Usmonaliev Ikromjon Murodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarix o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini tarixiy tafakkur asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5205.
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/29.12.2022.Ped.32.02.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Safarova Rohatoy Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarix o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini tarixiy tafakkur asosida takomillashtirishning ilmiy-metodologik, kognitiv va empirik asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
tarix fanlarini o‘qitish jarayonida manba bilan ishlash, o‘quv materialini muayyan izchillikda, rejali tarzda bayon qilish, qadimgi so‘zlarning mohiyatidan xabardor bo‘lish, ularning izohlay olish, tayanch tushunchalarning mohiyatini yoritish, ular yordamida o‘quv materialini qayta bayon qilish, tarixiy jarayonlarni guruhlashtirish hamda turkumlashtirishga oid topshiriqlar yordamida talabalarning o‘quv-bilish imkoniyatlari mavjud didaktik omillarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;  
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tarixiy tafakkuri hamda kasbiy kompetentlik sifatlari tarixiy voqeylik, hodisa, jarayon va  fenomenlarni, muammoli vaziyatlarni hal etish, qiyoslash, interpretizatsiyalash hamda vizuallashtirish kabi ta’lim metodlarining didaktik imkoniyatlari o‘quv loyihalarni tayyorlashga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarixiy fenomenlarning zamonaviy tarixiy hodisalarga mos kelishini baholash, turli ijtimoiy-madaniy tuzilmalar o‘rtasidagi aloqadorlik mohiyatini anglash, tarixiy hodisalarning dinamik xarakteri, xronologik rivojlanish dialektikasini tushunish, tarixiy dalillarni qabul qilishga ratsional yondashish tajribasini hosil qilish jarayonini optimallashtirish “Qiyosiy tarix” va “Vizual tarix” texnologiyalarini, shuningdek, “Xammurappi qonuni” moddalarining ahamiyatini baholovchi indikatorni asoslashga ko‘ra takomillashtirilgan;
zamonaviy ta’lim diagnostikasi talablariga muvofiq bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarixiy tafakkur hamda kasbiy kompetentlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi talabalarning o‘quv loyihalarini refleksiv hamda forsayt (ekspert) baholash orqali ijodiy, erkin va majburiy tarzda belgilangan ball ko‘rsatkichlariga muvofiq qo‘yilgan ballar bo‘yicha darajalash asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarix o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini tarixiy tafakkur asosida takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
tarix fanlarini o‘qitish jarayonida manba bilan ishlash, o‘quv materialini muayyan izchillikda rejali tarzda bayon qilish, arxaik so‘zlarni aniqlash va izohlash, tayanch tushunchalarni aniqlash, ular asosida mavzuni qayta bayon qilish, guruhlashtirish hamda turkumlashtirish, tahlil, muammoli vaziyatlarni hal qilish, qiyoslash hamda vizuallashtirishga oid topshiriqlarni bajarishga jalb qilish orqali maxsus metodikani ta'lim amaliyotida qo‘llashga oid amaliy-metodik tavsiyalaridan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihalarini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 10-apreldagi 174-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tarix fanlari asoslarini puxta o‘rganish, tarixiy tafakkur asosida kasbiy kompetentlik sifatlari (kompetensiyalari)ni samarali o‘zlashtirish, mavjud bilimlardan amaliyotda maqsadli foydalanish borasida kutilgan natijalarni qayd etish malakalari rivojlangan;
tarixiy tafakkur asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlik sifatlari (kompetensiyalari)ning rivojlanganlik darajasi ular tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv loyihalarining amaliy-metodik qiymatga ega, shu bilan birga o‘qitish amaliyotida faol foydalanish imkoniyatining yuqori bo‘lishini ta'minlashga doir amaliy-metodik tavsiyalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli RUECVET: “Polirovanie evropeyskoy sistemi perevoda zachetnix edinis (kriditov) dlya professionalnogo obrazovaniya i obucheniya (EVET) v natsionalnix sistemax professionalnogo obrozavaniya i obucheniya Rossii i Uzbekistana (2016-2019 g.g.)” nomli xalqaro loyihasining metodikasi hamda monografiyasini tayyorlash va chop etishda nazariy, amaliy material sifatida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023-yil 4-martdagi 95-son ma'lumotnomasi). Natijada tarixiy tafakkur asosida kasbiy kompetentlik sifatlari (kompetensiyalari)ning samarali rivojlanganlik darajasini tadqiqotchi tomonidan asoslangan “Qiyosiy tarix” va “Vizual tarix” texnologiyalari yordamida tashxislash mexanizmi takomillashgan;
tarixiy tafakkurli yoshlarni pedagogik ta'lim jarayonida tarbiyalash mehanizmlari takomillashtish va tadqiq etilganligi, tarix fanlarini o‘qitish jarayonida manba bilan ishlash, ular yordamida o‘quv materialini qayta bayon qilish, tarixiy jarayonlarni guruhlashtirish hamda turkumlashtirishga oid topshiriqlar yordamida talabalarning o‘quv-bilish imkoniyatlari mavjud didaktik omillarni o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilganligi, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini tarixiy tafakkur orqali takomillashtirish metodlarining asoslanganligi, ilmiy-nazariy tahlillar, xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatning “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda (2021-2022-yillar) samarali foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 23-yanvardagi 04-36-201-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodik yondashuvlarning keng miqyosida ommalashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish