Sobirxonov Abdulbositxon Toxirxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab tabiiy geografiyasi darslarida badiiy ijod namunlaridan foydalanish metodikasi”, 13.00.02Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya)  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1395.
Ilmiy rahbar: Xodjimatov Alisher Nigmatovich, geografiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Mahbuba, pedagogika fanlari doktori, professor; Maqsudjon Nazarov, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab tabiiy geografiya darslarida badiiy ijod namunalaridan foydalanish asosida oʻqitishning metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab tabiiy geografiyasi darslarida o‘quvchilar umummadaniy kompetentligini shakllantirish modeli badiiy ijod namunalaridan foydalanishning pedagogik bosqichlarini progressiv ko‘rsatkichli metodlarga sinergetik optimallashtirish  jarayoni o‘qitishning reproduktiv, evristik va muammoli ta’lim komponentlariga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida geografiya fanini o‘qitish jarayonida badiiy ijod namunlaridan foydalanish metodikasining o‘quvchilarda mustaqil bilish faolligini oshirishda  variativlik va individuallikni ta’minlashga xizmat qiladigan evrologik layoqatlar bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi davriy monitoring natijalari barqarorligini ta’minlash kontekstida asoslangan;
o‘quvchilarga geografiya fanini o‘rgatishning didaktik asoslari badiiy maydonda geografik bilim va tasavvurlar ifodalanishini vizual anglashga yo‘naltirilgan badiiy ijod namunalaridan foydalanish kompetensiyaviy yondashuv tamoyillari hamda integrativ o‘quv muhitini ta’lim jarayonida tizimli qo‘llash orqali aniqlashtirilgan;
geografiya fanini o‘qitishda geografiya+toponimika+etnoekologiya uzviyligini ta’minlashda badiiy ijod namunalaridan foydalangan holda o‘quvchilarda geobadiiy axborotlar ko‘lamini oshirishning axborot-metodik modelining funksional xususiyatlari fanlararo aloqadorlik tamoyillarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab tabiiy geografiyasi darslarida badiiy ijod namunalaridan foydalanish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktab tabiiy geografiyasi darslarida o‘quvchilar umummadaniy kompetentligini shakllantirish modeli badiiy ijod namunalaridan foydalanishning pedagogik bosqichlarini progressiv ko‘rsatkichli metodlarga sinergetik  optimallashtirish  jarayoni o‘qitishning reproduktiv, evristik va muammoli ta’lim komponentlariga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar asosida 5-6-7-sinflarning “Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi”, “Materiklar va okeanlar geografiyasi”, “O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy gerografiyasi” fanlarini dars o‘tish jarayonlarini takomillashtirishga doir takliflari asosida 5-6-7-sinflarning “Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi”, “Materiklar va okeanlar geografiyasi”, “O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy gerografiyasi” fanlarini dars mashg‘ulotlarini takomillashtirish va tahlil sifatini oshirishga doir takliflardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2023-yil 14-fevraldagi 01/11-01/1-79-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy geografiya darslarining samaradorligini har tomonlama oshirishga xizmat qilgan;
umumta’lim maktablarida geografiya fanini o‘qitish jarayonida badiiy ijod namunlaridan foydalanish metodikasining o‘quvchilarda mustaqil bilish faolligini oshirishda  variativlik va individuallikni ta’minlashga xizmat qiladigan evrologik layoqatlar bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi davriy monitoring natijalari barqarorligini ta’minlash kontekstida asoslangan va geografiya fanini o‘rgatishning didaktik asoslari badiiy maydonda geografik bilim va tasavvurlar ifodalanishini vizual anglashga yo‘naltirilgan badiiy ijod namunalaridan foydalanish kompetensiyaviy yondashuv tamoyillari hamda integrativ o‘quv muhitini ta’lim jarayonida tizimli qo‘llash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan geografiya fani o‘qituvchilarining ta’lim amaliyotiga tatbiq etilgan hamda tabiiy fanlar metodikasi bo‘limlarini tashkiliy tuzilmasi va o‘quv uslubiy ta’minotini takomillashtirish asosida ta’lim sifatini oshirishga imkon yaratdi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2023-yil 14-fevraldagi 01/11-01/1-79-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati o‘sishi, shuningdek, maktab o‘quvchilarida tabiiy geografik bilim va dunyoqarashni shakllantirishda badiiy ijod namunalaridan foydalanishning metodik tizimi va dars o‘tish jarayoni takomillashtirishga xizmat qilgan;
geografiya fanini o‘qitishda geografiya+toponimika+etnoekologiya uzviyligini ta’minlashda badiiy ijod namunalaridan foydalangan holda o‘quvchilarda geobadiiy axborotlar ko‘lamini oshirishning axborot-metodik modelining funksional xususiyatlari fanlararo aloqadorlik tamoyillarini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid amaliy takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturning VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish, jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatni oshirish” 31-bandi “Mamlakatda  yoshlar ma’naviy tarbiyasini tizimli tashlik etishga qaratilgan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” asosida barcha tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni uslubiy ta’minlash”da foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqoqtlar instituti 2023-yil 16-martdagi 101-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf kabi adiblarning asar va she’rlarini, uning mazmun-mohiyati hamda xususiyatlarini tahlil qilish va ahamiyatini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish