Begimova Dilshoda Komiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Klasterlashtirish asosida mintaqalar tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish», 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt538
Ilmiy rahbar: Sodiqov Avazbek Madaminovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zaxidov G‘afurjon Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududiy  klasterlarni rivojlantirish asosida mintaqalar tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaning er-suv resurslaridan foydalanish samaradorligi past bo‘lgan hududlarida paxta xomashyosini qayta ishlash jarayonida qo‘shilgan qiymatni oshirishga tuprog‘i sho‘rlangan maydonlarda faoliyat yurituvchi klasterlarga davlat tomonidan subsidiyalar ajratish orqali erishish taklifi asoslangan;
Buxoro shahri va Romitan tumanini to‘qimachilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etish yo‘li bilan paxta-to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
hudud tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini Vobkent tumanida 2 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etish orqali oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish orqali hosildorlik va xomashyoni chuqur qayta ishlash darajasini oshirish orqali 2030 yilgacha Buxoro viloyatida paxta-to‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirishning 3 xil ssenariy bo‘yicha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mintaqaning tabiiy salohiyatidan foydalanish samaradorligi past bo‘lgan hududlarida paxta xomashyosini qayta ishlash jarayonida qo‘shilgan qiymatni oshirishga tuprog‘i sho‘rlangan maydonlarda faoliyat yurituvchi klasterlarga davlat tomonidan subsidiyalar ajratish orqali erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 215-son “2022-2026 yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 2-ilovasining 41-bandini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 13 iyundagi 02/22-426-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida hududda hosildorlik, tarmoq mahsuloti miqdori va qo‘shilgan qiymatni oshirish  imkoniyati kengayadi;
Buxoro shahri va Romitan tumanini to‘qimachilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etish yo‘li bilan paxta-to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 215-son “2022-2026 yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 3-ilovasining 1 va 9-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 13 iyundagi 02/22-426-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mazkur hududlarda to‘qimachilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etilib,  hududlar iqtisodiyoti paxta-to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi;
Buxoro viloyati tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini Vobkent tumanida 2 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etish orqali oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 apreldagi 234-son “2021-2023 yillarda Buxoro viloyatining Vobkent tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2-ilovasining 2-bo‘limi 58 va 59-badlarini  tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 13 iyundagi 02/22-426-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Vobkent tumani markazida 2 ta yangi paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladi;
zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish orqali hosildorlik va xomashyoni chuqur qayta ishlash darajasini oshirish orqali 2030 yilgacha Buxoro viloyatida paxta-to‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirishning 3 xil ssenariy bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 215-son “2022-2026 yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasining 1-bandi, 2-ilovasining 4 va 42-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 13 iyundagi 02/22-426-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida viloyatda tarmoqni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va maqsadli parametrlarini ishlab chiqishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish