Toxtiev Jaxongirbek Baxtierovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sportning milliy kurash turi bilan shug‘ullanuvchi atletlarining jismoniy tayyorgarligi dinamikasi va morfofunksional mavqei», 14.00.38-Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib.1315.
Ilmiy rahbar: Eryomushkin Mixail Anatol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Parastaev Sergey Andreevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Rossiya uzluksiz kasbiy ta’lim tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi milliy kurash sport turi bilan shug‘ullanayotgan sportchilarning morfofunksional maqomi va sport jarohati hususiyatlarini o‘rganish asosida ularning tashkiliy va davolovchi-profilaktik chora-tadbirlari dasturini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor milliy kurash turi bilan shug‘ullanayotgan kurashchilarning somatotipik hususiyatlari aniqlangan;
kurashning halqaro turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar bilan qiyoslaganda milliy kurash bilan shug‘ullanayotgan sportchilarning oyoq muskullari va reaksiyaga kirishish bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari ko‘proq rivojlangan bo‘lishi aniqlangan;
milliy kurash bilan shug‘ullanish klinik o‘tib borishi tog‘ay to‘qimasining shikastlanishi darajasi bilan mutanosib bo‘lmaydigan meniskopatieni keltirib chiqarish xavfi yuqori bo‘lishi isbotlangan;
kurashning halqaro turlari bilan milliy kurash elementlarini qo‘shib shug‘ullanish sportchilarning morfofunksional ko‘rsatkichlari va sport natijalari oshishiga ko‘maklashishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspet kengashining 2023 yil 6 iyundagi 20-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: milliy kurash (o‘zbek kurashi) bilan shug‘ullanayotgan sportchilarda simptomsiz meniskopatiya rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lishi aniqlangan va bu holat birlamchi (dastlabki) diagnostika bo‘yicha tegishli kuzatuv olib borish va choralar qo‘llab turishni talab etadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon shaxaridagi olimpiya va paraolimpiya zahiralari respublika kollejlarining sport vrachlari va murabbiylari amaliyotiga milliy sport turi – o‘zbek kurashi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning modelli morfofunksional tavsiflari (xarakteristikalari)ni tahlil qilish metodi tadbiq etildi. (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 8 avgustdagi 8/407-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, uning kelgusida amalga oshirilishi ushbu sport turi bo‘yicha sport natijalarini yaxshilashga tasir kursatadi va mamlakatimiz sportchilarini xalkaro maydondagi mavkeini mustaxkamlashga xizmat kiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Kurash bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning somatotipik xususiyatlarining o‘rnatilishi ushbu sport turi uchun eng katta salohiyatga ega sportchilarni oqilona tanlash imkonini beradi, xamda kurashchilarni tayyorlash uchun mablagni tejash imkonini beradi (yiliga 2.500 000-3.500 000 so‘m), shuningdek, xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatini oshiradi. Xulosa: Kurashchilarining somatotipik xususiyatlarining o‘rganish yiliga taxminan 2500000-3500000 so‘mni tejash imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Tadqiqot natijalari Andijon Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kollejining sportning kurash yo‘nalishi, sport tibbiyoti shifokorlari va murabbiylari amaliyotiga tatbiq etildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kurashning halqaro turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar bilan qiyoslaganda milliy kurash bilan shug‘ullanayotgan sportchilarning oyoq muskullari (mushaklari) va reaksiyaga kirishish bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari ko‘proq rivojlangan bo‘lishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati:Milliy kurash sport turi uchun istiqbolli atletlarni tanlab olish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan shaxaridagi olimpiya va paraolimpiya zahiralari respublika kollejlarining sport vrachlari va murabbiylari amaliyotiga milliy sport turi – o‘zbek kurashi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning modelli morfofunksional tavsiflari (xarakteristikalari)ni tahlil qilish metodi tadbiq etildi. (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 8 avgustdagi 8/407-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Kurashchilarining belgilangan morfofunksional xususiyatlari yulga kuyish, bizga sport uchun eng istiqbolli va iqtidorli yoshlarni tanlashning maqbul mezonlarini ishlab chiqishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallash imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Sportchilarning moslashish darajasining iqtisodiy samaradorligini hisoblash“xarajatlar foydasini tahlil qilish” (CBA)usuli yordamida amalga oshirildi. Hisoblashda pul ko‘rinishida taqdim etilgan omillarni tahlil qilish asosida sportchilarning morfofunksional holatining antropometrik va fiziometrik ko‘rsatkichlaridan foydalanish,xarajatlari va iqtisodiy ta’sir nisbati hisobga olindi.Xarajat-foyda tahlilining natijasi-bu sportni saralashtirish guruhlarini tanlash, ro‘yxatdan o‘tish paytida va mashg‘ulot bosqichining oxirida sportchilarni tanlash orqali sportning to‘g‘ri metodologiyasini qo‘llashdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydani aniqlash. Yuqori darajadagi sport mashg‘ulotlariga yaroqliligini belgilovchi mezonlarni hisobga olingan xolda hisob-kitoblar formulaga muvofiq amalga oshiriladi(B1-B2), bu erda: B1 va B2–chuqur tibbiy ko‘riklar va morfometrik ko‘rsatkichlarni omil tahlili asosida istiqbolli sportchilarni tanlash usullarining afzalliklari; Hisob-kitoblar: B1-chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar narxi 1 200 000 so‘m; B2-24 morfofunksional ko‘rsatkichlarni o‘rganish qiymati -170000 so‘m; 1200000 - 170000=1030000 so‘m. Xulosa: Mutahassislar orasida anketa so‘rovnomasini o‘tkazish natijalari bo‘yicha kurashning milliy turlarida sportchilar jismoniy tayyorgarligining kuch, chaqqonlik va morfofunksional maqom kabi komponentlar ko‘proq darajada ahamiyatli bo‘lishi aniqlandi. Anketa so‘rovnomasi natijalari bo‘yicha respondentlarning ko‘p qismi kurashning milliy turlari bilan shug‘ullanish halqaro kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi atletlarning sport natijalariga ijobiy ta’sir etishini ta’kidlashgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Kurash bo‘yicha murabbiylar amaliyoti uchun maxsus guruhlardagi mashg‘ulotlar uchun eng istiqbolli yosh kurashchilarni tanlash uchun ishlab chiqilgan tanlov mezonlari taklif qilindi.
uchinchi ilmiy yangilik: miliiy kurash (o‘zbek kurashi) bilan shug‘ullanish klinik o‘tib borishi tog‘ay to‘qimasining shikastlanishi darajasi bilan mutanosib bo‘lmaydigan meniskopatiyani keltirib chiqarish xavfi yuqori bo‘lishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyatga ega ekanligi milliy kurash bilan shug‘ullanayotgan kurashchilarning o‘ziga hos talablar va jismoniy yuklamalar mavjudligi bilan shartlaniluvchi somatotipik, funksional va klinik hususiyatlari sport tibbiyoti nuqtai nazaridan o‘rganilganligi bilan izohlanadi.Tadqiqot natijalarining amaliy jihatdan ahamiyatli ekanligi mazkur natijalar o‘zbek milliy kurashini olimpiada yakkakurashlari qatoriga kiritish taklifi asosli ekanligini tasdiqlashi bilan izohlanadi, chunki o‘zbek kurashi morfofunksional rivojlanishi,jismoniy tayyorgarligi holati va ma’lum guruhdagi sport jarohatlari rivojlanishi havfi borligi darajalari bo‘yicha kurashning halqaro turlariga mos keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona shaxaridagi olimpiya va paraolimpiya zahiralari respublika kollejlarining sport vrachlari va murabbiylari amaliyotiga milliy sport turi – o‘zbek kurashi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning modelli morfofunksional tavsiflari(xarakteristikalari)ni tahlil qilish metodi tadbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 8 avgustdagi 8/407-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Meniskopatiya rivojlanishining belgilangan mezonlari uzoq vaqt davomida sport bilan shug‘ullanadigan kurashchilarda og‘ir jarohatlarning oldini oladi, bu esa uzoq vaqt davomida sportdan chetlanishni va tizza bo‘g‘imining shikastlanishi bilan bog‘liq potensial nogironlikni oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan natijalar kurashdagi kurashchilarda meninsk jarohatlarini o‘z vaqtida aniqlash va og‘ir jarohatlarning oldini olish imkonini beradi, bu o‘z navbatida 2-3 bosqich meniskopatiyasini davolashda mablagni sezilarli darajada tejaydi. Ya’ni, bu 2000000 dan 5000000 so‘mgacha (jarrohlik amaliyoti narxidan kelib chiqqan holda) tejashga imkon beradi. Xulosa: Ishlab chikarilgan mezonlar kurashchilarda menisk jarohatlarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olishga yordam beradi, bu esa sport ko‘rsatkichlarini oshiradi, potensial davolanish xarajatlarini kamaytiradi va sportchilarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Toxtiev Jaxongirbek Baxtierovichning “Milliy sport turi kurash bilan shug‘ullanuvchi atlaetlarning morfofunksional maqomi va ularning jismoniy tayyorgarligi dinamikasi” mavzusi buyicha Andijon olimpiya va paraolimpiya zaxiralar kolleji zahiralari respublika kollejlarining sport vrachlari va murabbiylari amaliyotiga milliy sport turi o‘zbek kurashi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning modelli morfofunksional tavsiflari (xarakteristikalari) ni tahlil qilish metodi tadbiq etildi.(Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 8 avgustdagi 8/407-sonli ma’lumotnomasi). Binobarin, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik usulining qiymati morfofunksional ko‘rsatkichlarning nazarda tutilgan omil tahlili narxidan 1030000 so‘mga oshadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kurashning halqaro turlari bilan milliy kurash elementlarini qo‘shib shug‘ullanish sportchilarning morfofunksional ko‘rsatkichlari va sport natijalari oshishiga ko‘maklashishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyatga ega ekanligi milliy kurash bilan shug‘ullanayotgan kurashchilarning o‘ziga hos talablar va jismoniy yuklamalar mavjudligi bilan shartlaniluvchi somatotipik, funksional va klinik hususiyatlari sport tibbiyoti nuqtai nazaridan o‘rganilganligi bilan izohlanadi.Tadqiqot natijalarining amaliy jihatdan ahamiyatli ekanligi mazkur natijalar o‘zbek milliy kurashini olimpiada yakkakurashlari qatoriga kiritish taklifi asosli ekanligini tasdiqlashi bilan izohlanadi, chunki o‘zbek kurashi morfofunksional rivojlanishi,jismoniy tayyorgarligi holati va ma’lum guruhdagi sport jarohatlari rivojlanishi havfi borligi darajalari bo‘yicha kurashning halqaro turlariga mos keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona shaxaridagi olimpiya va paraolimpiya zahiralari respublika kollejlarining sport vrachlari va murabbiylari amaliyotiga milliy sport turi – o‘zbek kurashi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning modelli morfofunksional tavsiflari(xarakteristikalari)ni tahlil qilish metodi tadbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 8 avgustdagi 8/407-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Meniskopatiya rivojlanishining belgilangan mezonlari uzoq vaqt davomida sport bilan shug‘ullanadigan kurashchilarda og‘ir jarohatlarning oldini oladi, bu esa uzoq vaqt davomida sportdan chetlanishni va tizza bo‘g‘imining shikastlanishi bilan bog‘liq potensial nogironlikni oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan natijalar kurashdagi kurashchilarda meninsk jarohatlarini o‘z vaqtida aniqlash va og‘ir jarohatlarning oldini olish imkonini beradi, bu o‘z navbatida 2-3 bosqich meniskopatiyasini davolashda mablagni sezilarli darajada tejaydi. Ya’ni, bu 2000000 dan 5000000 so‘mgacha (jarrohlik amaliyoti narxidan kelib chiqqan holda) tejashga imkon beradi. Xulosa: Ishlab chikarilgan mezonlar kurashchilarda menisk jarohatlarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olishga yordam beradi, bu esa sport ko‘rsatkichlarini oshiradi, potensial davolanish xarajatlarini kamaytiradi va sportchilarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Toxtiev Jaxongirbek Baxtierovichning “Milliy sport turi kurash bilan shug‘ullanuvchi atlaetlarning morfofunksional maqomi va ularning jismoniy tayyorgarligi dinamikasi” mavzusi buyicha Andijon olimpiya va paraolimpiya zaxiralar kolleji zahiralari respublika kollejlarining sport vrachlari va murabbiylari amaliyotiga milliy sport turi o‘zbek kurashi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning modelli morfofunksional tavsiflari (xarakteristikalari) ni tahlil qilish metodi tadbiq etildi.(Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 8 avgustdagi 8/407-sonli ma’lumotnomasi). Binobarin, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik usulining qiymati morfofunksional ko‘rsatkichlarning nazarda tutilgan omil tahlili narxidan 1030000 so‘mga oshadi.