Mirsagdiev Orifjon Alimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston temir yo‘llarida paketli kommutatsiyani qo‘llagan holda tezkor texnologik aloqa tizimlarini takomillashtirish», 05.04.01–Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotning taqsimlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2018.2.PhD/T405.
Ilmiy rahbar: Xalikov Abdulxaq Abdulxairovich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Inogamov Akmal Muratovich, texnika fanlari doktori; Kamalov Yunus Karimovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston temir yo‘l transporti tezkor texnologik aloqa tarmoq abonentlariga xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari va talab etiladigan paketli tarmoq resurslarini hamda E-modeli asosida nutq signallarining baholash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli tezkor texnologik aloqa tarmoqlarida kanal va paketlarni kommutatsiyalashda nutq uzatish sifatini baholash usuli E-model asosida takomillashtirilgan;
kanal va paketlarni kommutatsiyalashda tezkor texnologik aloqa tarmoqlarining nutq uzatish sifatini baholash E-model usuli MOS baholash norma sifat mezonalariga bog‘liqligi asoslangan;
umumtexnologik va tezkor texnologik aloqa kanallarini birlashtirish imkonini beruvchi hamda ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi asosida imitatsion 1 va 2 modellari ishlab chiqilgan;
aloqa tarmog‘ida bog‘lanishlarni o‘rnatish hamda tarmoqqa kelib tushuvchi yuklamalarga bog‘liq xizmat ko‘rsatish sifat ehtimoli va tizimining samaradorligini ortishi imitatsion 1 va 2 modellari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temiryo‘l tezkor texnologik aloqa tarmoqlarida paketli kommutatsiyani qo‘llagan holda xizmat ko‘rsatishning imitatsion 1 va 2 modellar hamda E-modeli orqali takomillashtirish usullar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
raqamli tezkor texnologik aloqa tarmoqlarida kanal va paketlarni kommutatsiyalashda nutq uzatish sifatini E-model asosida baholash usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi Urganch signalizatsiya va aloqa distansiyasining aloqa tarmoqlariga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2018 yil 4 apreldagi NG/1623-18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tezkor texnologik aloqa tarmoqlarida dispetcher aloqa sifatini oshirish va aloqa tarmoqlarini loyihalash va ulardan foydalanish jarayonini takomillashtirish imkonini bergan;
integrallashtirilgan umumtexnologik va tezkor texnologik aloqa kanallari chaqiriqlariga xizmat ko‘rsatish 1 modeli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi Toshkent uzelining signalizatsiya va aloqa distansiyasining aloqa tarmoqlariga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2018 yil 4 apreldagi NG/1623-18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi integrallashtirilgan tarmoq hosil qiluvchi tezkor texnologik aloqa tarmog‘i yaratiladi va mavjud tarmoq resurslariga nisbatan 1 modeli bo‘yicha 44%ga kamaytirishga erishilgan;
umumtexnologik va tezkor texnologik aloqa kanallarini birlashtirish imkonini beruvchi imitatsion 2 modeli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi Toshkent uzelining signalizatsiya va aloqa distansiya-sining aloqa tarmoqlariga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2018 yil 4 apreldagi NG/1623-18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi yuklamaga bog‘liq ravishda tezkor texnologik aloqa tarmoqlarini mavjud tarmoqlar resurslariga nisbatan imitatsion 2 modeli bo‘yicha 29%ga kamaytirish imkonini bergan.