Musaeva Dilnoza Dilshatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston hududlarida sug‘urta bozorini tartibga solish tizimini takomillashtirish», 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”, 08.00.13 - “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3PhD/Iqt2488
Ilmiy rahbar: Sodiqov Avazbek Madaminovich, iqtisodiyot fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Mamatkulov Abdurashid, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rahimova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari mintaqaviy bozorini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
majburiy sug‘urtaning yangi turini, shu jumladan, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda ko‘chmas mulkni sug‘urtalash maqsadida har bir hudud uchun yagona tarif va sug‘urta shartlari hamda sug‘urtaning maqbul darajasini qabul qilishni nazarda tutuvchi innovasion (inklyuziv) sug‘urta turini joriy etish mexanizmi taklif etilgan;
bozor ehtiyojlari, sug‘urta salohiyati hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda tadbirkorlik faoliyatini mikrosug‘urtalashning yangi innovasion guruhli sug‘urta turini joriy etish zarurati asoslangan;
hududiy sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari va sug‘urta mukofoti daromadlari o‘rtasidagi korrelyasiya-regressiya munosabati asosida 2027 yilgacha hududiy sug‘urta bozorining ko‘p variantli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
sug‘urtalangan shaxs pensiya yoshiga etganida sug‘urta shartnomasida belgilangan oylik renta yoki bir martalik to‘lov shaklida sug‘urta summalarini to‘lashni uzoq muddatli ixtiyoriy sug‘urta mukofoti asosida sug‘urtalangan shaxs o‘rtacha ish haqining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa sug‘urta badalini ta’minlaydigan uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
majburiy sug‘urtaning yangi turini, shu jumladan, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda ko‘chmas mulkni sug‘urtalash maqsadida har bir hudud uchun yagona tarif va sug‘urta shartlari hamda sug‘urtaning maqbul darajasini qabul qilishni nazarda tutuvchi innovasion (inklyuziv) sug‘urta turini joriy etish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 15-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2023 yil 5 apreldagi 32-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif respublika aholisining turli qatlamlariga sug‘urta xizmatlari tannarxini pasaytirish, xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, risklarni samarali boshqarish va hududiy sug‘urta bozorining ahamiyatini oshirish imkonini beradi;
bozor ehtiyojlari, sug‘urta salohiyati hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda tadbirkorlik faoliyatini mikrosug‘urtalashning yangi innovasion guruhli sug‘urta turini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 30-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2023 yil 5 apreldagi 32-son ma’lumotnomasi). Bu hududlarni yanada mutanosib rivojlantirish uchun aholi jon boshiga YaHM, sanoat mahsuloti va daromadlar, aholi daromadlari va xarajatlar tarkibi ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi;
mintaqaviy sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari va sug‘urta mukofoti daromadlari o‘rtasidagi korrelyasiya-regressiya munosabati asosida 2027 yilgacha ishlab chiqilgan mintaqaviy sug‘urta bozorining ko‘p variantli prognoz parametrlari O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi tomonidan amaliyotda qo‘llash uchun qabul qilingan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2023 yil 5 apreldagi 32-son ma’lumotnomasi). Maqsadli prognoz ko‘rsatkichlarining qo‘llanilishi mamlakatda sug‘urta mukofotlari miqdorini 2,7 marta oshirish imkonini beradi;
sug‘urtalangan shaxs pensiya yoshiga etganida sug‘urta shartnomasida belgilangan oylik renta yoki bir martalik to‘lov shaklida sug‘urta summalarini to‘lashni uzoq muddatli ixtiyoriy sug‘urta mukofoti asosida sug‘urtalangan shaxs o‘rtacha ish haqining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa sug‘urta badalini ta’minlaydigan uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 iyundagi 323-son “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son farmoni hamda «Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 13 apreldagi PQ-5073-son qarori)”gi Qarorining 20 (a)-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2023 yil 5 apreldagi 32-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi keksa yoshdagi aholi qatlamlariga qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish