Abdulaxatov Akramjon Ro‘zmamatovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash mexanizmlarini takomillashtirish (Kurash sport turi misolida)”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogika taʼlimotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped531.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedov Furqat Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika insituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kurash sporti orqali talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi tushunchasining tarixiy shakllanish bosqichlari qadriyat g‘oyalariga aksiologik yondashuvni qaror toptirish hamda uning kontent domenlarini ijtimoiy-falsafiy, ilmiy-pedagogik va tolerantlik aspektlarida  asoslash orqali aniqlashtirilgan;
kurash sport turi orqali talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish samaradorligini baholash mezonlari shaxsiy-kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirishning pedagogik motivatsiyasi omillarini samaradorlilik, yo‘nalganlik, asoslilik tamoyillariga nisbatan kvalimetrik jihatdan moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
kurash sport turi orqali talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish modeli qadriyatlar tafakkurini ularning samaradorlik darajasini ob’ektiv baholash strategiyasining pragmatik, empirik, plyuralistik va deterministik omillar vositasida rivojlantirish hamda ta’lim menejmenti va pedagogik hamkorlik  nuqtai nazaridan pedagogik jarayonga tashkiliy-texnologik jihatdan singdirish asosida takomillashtirilgan;
“Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi” fani tuzilmasini talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ta’limning konstruktiv va destruktiv mexanizmlari vositasida singdirish va shaxs xususiyati (etuk, faol, yetakchi, barkamol) integratsiyasini ta’minlashning kontent domenlarini pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga muovofiq takomillashtirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurash orqali talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish yo‘llari bo‘yicha tadqiqot natijalari quyidagi shakllarda joriy qilindi:
qadriyat g‘oyalariga aksiologik yondashuvni qaror toptirish hamda uning kontent domenlarini ijtimoiy-falsafiy, ilmiy-pedagogik va tolerantlik aspektlarida  asoslash orqali aniqlashtirilgan O‘zbekistonda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi tushunchasining tarixiy shakllanish bosqichlari bo‘yicha nazariy xulosa va amaliy tavsiyalar “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi” (Dzyudo) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 15-maydagi 02/01-01-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi fanining didaktik va metodik ta’minoti milliy va umuminsoniy qadriyatlar elementlari hisobiga boyitilgan;
shaxsiy-kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirishning pedagogik motivatsiyasi omillarini samaradorlilik, yo‘nalganlik, asoslilik tamoyillariga nisbatan kvalimetrik jihatdan moslashtirish asosida takomillashtirilgan kurash sport turi orqali talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish samaradorligini baholash mezonlariga doir taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 15-maydagi 02/01-01-77-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Jismoniy tarbiya va sport fanining mazmun-mohiyati talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga oid tushunchalar bilan takomillashtirilgan;
qadriyatlar tafakkurini ularning samaradorlik darajasini ob’ektiv baholash strategiyasining pragmatik, empirik, plyuralistik va deterministik omillar vositasida rivojlantirish hamda ta’lim menejmenti va pedagogik hamkorlik  nuqtai nazaridan pedagogik jarayonga tashkiliy-texnologik jihatdan singdirish asosida takomillashtirilgan kurash sport turi orqali talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish modeliga oid amaliy taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 16-yanvardagi 19-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning qadriyatlar targ‘ibotiga doir ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, vatanparvarlik, insonparvarlik, shaxslararo munosabatlarga kirishish, bag‘rikenglik, hamjihatlik, millatlar, madaniyatlar, e’tiqodlar, urf-odatlar, dinlararo va mafkuralararo ijtimoiy munosabatlarni muvozanatda saqlab turishga oid bilimlari ortgan;
“Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi” fani tuzilmasini talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ta’limning konstruktiv va destruktiv mexanizmlari vositasida singdirish va shaxs xususiyati (etuk, faol, yetakchi, barkamol) integratsiyasini ta’minlashning kontent domenlarini pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga muovofiq takomillashtirish zarurati bo‘yicha taklif va tavsiyalar bilan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi televideniesi orqali “Subxidam” dasturida “Kurash orqali talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish yo‘llari” mavzusi yuzasidan chiqish qilingan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 06-apreldagi 14-11/276-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning sog‘lom immunitetini rivojlantirish, qadriyatlarni singdirilganlik darajasini belgilovchi mezonlar tatbiq etilgan va ularning samaradorlik darajasiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish