Rayimov Bexruz Ne’mat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hisor tog‘ tizmasidagi do‘lananing (Crataegus L.) istiqbolli shakllarini tanlash va ko‘paytirish texnologiyasi”, 06.03.01 - O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx946
Ilmiy rahbar: Xamroev Xusen Fatullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Eshonkulov Bobomurod Inoyatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Hisor tog‘ tizmasidagi do‘lanazorning tabiiy tarqalishini tahlil etish orqali bioiqlim modelini ishlab chiqish, istiqbolli shakllarni tanlash hamda ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Hisor tog‘ tizmasining dengiz sathidan 850-2000 metr balandliklarida tabiiy tarqalgan do‘lanazorlarning to‘liqligi shimoliy ekspozitsiyalarda (0,8 ga teng) janubiy ekspozitsiyadan 0,2 ga yuqori ekanligi aniqlangan;
do‘lananing bioiqlim modelini ishlab chiqish orqali uning tarqalishida hududdagi yog‘ingarchilik miqdori katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan bo‘lib, 2070-yilda Crataegus ponticaning maydoni 950 km2 (±25 km2), Crataegus turkestanicaning maydoni esa 1200 km2 (±25 km2) ga teng bo‘lishi bashorat qilingan;
do‘lana turlaridagi mezokarp qatlamining chiqish darajasi Crataegus ponticada Crataegus turkestanicaga nisbatan yuqori bo‘lib, Crataegus ponticaning Matmon-2, Jovuz-3 shakllarida 86,17-87,64%, Crataegus turkestanicaning Matmon-7 shaklida 80,0% ni tashkil etishi va boshqa tanlangan shakllardan 1,02-1,19-marta yoki 2,9-18,7% ga yuqori ekanligi aniqlangan;
do‘lana turlarining ko‘chatlarini etishtirishda Crataegus turkestanicaning urug‘larini ikki bosqichli stratifikatsiyalash, Crataegus pontica urug‘larini esa sulfat kislotaning 3% li eritmasi bilan 30 daqiqa ishlov berish samarali ekanligi aniqlangan bo‘lib, buning natijasida nihollarning unib chiqish darajasi Crataegus turkestanicada 90%, Crataegus ponticada esa 5% bo‘lishi isbotlangan;
do‘lana urug‘lari mag‘zining to‘liqligi ularning o‘sish arealiga bog‘liq bo‘lib, Crataegus turkestanicada 90%, Crataegus ponticada esa 10% ekanligi, dengiz sathidan 1100-1200 metr balandliklarda o‘sgan Crataegus pontica urug‘lari mag‘zining to‘liqligi esa 37% gacha bo‘lishi aniqlangan;
Crataegus ponticaning urug‘ko‘chatlarini etishtirishda qizil do‘lananing 2 yillik urug‘ko‘chatlarini avgust oyida kurtak payvandlash samarali ekanligi hamda payvandlangan kurtaklarning tutuvchanligi 70% ni tashkil etishi aniqlangan;
Crataegus turkestanica va Crataegus ponticaning urug‘ko‘chatlarini etishtirishning hisob-texnologik kartasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda keltirib o‘tilgan agrotexnik tadbirlarga amal qilish orqali Crataegus turkestanicaning 40 ming dona/ga, Crataegus ponticaning esa 28 ming dona/ga miqdordagi standart ko‘chatlarini etishtirish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hisor tog‘ tizmasidagi do‘lananing (Crataegus L.) istiqbolli shakllarini tanlash va ko‘paytirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijalari asosida:
do‘lananing (Crataegus L.) istiqbolli shakllarini tanlash ishlanmasi Kitob va Jovuz davlat o‘rmon xo‘jaliklarining 20 gektar maydonida joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 9-dekabrdagi 04/21-6276-son maʼlumotnomasi). Buning natijasida Matmon-2 va Jovuz-3 shakllari tanlab olingan hamda ishlab chiqarishda foydalanish uchun tavsiya etilgan. Ushbu shakllardan foydalanish orqali qo‘shimcha 10 000,0 ming so‘m/ga daromad olishga erishilgan;
do‘lanani ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi nomli ishlanmasi Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi ko‘chatxonasining 1,2 gektar maydonida joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 9-dekabrdagi 04/21-6276-son maʼlumotnomasi). Buning natijasida qizil do‘lananing 2 yillik ko‘chatlarini kurtak payvandlash orqali sariq do‘lananing ko‘chatlarini etishtirish hamda ushbu ko‘chatlarni sotish orqali qo‘shimcha 12 000,0 ming so‘m/ga daromad olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish