Axmedov Muxomod-Umar Baxridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Tasviriy san’at) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4968.
Ilmiy tadqiqot ishi bajariladigan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Haydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Baymetov Botir Boltabaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professori; Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishning imkoniyatlari pedagogik tarixiy vorisiylik, konstruktiv mehnatsevarlik, ishlab chiqarishni texnologik modernizasiyalash hamda fanlararo o‘zaro aloqadorlikni amaliy-funksional, refleksiv, korreksion integrasiyalash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish modeli  individual ishlashga qo‘yiladigan konstruktiv talablarni nazariya va amaliyot integratsiyasi jarayoniga  erkin tanlovli algoritmda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
yog‘och o‘ymakorligini o‘rgatish to‘garaklarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishning metodik tizimi o‘quvchilarda sodda va murakkab tasvirlarni mustaqil modellashtirish motivatsiyasini jadallashtiruvchi ish turlarini o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatiga adaptiv didaktika tamoyilida kiritish asosida takomillashtirilgan;
darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti amaliy ishlashga yo‘naltirilgan multimediali elektron resurlarni differensial o‘quv muhitida grafikli dizaynda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yog‘och o‘ymakorligi to‘garaklari mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishning imkoniyatlarini pedagogik tarixiy vorisiylik, konstruktiv mehnatsevarlik, ishlab chiqarishni texnologik modernizasiyalash hamda fanlararo o‘zaro aloqadorlik amaliy-funksional, refleksiv korreksion integrasiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar asosida «Qalamtasvir» o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabr dagi 676-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 676-112-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini maqsadli tashkil qilish va rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish modeli  individual ishlashga qo‘yiladigan konstruktiv talablarni nazariya va amaliyot integratsiyasi jarayoniga  erkin tanlovli algoritmda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish hamda yog‘och o‘ymakorligini o‘rgatish to‘garaklarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishning metodik tizimi o‘quvchilarda sodda va murakkab tasvirlarni mustaqil modellashtirish motivatsiyasini jadallashtiruvchi ish turlarini o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatiga adaptiv didaktika tamoyilida kiritishga oid tavsiyalardan «Yog‘och o‘ymakorligi» nomli darslik yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2007-yil 1-iyundagi 125-buyrug‘iga asosida berilgan 0996-sonli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish texnologiyalarini muammoga mantiqiy hamda nostandart yondashish yoki masalani alohida tizim sifatida loyihalash asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti amaliy ishlashga yo‘naltirilgan multimediali elektron resurlarni  differensial o‘quv muhitida grafikli dizaynda qo‘llashga oid takliflardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-30 raqamli “Milliy timsollar va ramzlar ensiklopediyasini nashrga tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 28-yanvardagi 02-07-252/04-son dalolatnomasi). Natijada, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyati multimediali elektron resurslarini amaliy-ko‘rgazmali, izchil, mantiqiy tarzda rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish