Xalilov Farhod Furqat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasi”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2755.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasibaxon Jo‘raevna,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Qodirova Feruza Usmonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Sobirova Maxbuba Yusufjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “Tarbiya” fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “Tarbiya” fanini o‘qitishga tayyorlashning tarkibiy tuzilmasi  qadriyatlilik, hayot bilan bog‘liqlik tamoyillarini talabalarning ijtimoiy-akademik faoliyati mazmuniga refleksivlik munosabatida singdirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “Tarbiya” fanini o‘qitishga tayyorlashning metodik xususiyatlari didaktik komponentlarni o‘qitishning yakka, jamoaviy shakllari hamda loyiha, muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
«Tarbiya» fanini o‘qitishga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tayyorlash modeli irodalilik, Vatanga sadoqat, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, bag‘rikenglik, mas’uliyatlilik, innovatsion fikrlash, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni odatga aylantiruvchi qadriyatli yondashuvlarga yo‘naltirilgan ta’sir bloklarini kiritish asosida boyitilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy-metodik  kompetensiyalarni rivojlantirish  texnologiyalari talabalarda darslarni loyihalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ish turlarini integrativ o‘quv muhitida pedagogik amaliyotga yo‘nalganlikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “Tarbiya” fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “Tarbiya” fanini o‘qitishga tayyorlashning tarkibiy tuzilmasi  qadriyatlilik, hayot bilan bog‘liqlik tamoyillarini talabalarning ijtimoiy-akademik faoliyati mazmuniga refleksivlik munosabatida singdirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-martdagi 02-07-940/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “Tarbiya” fanini o‘qitishga tayyorlashda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalardan kasbiy faoliyatda foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “Tarbiya” fanini o‘qitishga tayyorlashning metodik xususiyatlari didaktik komponentlarni o‘qitishning yakka, jamoaviy shakllari hamda loyiha, muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini integrativ qo‘llashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9 sentyabrdagi 302-son bo‘yrug‘i, 302-0905-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida “Tarbiya” fanini o‘qitishga doir metodik imkoniyatlardan foydalanish malakalarini rivojlantirish ta’minlangan;
“Tarbiya” fanini o‘qitishga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash modeli irodalilik, Vatanga sadoqat, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, bag‘rikenglik, mas’uliyatlilik, innovatsion fikrlash, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni odatga aylantiruvchi qadriyatli yondashuvlarga yo‘naltirilgan ta’sir bloklarini kiritish asosida boyitishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida 2020-2022-yillarda bajarilgan FZ-202002146 “Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari asosida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifiy, tarbiyaviy kurash asoslarini o‘zida jamlagan multimedia dasturi hamda mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasining 2023-yil 29-apreldagi 05-614-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida “Tarbiya” fanini o‘qitishga doir kompetensiyalarini umumpedagogik texnologiyalar asosida shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish