Jo‘raev Ilhom Baxriddin og‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): XX – XXI asr boshlarida Mirzacho‘l vohasi aholisining ijtimoiy holati va moddiy madaniyati tarixi), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1088.
Ilmiy rahbar: Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akram Muminovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Tursunov Saypulla Narzillaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzix davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX–XXI asr boshlarida Mirzacho‘l vohasi aholisining etnik tarkibi va moddiy madaniyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning ikkinchi yarmida mahalliy hukumat tomonidan olib borilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, yangi ekin-tikin maydonlarining o‘zlashtirilishi, shu maqsadda vohaga mamlakatimizning ko‘plab hududlaridan aholi ko‘chirib kelinishi natijasida Mirzacho‘l vohasi aholisining tarkibida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergani, mahalliy aholisi asosan o‘zbek va qozoqlardan iborat vohaga respublikamizning vodiy (Farg‘ona) va voha (asosan Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va b.) kabi turli hududlaridan ko‘chib kelgan aholi hisobiga boyigani dalillangan;
Mirzacho‘l vohasida qadimdan mahalliy aholi vakillari sifatida turkiy tilli (o‘zbek, qozoq, qirg‘iz) va forsiy (tojik) tilli aholi yashaganligi va ular orasida etnomadaniy jihatdan o‘zaro yaxlitlik yuzaga kelganligi, buning tasdig‘i ayniqsa ushbu xalqlar vakillariga xos o‘troq dehqonlar va dashtlik chorvadorlarga xos ma’naviy va moddiy madaniyat bilan bog‘liq atamalarda o‘z ifodasini topganligi aniqlangan;
Mirzacho‘l vohasi aholisining xo‘jalik turmush tarzi va moddiy madaniyatida qadimiy an’analar birmuncha saqlangani, shu bilan birga, vohaning mahalliy aholisi va respublikamizning turli hududlaridan ko‘chib kelgan aholiga xos an’analar o‘zaro qorishuvi natijasida transformatsiya jarayonlari yuzaga kelganligi isbotlangan;
voha aholisining oila va nikoh marosimlari, qarindosh-urug‘chilik atamalari, ma’anaviy va moddiy madaniyati bilan bog‘liq urf-odatlarning qadimiy ildizlari etnografik (oila ava nikoh, turarjoy, ot anjomlari, taomlanish madaniyati) va lingvistik ma’lumotlar (o‘zbek, qozoq, qirg‘iz tillariga xos umumiy atamalar) asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX–XXI asr boshlarida Mirzacho‘l vohasi aholisining etnik tarkibi va moddiy madaniyati tadqiq qilish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
XX asrning ikkinchi yarmida mahalliy hukumat tomonidan olib borilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, yangi ekin-tikin maydonlarining o‘zlashtirilishi, shu maqsadda vohaga mamlakatimizning ko‘plab hududlaridan aholi ko‘chirib kelinishi natijasida Mirzacho‘l vohasi aholisining tarkibida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergani, mahalliy aholisi asosan o‘zbek va qozoqlardan iborat vohaga respublikamizning vodiy (Farg‘ona) va voha (asosan Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va b.) kabi turli hududlaridan ko‘chib kelgan aholi hisobiga boyigani hamda Mirzacho‘l vohasida qadimdan mahalliy aholi vakillari sifatida turkiy tilli (o‘zbek, qozoq, qirg‘iz) va forsiy (tojik) tilli aholi yashaganligi va ular orasida etnomadaniy jihatdan o‘zaro yaxlitlik yuzaga kelganligi, buning tasdig‘i ayniqsa ushbu xalqlar vakillariga xos o‘troq dehqonlar va dashtlik chorvadorlarga xos ma’naviy va moddiy madaniyat bilan bog‘liq atamalarda o‘z ifodasini topganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” kanalida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 26-dekabrdagi 02G‘Rv-33-22-son ma’lumotnomasi). Bu ko‘rsatuvlar ildizlari qadimgi borib tutashuvchi mintaqa xalqlari, ularning o‘zaro moddiy va ma’naviy aloqalari to‘g‘risida tushunchalar hosil bo‘lishida yordam bergan;
Mirzacho‘l vohasi aholisining xo‘jalik turmush tarzi va moddiy madaniyatida qadimiy an’analar birmuncha saqlangani, shu bilan birga, vohaning mahalliy aholisi va respublikamizning turli hududlaridan ko‘chib kelgan aholiga xos an’analar o‘zaro qorishuvi natijasida transformatsiya jarayonlari yuzaga kelganligi hamda voha aholisining oila va nikoh marosimlari, qarindosh-urug‘chilik atamalari, ma’anaviy va moddiy madaniyati bilan bog‘liq urf-odatlarning qadimiy ildizlari etnografik (oila ava nikoh, turarjoy, ot anjomlari, taomlanish madaniyati) va lingvistik ma’lumotlar (o‘zbek, qozoq, qirg‘iz tillariga xos umumiy atamalar) asosida ochib berilgan taklif va tavsiyalardan xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamoat fondining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamoat fondining 2022-yil 28-noyabrdagi 01-44-son ma’lumotnomasi). Natijada Mirzacho‘l vohasi aholisining so‘nggi o‘rta asrlar va yaqin tarixdagi etnografik xususiyatlari bo‘yicha mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarga yangi ma’lumotlar berish imkonini bergan.