Sabirov Alisher Tursunovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixiy tadqiqot usullari tizimida og‘zaki tarix va uni O‘zbekistonda qo‘llash tajribasi”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Tar60.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Axmadali, tarix fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Jumashev Askar Mambetovich, tarix fanlari doktori, professor; Xaknazarov Xudoyberdi Dilmurodovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi og‘zaki-tarixni (oral history) o‘zining konseptual yondashuv va uslubiyatiga ega bo‘lgan alohida fan sifatida O‘zbekiston tarixi faniga moslashuvchanlik holatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘zaki tarix (oral history) ma’lumotlari ilk bor manba sifatida O‘zbekiston tarixshunosligida ilmiy yondashuvning yangi zamonaviy va noan'anaviy yo‘nalish ekanligi, og‘zaki tarix bugungi kungacha bo‘lgan tadqiqotlardagi mavjud bo‘shliqni to‘ldirishi hamda tarixiy izlanishlarda og‘zaki tarix usullaridan keng foydalanish zarurligi aniqlangan;
O‘zbekiston tarixini zamonaviy tadqiqotlarida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Rossiya og‘zaki tarix (oral history) ilmiy izlanishlari tajribalari asosida o‘rganishning ahamiyati, xorijiy va mahalliy og‘zaki-tarixiy tadqiqotlar qiyoslanishi muhimligi ochib berilgan;
O‘zbekiston tarixi XX asrdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlarida ishtirok etganlar, jumladan 20-30 yillardagi “katta qirg‘in” va 80-yillardagi “paxta ishi”da jabrlanganlar tomonidan olingan og‘zaki tarix materiallari yozma manbalardagi tarixiy ma’lumotlar hamda faktlarni to‘ldirishi isbotlangan;
ilk bor O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari Milliy arxividagi og‘zaki tarixga oid audio va video ko‘rinishidagi ma’lumotlar aniqlanib, ular asosida alohida arxiv fondi shakllantirish lozimligi asoslangan;
og‘zaki tarix (oral history) usuli asosida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy fondlari va ekspozisiyalarini boyitish, XX asr 30-50-yillarida O‘zbekistondagi siyosiy qatag‘on tarixiga oid yangi ma’lumotlar bazasini yaratish hamda barcha tarixiy davrlarga oid og‘zaki tarix bo‘yicha xalqaro ma’lumotlar to‘plamini tayyorlash zarurligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflardan:
og‘zaki tarix (oral history) ma’lumotlari ilk bor manba sifatida O‘zbekiston tarixshunosligida ilmiy yondashuvning yangi zamonaviy va noan'anaviy yo‘nalish ekanligi, og‘zaki tarix bugungi kungacha bo‘lgan tadqiqotlardagi mavjud bo‘shliqni to‘ldirishi hamda tarixiy izlanishlarda og‘zaki tarix usullaridan keng foydalanish zarurligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi teleko‘rsatuvlarida, tadqiqotlar natijalari asosida “Na perekrestkax istini” (Haqiqat chorrahalarida), “Etno” axborot-ma’rifiy ko‘rsatuvlarida “Markaziy Osiyo tarix fanida og‘zaki tarix tajribasi” mavzusida ma’ruzalar o‘tildi, shuningdek, O‘zbekistonda og‘zaki tarixni o‘rganish muammosi, maqsad va vazifalarining o‘rganilish darajasi rus va o‘zbek tillarida “O‘zbekiston tarixi” teleko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston MTRKning 2022 yil 7 yanvardagi 02-30-20-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy va keng jamoatchilik ushbu usulning kelib chiqishi, rivojlanishi, qadriyatlari va imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
O‘zbekiston tarixini zamonaviy tadqiqotlarida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Rossiya og‘zaki tarix (oral history) ilmiy izlanishlari tajribalari asosida o‘rganishning ahamiyati, xorijiy va mahalliy og‘zaki-tarixiy tadqiqotlar qiyosiy tahlili muhimligi Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan “Oral history as the voise of the «silent majority»: experience of Germany and Central Asia» (Og‘zaki tarix sokin ko‘pchilikning ovozi sifatida: Germaniya va Markaziy Osiyo tajribasi) mavzusida xalqaro vebinar (mahorat sabog‘i)ni tayyorlash va o‘tkazishda foydalanilgan (Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatli vakili Ronni Xeynening 2023-yil 27-yanvardagi guvohnomasi). Natijada Markaziy Osiyo yosh ilmiy izlanuvchilari O‘zbekiston og‘zaki tarix tadqiqotlari tajribasi bilan tanishib, o‘zlarining tadqiqotlarida foylanish imkoniyatlariga ega bo‘lishgan;
O‘zbekiston tarixi XX asrdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlarida ishtiroq etganlar, jumladan 20-30 yillardagi “katta qirg‘in” va 80-yillardagi “paxta ishi”da jabrlanganlar tomonidan olingan og‘zaki tarix materiallari yozma manbalardagi tarixiy ma’lumotlar hamda faktlarni to‘ldirishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy fondini shakllantirishda va ekspozisiyalarini ishlab chiqishda hamda tarixning o‘tgan asr 30-50-yillaridagi siyosiy repressiya davriga oid noma’lum sahifalarini ochib beradigan nodir xotiralar, intervyular, arxiv materiallari, videoroliklar asosida yaratilgan muzeyning elektron versiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining 2021 yil 10 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada qatag‘on qilinganlarning o‘zlari va ularning qarindoshlarining xotiralari bo‘yicha bir qator materiallar shakllantirilib, muzey fondlari audio va video ko‘rinishidagi yangi og‘zaki tarix manbalari bilan ta’minlangan;
ilk bor O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari Milliy arxividagi og‘zaki tarixga oid audio va video ko‘rinishidagi ma’lumotlar aniqlanib, O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi og‘zaki materiallari fondini o‘rganish va tizimlashtirishda foydalanilgan hamda ilmiy konsultatsiyalari davomida mazkur arxiv fondida saqlanayotgan og‘zaki-tarixiy materiallari topilgan (O‘zR «O‘zarxiv» agentligining 2021 yil 14 dekabrdagi VR52272012-son ma’lumotnomasi). Natijada, arxiv faoliyatiga og‘zaki-tarixiy tadqiqot usullari kiritildi, 72 sonli, 10 soat 45 minut miqdorida og‘zaki tarix materiallari (xotiralar, faxriylar va tarixiy voqealar ishtirokchilarining intervyulari) aniqlanib, alohida ro‘yxat tuzilgan;
og‘zaki tarix (oral history) usuli asosida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy fondlari va ekspozisiyalarini boyitish, XX asr 30-50-yillarida O‘zbekistondagi siyosiy qatag‘on tarixiga oid yangi ma’lumotlar bazasini yaratish hamda barcha tarixiy davrlarga oid og‘zaki tarix bo‘yicha xalqaro ma’lumotlar to‘plamini tayyorlash zarurligi «Qozog‘iston xalqlarining 1930-1950 yillarda deportatsiya qilinishi: tarixdagi umumiylik» nomli, bir vaqtda, «Jamoatchilik fikri» mustaqil tadqiqot instituti (Astana, Qozog‘iston) tomonidan o‘tkazilgan, Qozog‘iston, AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar ishtirokidagi «Kelajak uchun xotira» xalqaro loyihasining bir qismi bo‘lgan tarixiy-sotsiologik loyihani amalga oshirishda, Qozog‘istonning «Xabar» Milliy televideniesi orqali namoyish etilgan «Qozog‘iston xalqlarining 1930-1950 yillarda deportatsiya qilinishi: tarixdagi umumiylik» hujjatli filmini ishlashda ham foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi «Jamoatchilik fikri» tadqiqot institutining 2021 yil 6 dekabrdagi 121-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu halqaro loyihani amalga oshirish jarayonida og‘zaki-tarixiy tadqiqotlarning o‘zbek tajribasi joriy etilib, xorijiy respondentlarining bazasini shakllantirish imkonini berdi xamda ilmiy tadqiqot xulosalari asosida nashr ishlari, ilmiy-ommabop filmlar keng xalq ommasiga etkazilgan.