Raxmatov Xayrulla Bozorboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligida etnik jarayonlarning tarixiy-geografik tahlili”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1125.
Ilmiy rahbar: Eshov Bohodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov To‘lqin Dustbobevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Raxmonov Faxriddin Shoymardonovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning oxiri –XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi etnik jarayonlarni tarixiy-geografik o‘rganish kontekstida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligining ma’muriy tizimidagi bekliklar, amlokliklar, amirlikning turli hududlaridagi viloyatlardagi etnotoponimlar, aholining etnik tarkibi forsiy, turkiy va rus tillardagi manbalar va statistik ma’lumotlar asosida aniqlanib, bu davrda amirlikda turkiy (o‘zbek)cha etnotoponimlar ko‘pchilikni tashkil etishi dalillangan;
o‘rganilayotgan davrda Buxoro amirligidagi etnik o‘zlikni anglash masalalari hamda yirik etnik guruhlar (mang‘it, qo‘ng‘irot, barhin, kenagas, saroy, nayman, qushchi, burqut, qarluq, barlos, do‘rman va b.lar)ning geografik joylashuvi, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troqlashuvi va yangi aholi maskanlarining tashkil topish jarayonlari amirlikdagi viloyatlar misolida ochib berilgan;
Buxoro amirligi mahalliy aholisi bo‘lgan o‘zbek, tojik, turkman va qozoqlarning amirlik bo‘ylab tarqalish geografiyasi aniqlanib, ularning nisbati qaysi hududlarda ko‘p yoki oz ekani, ular bilan bog‘liq etnotoponimlar tog‘, tog‘oldi, dasht hamda suv havzalarining qay birida ko‘proq uchrashi isbotlangan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro, Qashqadaryo va Surxon vohalari hamda Sharqiy Buxoro va Amudaryoning o‘rta havzasidagi siyosiy-ma’muriy birliklar aholisining turli-tumanlik kasb etishida so‘nggi o‘rta asrlarda asosan o‘zbek urug‘larining, qisman esa turkman urug‘larining yoppasiga o‘troqlasha boshlagani o‘z ta’sirini ko‘rsatgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligida etnik jarayonlarning tarixiy-geografik tahlili tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligining ma’muriy tizimidagi bekliklar, amlokliklar, amirlikning turli hududlaridagi viloyatlardagi etnotoponimlar, aholining etnik tarkibi forsiy, turkiy va rus tillardagi manbalar va statistik ma’lumotlar asosida aniqlanib, bu davrda amirlikda turkiy (o‘zbek)cha etnotoponimlar ko‘pchilikni tashkil etishi hamda o‘rganilayotgan davrda Buxoro amirligidagi etnik o‘zlikni anglash masalalari hamda yirik etnik guruhlar (mang‘it, qo‘ng‘irot, barhin, kenagas, saroy, nayman, qushchi, burqut, qarluq, barlos, do‘rman va b.lar)ning geografik joylashuvi, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troqlashuvi va yangi aholi maskanlarining tashkil topish jarayonlari amirlikdagi viloyatlar misolida ochib berilganligi kabi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022 yil 16 dekabrda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasining 2022 yil 16 dekabrdagi 02-31-2085-son ma’lumotnomasi). Bu esa Buxoro amirligi aholisi etnik tarkibining o‘ziga xosligi, turmush tarzi turlicha bo‘lgan (o‘troq, yarim o‘troq va yarim ko‘chmanchi) etnoslarning voha bo‘ylab joylashuv xususiyatini o‘rganishda, ko‘rsatuv mazmunini boyitishda hal qiluvchi rol o‘ynagan;
Buxoro amirligi mahalliy aholisi bo‘lgan o‘zbek, tojik, turkman va qozoqlarning amirlik bo‘ylab tarqalish geografiyasi aniqlanib, ularning nisbati qaysi hududlarda ko‘p yoki oz ekani, ular bilan bog‘liq etnotoponimlar tog‘, tog‘oldi, dasht hamda suv havzalarining qay birida ko‘proq uchrashi kabi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 12 maydagi 01-14/4129-son ma’lumotnomasi). Natijada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligi hududida joylashgan Jizzax viloyatining tarixiy ildizlarini aks ettiruvchi ekskursiya matnlari va ular asosida tarixchilar uchun amalga oshirilgan ekskursiyalar sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otgan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro, Qashqadaryo va Surxon vohalari hamda Sharqiy Buxoro va Amudaryoning o‘rta havzasidagi siyosiy-ma’muriy birliklar aholisining turli-tumanlik kasb etishida so‘nggi o‘rta asrlarda asosan o‘zbek urug‘larining, qisman esa turkman urug‘larining yoppasiga o‘troqlasha boshlagani o‘z ta’sirini ko‘rsatgani haqidagi ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat muassasasida amirlikning etnik va geografik tarixini o‘rganishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022 yil 1 avgustdagi 01-28/0108.22-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro vohasi, Surxon vohasi va sharqiy Buxoro, Qashqadaryo vohalari, Amudaryoning o‘rta havzasidagi siyosiy-ma’muriy birliklari aholisi hamda ulardagi etnik jarayonlar ma’muriy birliklarining etnomadaniy faolligini ko‘rsatib berilganligi Buxoro amirligining geografik joylashuvi tarixiga oid ilmiy adabiyotlarni boyitishga hissa qo‘shgan.