Xotamova Parvina Ilxomovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillari gap tarkibida posessivlik (egalik) sintaksemalarining qiyosiy-funksional tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1870.
Ilmiy rahbar: Usmonov O‘rol Usmonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Danieva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari gap tarkibida posessivlikni ifodalovchi sintaktik birliklar, ularning variantlarini qiyosiy-funksional jihatdan ochib berish hamda ularning izomorflik va allomorflik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili badiiy adabiyotlarida egalik ma’nosini anglatuvchi nominativ sintaksemalarning paradigmatik qatori aniqlanib, substansial posessiv va kvalifikativ posessiv sintaksemalarning distributiv munosabatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillari gap tarkibidagi yadro predikatlovchi komponent (kesim) o‘rnida to have fe’lining shaxsli shakli, egalik olmoshlarining bog‘langan (conjoint) va absolyut (absolute) shakllari va boshqa vositalar yordamida posessivlikning ifodalanishi qiyosiy-funksional jihatdan ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida kvalifikativ kategorial belgi qamrovida posessiv nokategorial belgi variantlarining ifodalanishi ochib berilib, kvalifikativ posessiv sintaksemaning o‘zbek tilida ko‘p miqdorda kvalifikativ posessiv lokativ [Q1fPssLc], kvalifikativ posessiv temporal [Q1fPssTm] sintaksema variantlari asosida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
gap tarkibidagi kvalifikativ posessiv sintaksemalarni aniqlashda egalik kategoriyasining tarkibidagi narsa-predmetlarning belgisini, miqdorini, hajmini, rangini, sifatini anglatuvchi leksik birliklarning distributiv munosabatlarini hisobga olish  zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari gap tarkibida posessivlik (egalikni) ifodalovchi komponentlarni lingvistik metodlar asosida qiyosiy tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tili badiiy adabiyotlarida egalik ma’nosini anglatuvchi nominativ sintaksemalarning paradigmatik qatori aniqlangan hamda sintaksem tahlil metodidan foydalanib substansial  posessiv va kvalifikativ posessiv sintaksemalarning distributiv munosabatlariga oid natijalar Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 21 iyuldagi 2060/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida sintaktik-semantik belgilarini aniqlashga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillari gap tarkibidagi yadro predikatlovchi komponent (kesim) o‘rnida to have fe’lining shaxsli shakli, egalik olmoshlarining bog‘langan (conjoint) va absolyut (absolute) shakllari va boshqa vositalar yordamida posessivlikning ifodalanishi qiyosiy-funksional xulosalariga oid hulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida kompyuter lingvistikasida tatbiq etiladigan avtomat tarjima dasturlarida adekvat tarjimaga erishish, yozma matnni muvofiqlashtirish va idrok qilish algoritmini yaratishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 6 iyuldagi 1979/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish mazkur loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda va o‘quv jarayonlarini tashkil etishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida kvalifikativ kategorial belgi qamrovida posessiv nokategorial belgi variantlarining ifodalanishi sintaksem tahlil va transformatsiya metodlari vositasida ochib berilgan va natijada kvalifikativ posessiv sintaksemaning o‘zbek tilida ko‘p miqdorda kvalifikativ posessiv lokativ [Q1fPssLc], kvalifikativ posessiv temporal [Q1fPssTm] sintaksema variantlari asosida namoyon bo‘lishiga oid hulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 26 iyuldagi 2108/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv dasturlarini yaratishga xizmat qilgan;
gap tarkibidagi kvalifikativ posessiv sintaksemalarni aniqlashda egalik kategoriyasining tarkibidagi narsa-predmetlarning belgisini, miqdorini, hajmini, rangini, sifatini anglatuvchi leksik birliklarning distributiv munosabatlariniga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati teleradiokompaniyasida 2022 yil 10 iyul kuni efirga uzatilgan “Najot ta’limda” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2022 yil 27 iyuldagi 01-12/270-son ma’lumotnomasi). Natijada rasmiy va norasmiy matnlarni ingliz va o‘zbek tillarida ifoda qilishda to‘liq muqobillikka erishishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish