Yunusov Maxmudxon Asatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqandda muzey ishi: shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va muzeylashtirish tamoyillari (XIX asrning oxiri – XXI asr boshi)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi va 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar386.
Ilmiy rahbar: Ismailova Jannat Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar Aakademiyasi Tarix instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, PhD.02/09.07.2020.Tar.120.01.
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxror Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Aripdjanov Otabek Yusupdjanovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning oxiri – XXI asr boshida Samarqand muzeyining kolonial tuzum, sovet davri va mustaqillik yillarida rivojlanishini davrlar kesimida Samarqand muzeyi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi tashkiliy faoliyati tadriji: shakllanish bosqichida 1874-1896-y.y.da “Zarafshon okrugi kanselyariyasi qoshidagi muzey”; 1896-1911-y.y.da “Samarqand viloyati statistika komiteti muzeyi”; 1911-1920-u.y.da “Samarqand shahar muzeyi”; 1920-1930-y.y.da “Viloyat muzeyi”: rivojlanish bosqichida 1930-1937-y.y.da O‘zbekiston Markaziy davlat muzeyi; 1937-1945-u.y.da Viloyat tarixiy-o‘lkashunoslik muzeyi; 1945-1953- u.y.da O‘zbek xalqi madaniyati Respublika muzeyi; 1953-1969- u.y.da Madaniyat va san’at tarixi Respublika muzeyi; 1969-1982- u.y.da O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi davlat muzeyi”; 1982-yildan Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi: takomillashtirish bosqichida uning boy kolleksiyalari negizida 13 ta muzey tashkil etilganligi ochib berilgan;
XIX asr ikkinchi yarmida Samarqandda dastlabki muzey mahalliy savdogarlar Mirza Abdulla Buxoriy, Hafiz va Said Qori Umarovlar tomonidan to‘plangan kolleksiyalarning xorijiy muzeylarga norasmiy olib ketilishi hamda soxtalashtirilishining oldini olish zarurati tufayli ochilganligiga qaramasdan, keyingi davrlarda ham rasmiy ravishda markaz ruxsati bilan amalga oshirilganligi asoslab berilgan;
Samarqandda muzey 1920-1945-yillarda Maorif Xalq Komissarligi tarkibida ilmiy-ma’rifiy tashkilot sifatida rivojlanganligi va shu davrda Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasiga tamal toshi qo‘yilganligi, 1945-yildan e’tiboran esa muzey madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ashyolar bilan boyitilganligi hamda muzey ko‘proq sovet mafkurasini targ‘ib etuvchi tashkilotga aylantirilganligi dalillangan;
Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi fondlarida miloddan avvalgi XIV - milodiy VII asrlarga taaluqli bronza oynalar, Makedoniyalik Aleksandr tangalari, Kushonlar imperiyasi davri madaniyat namunalari, milodiy VIII asrga taalluqli fil suyagidan ishlangan shaxmat donalari, Xitoy chinnilari va shu namunadagi temuriylar davrida yaratilgan idishlar, ipakdan ishlangan kiyim-kechaklar mavjudligi aniqlanib, natijada xorijiy davlatlar bilan hamkorlik, do‘stlik va madaniy aloqalari tarixini o‘zida aks ettiruvchi hamda Samarqandning turizmda tutgan o‘rni va roli, unda sayyohlar geografiyasining kengayishiga xizmat qiluvchi “Buyuk ipak yo‘li tarixi muzeyi” ishlanmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqandda muzey ishi: shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va muzeylashtirish tamoyillari (XIX asrning oxiri – XXI asr boshi) mavzusini tadqiq etish asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘sinda joriy etilgan:
O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi tashkiliy faoliyati tadrijiga oid ilmiy va arxiv materiallaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi O‘zbekiston tarixi telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanali DUKning 2023-yil 10-yanvardagi 06-31-55-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Samarqanddagi muzeylar to‘g‘risida targ‘ib qiladi va bugungi yosh avlod ongida Samarqand muzeylari bo‘yicha bilim va fikrlarni kengaytirishga xizmat qilgan;
XIX asr ikkinchi yarmida Samarqandda dastlabki muzey mahalliy kolleksiyonerlar tomonidan to‘plangan kolleksiyalarning xorijiy muzeylarga olib ketilishi hamda soxtalashtirilishining oldini olish zarurati tufayli ochilganligi, ushbu ashyolar Samarqand muzeyining ilk to‘plamini tashkil etganligiga oid arxiv materiallaridan O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida “Samarqand muzeyining ilk kolleksiyasi” ekspozisiyasini takomillashtirishda foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligi Madaniy meros agentligining 2023 yil 10-yanvardagi 01-10/48 -son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Samarqandda dastlabki muzeyning tashkil etilishi, unda kolleksiyalarning tutgan o‘rni va ahamiyatini ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan;
Samarqand muzeyi 1920-1945 yillarda Maorif Xalq Komissarligi tarkibida ilmiy-ma'rifiy tashkilot sifatida rivojlanganligi va ana shu davrda Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasiga tamal toshi qo'yilganligi, 1945 yildan e'tiboran esa muzey madaniyat va san'at yo'nalishidagi jamg'armalar boyitilganligi hamda muzey ko'proq mafkurani targ'ib etuvchi tashkilotga aylantirilganligi bo‘yicha ilmiy materiallardan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanali DUKning 2023-yil 10-yanvardagi 06-31-55 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Samarqanddagi muzeylar faoliyatiga oid yangi materillarni keng jamoatchilikka targʻib qilinishiga erishilgan;
Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi fondlaridagi gilamlar kolleksiyasi, O‘zbekiston halqlari maishiy turmushiga oid ashyolar kolleksiyasi, tosh va yog‘och o‘ymakorligi namunalari, O‘zbekiston tarixining turli davrlariga oid arxeologik va numizmatik ashyolar, hujjatlar, Buyuk Ipak Yo‘li mamlakatlari madaniyatiga oid materiallardan “Buyuk ipak yo‘li tarixi” muzeyi ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqilgan (Turizm va madaniy meros vazirligi Madaniy meros agentligining 2023 yil 10-yanvardagi 01-10/48 -son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy davlatlar bilan hamkorlik, do‘stlik va madaniy aloqalari tarixini o‘zida aks ettiruvchi hamda Samarqandning turizmda tutgan o‘rni va roli, unda sayyohlar geografiyasining kengayishiga xizmat qilgan.