Nasirova Gulmira Ramzitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ambulatoriya sharoitida bolalarda o‘tkir tonzillitni davolash va profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam : B2021.3.PhD/Tib2100.
Ilmiy raxbar: Turdieva Shoxida Tolkunovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Fazlitdin Sayfitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyati molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini darajasida bolalarda o‘tkir tonzillitni davolash va ikkilamchi profilaktikasining samaradorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir tonzillit bo‘lgan bemor bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi sekretor immunoglobulin (sIgA) va yallig‘lanish ko‘rsatkichi bo‘lgan TNF-α ni yosh toifasiga monand klinik axamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlari isbotlangan;
o‘tkir tonzillit bo‘lgan bemor bolalar periferik qonida neytrofillarning limfotsitlarga bo‘lgan nisbat koeffisienti (NLR) taxlil qilinib, uning qiymati sekretor immunoglobulin (sIgA) ko‘rsatkichiga to‘g‘ri proporsional ravishda o‘zgarishi isbotlangan;
ingalyasion bakteriofag terapiyani o‘tkir tonzillitli bemor bolalarning kompleks davo jarayonida qo‘llanilishi, preparatning antibakterial xususiyatlari xisobiga og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi sekretor immunitet (sIgA) va yallig‘lanish ko‘rsatkichi bo‘lgan (TNF-α) ko‘rsatkichlariga ta’siri isbotlangan;
«Bolalarda o‘tkir tonzillitning klinik belgilarini baholash» shkalasi («Evaluation of the clinical picture of acute tonsillitis in children» - ECPATC) ishlab chiqilgan va foydalanishdagi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 6 iyundagi 03/48- son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 4 may 03/637-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir tonzillit bo‘lgan bemor bolalarning so‘lagida sekretor immunoglobulin (sIgA) va yallig‘lanish ko‘rsatkichi bo‘lgan TNF-α ni yosh toifasiga monand klinik axamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlari aniqlanishi Toshkent shahar, Yunusobod tumani 56 – sonli shahar oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 17.02.2022 yildagi №25 - sonli hamda Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi ko‘p tarmoqli poliklinikasi 10.02.2022 yildagi № 36-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan ushbu ko‘rsatkichlarga amal qilish kasallikni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: noinvaziv usulda sekretor immunoglobulin (sIgA) va yallig‘lanish ko‘rsatkichi bo‘lgan TNF-α ni aniqlash orqali bemorlarga to‘g‘ri davo vositalari qo‘llanilgan va poliprogmaziya xolati bartaraf etilgan. Bemorlarda ushbu tekshirish usulini qo‘llash sarf qilinadigan xarajati 350 000 so‘mni tashkil qilgan, 70 nafar bemorga 24 500 000so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: o‘tkir tonzillitda ushbu to‘g‘ri tanlangan usulni qo‘llash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 350 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: klinik-immunologik va mikrobiologik tadqiqotlar natijasida murtak bezlariga suyuq kompleksli piobakteriofag (Pyobacteriophage complex liquid – PSL)ni ingalyasion usulda samarali kompleks davolashda qo‘llash Toshkent shahar, Yunusobod tumani 56 – sonli shahar oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 17.02.2022 yildagi №25 - sonli hamda Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi ko‘p tarmoqli poliklinikasi 10.02.2022 yildagi № 36-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ingalyasion bakteriofag terapiyasini bolalarning kompleks davo jarayonida qo‘llash bemor bolalar tomonidan o‘rta ta’lim o‘quv muassasalariga qatnovni o‘tkazib yuborishni 1,9 baravarga kamayishiga olib kelgan. Ikkilamchi profilaktika o‘tkazilgandan keyin kasallik asoratlarining 2,7 baravarga pasayishi davolash usulining to‘g‘ri tanlanganligidan dalolat beradi va samarali davolash usulini qo‘llash imkoniyatini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ingalyasion bakteriofag terapiyani o‘tkir tonzillitli bemor bolalarning kompleks davo jarayonida qo‘llanilishi dori-darmon bilan davolash kursining o‘rtacha 7 (7,3±1,82) kundan 5 (5,2±1,74) kungacha bir oilaviy poliklinika xisobiga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini 70 nafar bemorga bir yilda 24 500 000so‘mga kamaytirgan va iqtisod qilingan. Xulosa: O‘tkir tonzillit bilan xastalangan bemorlarda statsionar sharoitida yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 350 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir tonzillitni kechuvida o‘ziga xos klinik belgilarini taxlil qilgan xolda, hamda bolalarda kasallik kechuvini og‘irlik darajasini baholash maqsadida «Bolalarda o‘tkir tonzillitning klinik belgilarini baholash» shkalasi asosida «Bolalarda o‘tkir tonzillitni ambulatoriya sharoitida bakteriofag yordamida davolashni tanlash» EHM dasturi ishlab chiqilgan. Bu dasturni qo‘llash shifokor qabul vaqtni 45% gacha, 1 ta bemor uchun ajratilgan vaqtni 15 daqiqadan 7 daqiqaga qadar kamaytirish imkonini berib Toshkent shahar, Yunusobod tumani 56 – sonli shahar oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 17.02.2022 yildagi №25 - sonli hamda Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi ko‘p tarmoqli poliklinikasi 10.02.2022 yildagi № 36-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda o‘tkir tonzillitning klinik belgilarini baholash” shkalasi asosida birlamchi sog‘liqni saqlash tizimi shifokorlari uchun mo‘ljallangan «Bolalarda o‘tkir tonzillitni ambulatoriya sharoitida bakteriofag yordamida davolashni tanlash» EHM dasturini qo‘llash shifokor ish faoliyatini samaradorligini 45% kamayishiga olib kelgan. EHM dasturida bemor haqidagi ma’lumot kompyuter ma’lumotlar bazasida saqlanib qolinishi va bemor uchun mo‘ljallangan tayyor standart davodan foydalanish samarali davolash taktikasini belgilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: «Bolalarda o‘tkir tonzillitning klinik belgilarini baholash» shkalasi asosida «Bolalarda o‘tkir tonzillitni ambulatoriya sharoitida bakteriofag yordamida davolashni tanlash» EHM dasturini qo‘llash bir oilaviy poliklinika xisobiga yiliga 70 nafar bemor xisobiga 2 450 000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ushbu EHM dasturini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 35 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 35 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir tonzillit bo‘lgan bemor bolalar periferik qonida neytrofillarning limfotsitlarga bo‘lgan nisbat koeffisienti yosh toifasiga monand klinik axamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlari aniqlanishi Toshkent shahar, Yunusobod tumani 56 – sonli shahar oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 17.02.2022 yildagi №25 - sonli hamda Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi ko‘p tarmoqli poliklinikasi 10.02.2022 yildagi № 36-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan ushbu ko‘rsatkichlarga amal qilish kasallikni tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Neytrofillarning limfotsitlarga nisbatining dastlabki koeffisenti o‘tkir va surunkali patologiyasi bo‘lgan bemorlar uchun potensial qisqa muddatli prognostik ko‘rsatkich bo‘lib hisoblangan. Olingan ma’lumotlar neytrofillyoz bilan ifodalangan leykotsitozni ko‘rsatgan. Bu esa bakteriofag terapiyasini qo‘llash samarali ekanligini isbotlagan. Bemorlarda ushbu tekshirish usulini qo‘llash sarf qilinadigan xarajati 34000 so‘mni tashkil qilgan, 70 nafar bemorga 2 380 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: o‘tkir tonzillitda ushbu to‘g‘ri tanlangan usulni qo‘llash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 34000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 34000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.