Xoliqov G‘olib Jahongirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi (1991 – 2021 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar879.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor; Imamov Bobir Xujanazarovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2021 yillarda O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi tarixi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida sog‘liqni saqlash sohasi xalqaro munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun zarur huquqiy kafolatlarning yaratilganligiga qaramay, viloyatlarda ushbu sohada xorij tajribasini o‘rganish bo‘yicha etarlicha chora-tadbirlar olib borilmaganligi, tibbiyot xodimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish kurslariga o‘qishga yuborish yoki xorijlik etuk mutaxassislarning ilg‘or tajribalarini targ‘ib etish ishlari ko‘lamining talabdan orqada bo‘lganligi kabi muammolar mavjud bo‘lganligi asoslangan;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro hamkorlik ko‘lamining kengayishiga to‘siq bo‘lib kelgan sabablar (turli xorijiy davlatlar bilan bu sohadagi hamkorlik aloqalarining tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, munosabatlar ko‘p hollarda insonparvarlik yordami xarakterida ekanligi, tibbiy ta’lim tizimida xorijiy hamkorlikning etarli darajada rivojlanmaganligi, xorij tajribasini O‘zbekistonda qo‘llashda tibbiy texnikalarning zamon talablaridan orqadaligi) va xorijiy hamkorlikni rivojlantirishdagi muammolar (ko‘p joylarda tibbiyot xodimlarining xorijlik hamkasblari bilan aloqalarini o‘rnatish va xorijiy tillarni o‘rganish darajasining sustligi) aniqlangan;
tizimdagi islohotlarda Evropa va Osiyo davlatlari bilan aloqalarining o‘sib borish dinamikasi Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlar bilan hamkorlik misolida shakllantirilib, natijada O‘zbekiston tibbiyotidagi aholi orasida sil kasalligi tarqalishining kamayishi, ona va bola kasallanishi hamda o‘lim ko‘rsatkichi dinamikasining pasayishi, tibbiy kadrlar tayyorlash jarayonida xorij tajribasining qo‘llanilishi kabi ijobiy o‘zgarishlar hududlar kesimida isbotlangan;
JSSTning “Barcha inson salomatligini ta’minlash”, “Kasalxona bolaga mehribondir” dasturlari va “Salomatlik hamma uchun” strategiyasini, YuNISEF xalqaro tashkilotining “Bolaga do‘stona munosabatda bo‘lgan tibbiyot muassasasi” dasturini amalga oshirilishi natijasida chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan emizish ko‘rsatkichining ortganligi, chaqaloqlarda septik, sariq hamda ichak parezi kamayganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini yo‘lga qo‘yishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida sog‘liqni saqlash sohasi xalqaro munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun zarur huquqiy kafolatlarning yaratilganligiga qaramay, viloyatlarda ushbu sohada xorij tajribasini o‘rganish bo‘yicha etarlicha chora-tadbirlar olib borilmaganligi, tibbiyot xodimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish kurslariga o‘qishga yuborish yoki xorijlik etuk mutaxassislarning ilg‘or tajribalarini targ‘ib etish ishlari ko‘lamining talabdan orqada bo‘lganligi kabi muammolar mavjud bo‘lganligi hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro hamkorlik ko‘lamining kengayishiga to‘siq bo‘lib kelgan sabablar (turli xorijiy davlatlar bilan bu sohadagi hamkorlik aloqalarining tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, munosabatlar ko‘p hollarda insonparvarlik yordami xarakterida ekanligi, tibbiy ta’lim tizimida xorijiy hamkorlikning etarli darajada rivojlanmaganligi, xorij tajribasini O‘zbekistonda qo‘llashda tibbiy texnikalarning zamon talablaridan orqadaligi) va xorijiy hamkorlikni rivojlantirishdagi muammolar (ko‘p joylarda tibbiyot xodimlarining xorijlik hamkasblari bilan aloqalarini o‘rnatish va xorijiy tillarni o‘rganish darajasining sustligi) aniqlanganligi bo‘yicha tarixiy dalillar va ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2021-yil 14-aprelda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021-yil 5-maydagi 02-40-669-son ma’lumotnomasi). Bu esa O‘zbekistonda aholi salomatligi muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan hamkorlik aloqalarining qanchalik muhim vazifalardan biri ekanligini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan.
tizimdagi islohotlarda Evropa va Osiyo davlatlari bilan aloqalarining o‘sib borish dinamikasi Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlar bilan hamkorlik misolida shakllantirilib, natijada O‘zbekiston tibbiyotidagi aholi orasida sil kasalligi tarqalishining kamayishi, ona va bola kasallanishi hamda o‘lim ko‘rsatkichi dinamikasining pasayishi, tibbiy kadrlar tayyorlash jarayonida xorij tajribasining qo‘llanilishi kabi ijobiy o‘zgarishlar hududlar kesimida isbotlanganligi hamda JSSTning “Barcha inson salomatligini ta’minlash”, “Kasalxona bolaga mehribondir” dasturlari va “Salomatlik hamma uchun” strategiyasini, YuNISEF xalqaro tashkilotining “Bolaga do‘stona munosabatda bo‘lgan tibbiyot muassasasi” dasturini amalga oshirilishi natijasida chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan emizish ko‘rsatkichining ortganligi, chaqaloqlarda septik, sariq hamda ichak parezi kamayganligi aniqlanganligi kabi ilmiy natijalaridan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (guvohnoma №302-0330) 2022 yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i). Bu ma’lumotlar Yangi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida hamkorlik aloqalari tarixi bugungi kunda ham dolzarb masala ekanligi haqidagi tushunchalarni talabalar ongiga etkazishga xizmat qilgan.