turologik xususiyatlari nutqiy aktlar nazariyasi orqali ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasini ifodalovchi birliklarni qo‘llashda nutq madaniyati, xususan adabiy normalarning rasmiy, norasmiy hamda oddiy so‘zlashuvda qo‘llanish xususiyatlari adresant va adresatning pragmatik xususiyatlari, murojaatning pragmatik maqsadlari va natijalarini, adresatga munosib murojaatni tanlashga ta’sir qiluvchi omillar asosida aniqlangan;
til va ijtimoiy omillarning korelyasiyasining ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasini ifodalovchi birliklarning lingvopragmatik va lingvokul`turologik xususiyatlari hamda tillararo muqobillarini aniqlashdagi imkoniyati dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining lingvo-pragmatik va lingvo-kul`turologik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
murojaat kategoriyasi lingvistik maqomini belgilashda kommunikativ-pragmatik yondashuvning samaradorligi murojaat kategoriyasi nutqiy aktining ijtimoyi-kommunikativ aloqadagi verbal ifodasiga oid xulosalardan A-1-39 raqamli «O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish»  mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3467-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining lingvo-kul`turologik xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining turli lisoniy olam manzarisini shakllantirishga qaratilgan lingvopragmatik hamda lingvokul`turologik xususiyatlarigo oid xulosalardan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3467-raqamli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasini ifodalovchi birliklarining tillararo muqobillarini ajratib olishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasini ifodalovchi birliklarni qo‘llashda nutq madaniyati, xususan adabiy normalarning  rasmiy, norasmiy hamda oddiy so‘zlashuvda qo‘llanish xususiyatlariga oid xulosalardan A-1-39 raqamli «O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish»  mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3467-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining lingvo-pragmatik xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
til va ijtimoiy omillarning korrelyasiyasining ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasini ifodalovchi birliklarning lingvopragmatik va lingvokul`turologik xususiyatlari hamda tillararo muqobillariga oid xulosalardan Andijon viloyati teleradio-kompaniyasi Andijon axboroti “News” informatsion va “Yoshlar vaqti” ko‘rsatuvlarini olib borishda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3467-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasini ifodalovchi birliklarning umumiy hamda o‘ziga xos jihatlari ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish