Atadjanova Muborak Masharipovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gestatsion qandli diabet: tarqalishi, xavf omillari, bashoratlash, homiladorlikning kechishi va tug‘ish jarayoniga ta’siri» 14.00.03 – «Endokrinologiya» xamda 14.00.01 «Akusherlik va Ginekologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tib302.
Ilmiy maslahatchilar: Alimov Anvar Valievich tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Dilfuza Abdullaevna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Nasirova Xurshidaxon Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Niyazmetov Raxmatulla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gestatsion qandli diabetning tarqalishi, unga chalingan homilador ayollarda homiladorlik va tug‘ishning asoratlari, xavf omillarini baholash, homiladorlikning dastlabki bosqichida gestatsion diabetni bashorat qilish dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlikdan oldin va homiladorlik paytida semirish, ko‘p sonli homiladorlik va arterial gipertenziya mavjud bo‘lganda gestatsion qandli diabetning rivojlanish xavfi asoslangan;
gestatsion qandli diabetni aniqlash algoritmi takomillashtirilgan va davolash bosqichlari (kompensatsiyaga erishilishiga, ultra-tovushli tadqiqot bo‘yicha homila vazniga qarab) hamda ayollarni tug‘ruqdan keyingi yuritish asoslangan;
3,5 kg.dan ortiq tug‘ilish vazni, homiladorlik davridagi 30 dan katta yosh, homiladorlikning 1-trimestrida bel aylanasi 90 sm.dan oshishi va qalqonsimon bez patologiyasi (autoimmun tireoidit, subklinik gipotireoz) mavjudligi gestatsion qandli diabet rivojlanishiga yordam beradigan omillar ekanligi isbotlangan;
oldingi homiladorlikda homilador ayolda preeklampsiya mavjudligi, C-peptid darajasi >1,67 ng/ml (homiladorlikning 1-trimestrida) va oilada 2-tur qandli diabet mavjudligi gestatsion diabetni yuzaga kelish xavfini oshirishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 11 avgustdagi 32 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlikdan oldin va homiladorlik paytida semirish, ko‘p sonli homiladorlik va arterial gipertenziya mavjud bo‘lganda gestatsion qandli diabetning rivojlanish xavfi asoslangan. Ilmiy yangilikning joriy qilinishi: akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat filialining 2023 yil 3 iyuldagi 42-I-son buyrug‘i va Andijon viloyat filialining 2023 yil 28 maydagi 18/2 «U»-son buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anamnez ma’lumotlarini to‘plash va homilador ayollarda tana vazni indeksini baholash gestatsion diabetni erta tashxislash hamda onalik va perinatal asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anamnezni to‘g‘ri yig‘ish va och qoringa glyukozani bir marta aniqlash bilan birgalikda antropometriyani o‘tkazish gestatsion diabetning borligi yoki yo‘qligini aniqlash imkonini beradi. Bu bitta bemordan o‘rtacha 180 000 so‘m tejashga olib keladi. Xulosa: anamnez ma’lumotlarini to‘plash va homilador ayollarda tana vazni indeksini baholash orqali gestatsion qandli diabet tashxislash bitta bemorga sarflangan mablag‘dan 180 ming so‘m tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gestatsion qandli diabetni aniqlash algoritmi takomillashtirilgan va davolash bosqichlari (kompensatsiyaga erishilishiga, ultra-tovushli tadqiqot bo‘yicha homila vazniga qarab) hamda ayollarni tug‘ruqdan keyingi yurituvi bilan to‘ldirilgan. Ilmiy yangilikning joriy qilinishi: akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat filialining 2023 yil 3 iyuldagi 42-I-son buyrug‘i va Andijon viloyat filialining 2023 yil 28 maydagi 18/2 «U»-son buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan algoritm gestatsion diabetni erta tashxislash, davolanishni o‘z vaqtida boshlash imkonini beradi, buning natijasida homiladorlik va tug‘ish asoratlari kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan algoritm yordamida gestatsion qandli diabetni erta aniqlash xarajatlarni tejashga olib keladi, chunki bemorlar ambulatoriya sharoitida nazorat qilinadi, insulin terapiyasi o‘tkazilmaydi yoki keyinroq (32-36 haftadan keyin) buyuriladi. Xulosa: homilador ayollarda uglevod almashinuvi buzilishlarini erta aniqlash har bir bemorda o‘rtacha 300 000 so‘mdan 4 000 000 so‘mgacha tejash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: 3,5 kg.dan ortiq tug‘ilish vazni, homiladorlik davridagi 30 dan katta yosh, homiladorlikning 1-trimestrida bel aylanasi 90 sm.dan oshishi va qalqonsimon bez patologiyasi (autoimmun tireoidit, subklinik gipotireoz) mavjudligi gestatsion qandli diabet rivojlanishiga yordam beradigan omillar ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning joriy qilinishi: akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyat filialining 2022 yil 30 dekabrdagi 111-son buyrug‘i va Qashqadaryo viloyat filialining 2023 yil 3 maydagi 52-T-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gestatsion diabetni o‘z vaqtida aniqlash va bemorlarning ahvolini kuzatish bilan bemorlarni kasalxonaga yotqizish zarurati yo‘qoladi, bu ularning hayot sifatiga va davolanishga rioya qilishga ijobiy ta’sir qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anamnez ma’lumotlaridan foydalanish, antropometriya va qalqonsimon bez funksiyasini baholash gestatsion diabetni erta tashxislash va o‘z vaqtida davolashga yordam beradi. Natijada bemorlarni kasalxonaga yotqizish zarurati yo‘qoladi, bu esa akademik Yo.X To‘raqulov nomidagi Respublika Endokrinologiya markazida kuzatuvda bo‘lgan har bir bemordan 5 000 000 so‘m tejashga olib keladi. Xulosa: anamnez va antropometriya ma’lumotlaridan foydalanish gestatsion qandli diabetni erta tashxislashga yordam beradi va muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.
turtinchi ilmiy yangilik: oldingi homiladorlikda homilador ayolda preeklampsiya mavjudligi, C-peptid darajasi >1,67 ng/ml (homiladorlikning 1-trimestrida) va oilada 2-tur qandli diabet mavjudligi gestatsion diabetni yuzaga kelish xavfini oshirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning joriy qilinishi: akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyat filialining 2022 yil 30 dekabrdagi 111-son buyrug‘i va Qashqadaryo viloyat filialining 2023 yil 3 maydagi 52-T-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: C-peptid darajasini va homilador ayollarning anamnez ma’lumotlarini o‘z vaqtida baholash gestatsion qandli diabetni aniqlashga, erta davolashga olib keladi, diabet kompensatsiyasiga erishishni tezlashtiradi va operativ tug‘ruq sonini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gestatsion qandli diabetni erta tashxislash va o‘z vaqtida davolashda gestatsion diabet bilan kasallangan ayollarga ixtisoslashgan uchinchi darajali markazlarda tug‘ishga ruxsat berish zarurati yo‘qoladi. Bu har bir bemordan 4-8 mln so‘m tejashga olib keladi. Xulosa: homiladorlikning erta muddatlarida gestatsion diabet tashxisini optimallashtirish va uni o‘z vaqtida davolash mablag‘ va vaqtni tejash imkonini beradi. Shuningdek, homilador ayollarni uchinchi darajali tug‘ruqxonalarga yotqizish sonini kamaytirish hisobiga har bir bemordan qo‘shimcha 4 000 000 - 8 000 000 so‘m mablag‘ tejaladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Atadjanova Muborak Masharipovnaning «Gestatsion qandli diabet: tarqalganligi, xavf omillari, prognozlash hamda homiladorlik va tug‘ish jarayoniga ta’siri» mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 2023 yil 6 yanvardagi 8n-z/14-son xulosasi.