Panjiev Sherzod Soxibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sel-suv omborlarida loyqa-cho‘kindilarni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish”  , 05.09.06 – “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.1.PhD/T3525
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
texnika fanlari doktori, professor Yangiev Asror Abdixamidovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash,
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Bazarov Dilshod Reyimovich (05.09.07), dotsent, PhD. Nazarov Komil Igamberdievich (05.09.06).
Yetakchi tashkilot - Toshkent arxitektura - qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sel-suv omborlarida loyqa-cho‘kindilarni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish va konstruktiv chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
            daryoning tog‘ oldi qismida joylashgan sel- suv omborlarida loyqa-cho‘kindilar qatlami shakllanishi loyqa-cho‘kindilar fraksion tarkibini inobatga olib asoslangan;
            sel-suv omborlarida loyqa-cho‘kindilar fizik-mexanik va kimyoviy xossalari loyqa-cho‘kindilar fraksion tarkibini inobatga olib aniqlangan;
            tog‘ oldi hududlarida sel-suvomborlari o‘zanlarida yirik toshlar harakatlanishini  aniqlash  usullari  toshlarning diametrini inobatga olib takomillashtirilgan;
            sel-suv omborlarida loyqa-cho‘kindilarni boshqarish texnologiyasi kirish o‘zanlaridagi tindirgichlar orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
    Sel-suv omborlarida loyqa cho‘kindilarni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:sel-suv omborlari o‘zanidagi yirik tashlarning xarakatlanish jarayoni bo‘yicha hisoblash natijalari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli  Langar sel-suv omborida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi  vazirligining 2023 yil 25 fevraldagi № 04/20-3244 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sel-suv ombori o‘zanidagi 1 sm dan 20 sm gacha diametrdagi yirik toshlarni siljitish tezligi V=3.7 m/s dan kattaligi, ya’ni V=3.87 m/s aniqlanib, toshlarning rejalashtirilgan tindirgichgacha siljib kelib, unda cho‘kish imkoniyati yaratilgan;
sel-suv ombori o‘zanida 1 sm dan 20 sm gacha diametrdagi yirik toshlarning konus zonasida to‘xtatish hisobi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli  Langar sel-suv omborida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi  vazirligining 2023 yil 25 fevraldagi № 04/20-3244 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 1 sm dan 20 sm gacha diametrdagi yirik toshlarni o‘zan uzunligi bo‘yicha 300 m masofada to‘xtatish imkoniyati yaratilgan;
sel-suv ombori o‘zanida qurilishi rejalashtirilgan ikki kameradan iborat tindirgich, ya’ni birinchi kamera o‘lchamlari L1×b1×h1=300×100×2.0,ikkinchi kamera o‘lchamlari L2×b2×h2= 200×80×1.5 ( L1, b1, h1, L2, b2, h2-mos ravishda, birinchi va ikkinchi kameralar uzunligi, eni hamda chuqurligi) Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Suv loyiha” MChJ ga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi  vazirligining 2023 yil 25 fevraldagi № 04/20-3244 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Langar sel-suv ombori o‘zanida qurilgan tindirgichda loyqa-cho‘kindilarni cho‘ktirib, ularni boshqarish  imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish