Boymirzaev Sarvar Boynazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi arxeologiya fondining shakllanishi va rivojlanishi», 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/San172.
Ilmiy rahbar: Karimova Dilafro‘z Obidjonovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, PhD.02/09.07.2020.Tar.120.01.
Rasmiy opponentlar: Kuryazova Darmonjon To‘raevna, tarix fanlar doktori (DSc), dotsent; Kubaev Surat Shavkatovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Arxeologiya fondining shakllanishi va rivojlanishi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining ilmiy-tashkiliy faoliyati tadriji: muzey profili bo‘yicha - 1876-1992-y.y.da «O‘lkashunoslik», «Bosh», «Inqilob tarixi», «Markaziy tarix», «O‘zbekiston xalqlari tarixi», 1992-2022-y.y.da «O‘zbekiston tarixi», «O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi»; idoraviy bo‘ysunuviga ko‘ra, Statistika komiteti (1877-y.), Xalq kutubxonasi (1883-y.), Turkiston muzey ishlari va qadimiy yodgorliklar, san’at va tabiatni muhofaza qilish komiteti (1921-y.), O‘rta Osiyo muzey ishlari va qadimiy yodgorliklar, san’at va tabiatni muhofaza qilish komiteti (1923-y.), Xalq Maorifi Komissarligi (1928-y.) Fanlar kometiteti (1933-y.), Madaniyat vazirligi (1963-1969-yy.), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (1943-y.) tizimidagi faoliyati asosida ochib berilgan;
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi arxeologiya fondida 1920-1990-yillarda arxeologik qazuv ishlari natijalari asosida ashyolari soni 3,5 mingdan 70 mingtaga etganligi aniqlanib, ular M.Y. Masson, T.M Mirgiyazov, M.E. Voronets, Ya.G‘. G‘ulomov, L.I. Albaum, V.I. Sprishevskiy, Yu.F. Buryakov kabi muzey mutaxasis va olimlarining xizmati bilan amalga oshganligi isbotlangan;
Arxeologiya fondi ashyolari Inventar (Ilmiy ro‘yxatdan o‘tkazish) kitobini yuritish tarixi tadriji: 1920-y.y.da shakllanish bosqichida 8 ta; 1950-y.y.da rivojlanish bosqichida 9 ta; takomillashuv bosqichida (Mustaqillik yillar) 11 ta, «Inventar raqami», «Yozilgan vaqti va yozgan shaxsning imzosi», «Kirim kitobdagi tartib raqami», «Buyumning to‘liq nomi, har tomonlama to‘liq tavsifi», «Soni», «Ishlangan material va texnikasi», «O‘lchami va og‘irligi, «Saqlanish holati», «Kelib tushish uslubi va manbasi, bahosi va ilovalangan hujjatlari», «Hisobdan chiqarilgan eski ilmiy ro‘yxatdan o‘tkazish kitobidagi tartib raqami va shifri», «Eslatma» kabi ustunlar asosida yuritilganligi dalillangan;
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va Markasiy Osiyo davlatlari muzeylari taqqoslanganda, Qozog‘istonda fondning zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishi, harorat va namlik rejimiga rioya etilishi, Qirg‘izistonda zamonaviy avtomatik havoni namlash tizimi, havo tozalagichlar, termogigrometr, yorug‘lik o‘lchagich, dezinfiksiya tizimi bilan jihozlanganligi, Tojikistonda arxeologik ashyolarni namoyish etish bilan bir qatorda ularning yasalishi va ishlatish texnikasi kabi jihatlariga e’tibor berganligi, Turkmanistonda arxeologik eksponatlarni namoyish etish uchun yasalgan vitrinalar shisha va yog‘ochdan foydalanilganligi ularning alohida yutuqlari sifatida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Arxeologiya fondinig shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha tadqiqot olib borish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining tashkil etilishi ilmiy-tashkiliy faoliyati tadrijiga oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining «O‘zbekiston hududi tosh davrida (mil.avv. 1.5 mln yil - mil. avv. V ming yil)» , «O‘zbekiston hududi bronza davrida (mil.avv. III-II ming yilliklar)», «O‘zbekiston hududi davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi (mil.avv. I ming yillik-milodiy IV asr)», «O‘zbekiston hududida davlatchilik ko‘rinishlari (V-VIII asrlar)», «Fan va madaniyatning rivojlanishi (VIII-XIII asrlar)», «Amir Temur va Temuriylar davri renessansi (XIV-XV asrlar)» ekspozitsiyalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022-yil 29-iyuldagi 3/1255-1786-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar faktik materiallar va muzey ekspozitsiyasini takomillashtirish, mazmun mohiyatini ilmiy boyitishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Arxeologiya fondida 1920-1990-yillarda arxeologik qazuv ishlari natijalari asosida ashyolari soni 3,5 mingdan 70 mingtaga etganligining aniqlanishiga oid materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Arxeologiya fondiga oid yangi, ilmiy-uslubiy materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022-yil 29-iyuldagi 3/1255-1786-son ma'lumotnomasi). Ilmiy natijalar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Arxeologiya fondining tashkil topishi va rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar bugungi yosh avlod ongida muzey va Arxeologiya fondi haqidagi bilimlarni kengaytirishda yangi ilmiy ma’lumotlar olishga xizmat qilgan;
Arxeologiya fondi ashyolari Inventar (Ilmiy ro‘yxatdan o‘tkazish) kitobini yuritish tarixi tadrijiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanalida namoyish etilgan «Toshkent tilsimlari» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi «O‘zbekiston tarixi» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 29-apreldagi 06-28-507-son ma'lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida fondlarni qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish, hamda yoshlarda fond ishi bo‘yicha tasavvurni yanada orttirish kabi jihatlarni ilmiy nazariy jihatdan targ‘ib qilishga asos bo‘lgan;
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va Markasiy Osiyo davlatlari muzeylarini taqqoslash orqali Arxeologiya fondi ashyolarini saqlash hamda namoyish etish bo‘yicha farqlariga oid ilmiy materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanalida namoyish etilgan «Toshkent tilsimlari» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi «O‘zbekiston tarixi» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 29-apreldagi 06-28-507-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Arxeologiya fondi faoliyatini ham amalga oshirib kelinayotgan ishlarni ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan.