Abdullaev Madamin Saotboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maxtumquli Firog‘iy ma’naviy merosining falsafiy tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal798.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Isaqova Zamiraxon Ruhitdinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent
Yetakchi  tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Maxtumquli Firog‘iy ma’naviy merosining falsafiy xususiyatlari va ijtimoiy-axloqiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Maxtumquli Firog‘iy hikmatlaridagi diniy-tasavvufiy, ilmiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy g‘oyalar hamda gumanistik qarashlarning demokratik qadriyatlarni rivojlantirish, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish g‘oyalariga asos ekanligi mantiqiy dalillangan;
mutafakkirning halollik, poklik, insof-diyonat, sabr-qanoat, foniy dunyo moliga ruju qo‘ymaslik kabi g‘oyalarida mutasavifflarning qarashlari asos bo‘lganligi retrospektiv asosda ochib berilgan;
Firog‘iy falsafiy qarashlaridagi olam, inson, uning borlig‘i, kamoloti masalasi hamda jamiyatda ro‘y beruvchi ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf qilishga qaratilgan ijtimoiy hamjihatlik, bag‘rikenglik (tolerantlik), murosaviylik kabi umuminsoniy g‘oyalari bugungi davr xarakteriga adekvat ekanligi falsafiy kategoriyalar kontekstida aniqlangan;
mutafakkirning jamiyat barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi  ma’naviy-axloqiy g‘oyalari yoshlarda vatanparvarlik, kuchli qat’iyat, mehnatsevarlik, masʼuliyat va sabr-qanoat, insof va diyonat singari xususiyatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxtumquli Firog‘iy ma’naviy merosining falsafiy tahlili bo‘yicha ilmiy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
Maxtumquli Firog‘iy hikmatlaridagi diniy-tasavvufiy, ilmiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy g‘oyalarning hamda gumanistik qarashlarning demokratik qadriyatlarni rivojlantirish, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish g‘oyalariga asos ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning “Yo'L XARITASI”sidagi madaniy merosni asrab-avaylash chora-tadbirlari doirasida “Turkiy tilli xalqaro yoshlar festivali va Yoshlar turizmi II qurultoyi”ni tashkil etish va o‘tkazish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 6-martdagi 04-12-08-1318-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda madaniy-ma’rifiy rivojlanishni ta’minlashga, fuqarolarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va ajdodlar merosiga sadoqat hissini shakllantirishga xizmat qilgan;
mutafakkirning halollik, poklik, insof-diyonat, sabr-qanoat, foniy dunyo moliga ruju qo‘ymaslik kabi g‘oyalarida mutasavifflarning qarashlari asos bo‘lganligiga doir tavsiyalar va amaliy takliflardan Respublika Turkman madaniyat markazining Markaz va unig .ioylardagi bo‘limlari faoliyatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g'risida” qaror ijrosini ta’minlashda hamda 2023-yil l5-martda Xorazm viloyatida o‘tkazilgan “Maxtumquli Firog'iy - o‘zbek-turkman do‘stligi ko‘prigi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Turkman madaniyat markazining 2023-yil 20-apreldagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek-turkman xalqlari do‘stligini yanada mustahkamlash, milliy-madaniy merosni asrab-avaylash hamda alloma ilmiy-falsafiy tafakkurini yanada kengroq o‘rganishga xizmat qilgan;
Firog‘iy falsafiy qarashlaridagi olam, inson, uning borlig‘i, kamoloti masalasi hamda jamiyatda ro‘y beruvchi ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf qilishga qaratilgan ijtimoiy hamjihatlik, bag‘rikenglik (tolerantlik), murosaviylik kabi umuminsoniy g‘oyalari bugungi davr xarakteriga adekvat ekanligiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadbiq etish" (2017-2020-yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 8-iyundagi 244/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, falsafiy ta’limotlar  tarixidagi ontologik, aksiologik, gnoseologik qarashlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini o‘rganishga, dinlararo va millatlararo munosabatlarni takomillashtirishdagi ahamiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
mutafakkirning jamiyat barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi  ma’naviy-axloqiy g‘oyalari yoshlarda vatanparvarlik, kuchli qatʼiyat, mehnatsevarlik, masʼuliyat va sabr-qanoat, insof va diyonat singari xususiyatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga doir ilmiy yangiliklar, amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati faoliyatida, “G‘azal bo‘stoni”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Adabiy jarayon” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda (2022-2023 yy) foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2023-yil 19-apreldagi O‘z/RV-23-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining, jumladan, yoshlarning axloqiy-estetik madaniyatini rivojlantirish, o‘zbek-turkman xalqlari do‘stlik va madaniy aloqalarining mustahkamlanishiga, fuqarolarimizning ma’naviy-axloqiy kamolotiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan holda mamlakatimizda madaniy-ma’rifiy hayotni yanada rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish