Nosirova Akida Raximdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ovqatlanishni tashkil etilishiga bog‘liq holda bolalarni jismoniy rivojlanishi, ruhiy-fiziologik va ruhiy-emotsional holatini yoshiga xos hususiyatlari», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3322.
Ilmiy rahbar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabdagi ovqatlanishni tashkil etish shakliga bog‘liq holda bolalarning jismoniy rivojlanish darajasini, ruhiy-fiziologik va ruhiy-emotsional holatini baholash va salomatlik holatidagi buzilishlarni erta aniqlash bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktablarda ovqatlanish bo‘linmasi xodimlari tomonidan sanitariya-epidemiologik talablari, ishlab chiqarish va shaxsiy gigiena qoidalarining buzilishi natijasida tayyorlangan taomlarning sifati va xavfsizligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar isbotlangan;
bufet tartibida tashkillashtirilgan ovqatlanish tartibining jismoniy rivojlanishi va ovqatlanish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
maktabdagi issiq ovqat iste’moli o‘quvchilarning ruhiy-fiziologik va ruhiy-emotsional holatga ijobiy ta’sir etishi, diqqat-e’tibor faoliyati va xotira ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanishi, zo‘riqish va o‘ta bezovtalik holatlarning pastligi isbotlangan;
maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish darajasi va ovqatlanish holatini ekspress baholash uchun asosiy somatometrik ko‘rsatkichlarning yosh-jinsiy xususiyatlari hamda baholash jadvallari va grafiklar ko‘rinishda yangi me’yorlar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 1 avgustdagi 7-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 26 iyuldagi 303/01-05-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: maktablarda ovqatlanish bo‘linmasi xodimlari tomonidan sanitariya-epidemiologik talablari, ishlab chiqarish va shaxsiy gigiena qoidalarining buzilishi natijasida tayyorlangan taomlarning sifati va xavfsizligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar isbotlangani Toshkent shahar Shayhontohur tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 45-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha (27.06.2023 y.; № 496-14-205DOP/2023) hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha (05.07.2023 y.; № 30) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondoshuv maktablarda ovqatlanish bo‘linmasi xodimlari tomonidan sanitariya-epidemiologik talablari, ishlab chiqarish va shaxsiy gigiena qoidalarining buzilishi natijasida tayyorlangan ovqatlanish sifati va xavfsizligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar asosida o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi va salomatlik holatini yaxshilash va ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktablarning ovqatlanish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘zgaradigan sanitariya-epidemiologik talablari, ishlab chiqarish va shaxsiy gigiena qoidalarining buzilishi natijasida tayyorlangan ovqatlanish sifati va xavfsizligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar maktab o‘quvchilarning jismoniy rivojlanshini oldini olishga qaratilgan bo‘lib, 360 ming so‘m iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra ovqatdan zaharlanish yuzaga kelishini natijasida 1 kun davolanish 120 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: ovqatdan zaharlanish gumon qilingan bolalarni shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirib, 1 nafar bola hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larini 120000 so‘m x 3 kun = 360 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bufet tartibida tashkillashtirilgan ovqatlanish tartibining jismoniy rivojlanishi va ovqatlanish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangani Toshkent shahar Shayhontohur tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 45-sonli oilaviy poliklinikasi bo‘yicha (27.06.2023 y.; № 496-14-205DOP/2023) hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha (05.07.2023 y.; № 30) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bufet tartibida tashkillashtirilgan ovqatlanish tartibining jismoniy rivojlanishi va ovqatlanish holatiga salbiy ta’sir natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni erta tashxislash va samarali davolash samaradorligini oshirish, hamda alimentar bog‘liq kasalliklar asoratlarini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bufet tartibida tashkillashtirilgan ovqatlanish tartibining jismoniy rivojlanishi va ovqatlanish holatiga salbiy ta’sir natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni davolashga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra ovqatdan zaharlanish yuzaga kelishini natijasida 1 kun davolanish 120 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: bufet tartibida tashkillashtirilgan ovqatlanish tartibining jismoniy rivojlanishi va ovqatlanish holatiga salbiy ta’sirini va samarali davolash vaqtini qisqartirib, 1 nafar bola hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larini 120000 so‘m x 3 kun =360000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: maktabdagi issiq ovqat iste’moli o‘quvchilarning ruhiy-fiziologik va ruhiy-emotsional holatga ijobiy ta’sir etishi, diqqat-e’tibor faoliyati va xotira ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanishi, zo‘riqish va o‘ta bezovtalik holatlarning pastligi isbotlangani Toshkent shahar Shayhontohur tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 45-sonli oilaviy poliklinikasi bo‘yicha (27.06.2023 y.; № 496-14-205DOP/2023) hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha (05.07.2023 y.; № 30) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktabdagi issiq ovqat iste’moli o‘quvchilarning ruhiy-fiziologik va ruhiy-emotsional holatga ijobiy ta’sir etishi, diqqat-e’tibor faoliyati va xotira ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanishi, zo‘riqish va o‘ta bezovtalik darjasini kamaytirish hamda bolalarni ambulator sharoitda pediatr nazoratini ta’minlash va nogironlikni oldini olishga sharoit yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xastlangan maktab o‘quvchilarini qo‘shimcha instrumental va laborator tekshiruvlardan foydalanmaslik; maqsadsiz dori-darmonlarning qo‘llanilishining oldini olish; tor mutaxassis shifokorlar maslahatining zarurati yo‘qligi hamda bemorning shifoxonada bo‘lmasligini iqtisod qilishga erishilgan (Pediatriya shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra bir kunlik davolanish 130 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: bolalarni shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirib, 1 nafar bola hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larini 130000 so‘m x 5 kun =650000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish darajasi va ovqatlanish holatini ekspress baholash uchun asosiy somatometrik ko‘rsatkichlarning yosh-jinsiy xususiyatlari hamda baholash jadvallarining yangi me’yorlar Toshkent shahar Shoyxontoxur tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 45 oilaviy poliklinikasi bo‘yicha (27.06.2023 y.; № 496-14-205DOP/2023) hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha (05.07.2023 y.; № 30) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktab o‘quvchilarining ovqatlanish tartibining izdan chiqishi natijasida jismoniy rivojlanishiga ta’sirini baholash natijasida ko‘rsatkichlarning yosh-jinsiy xususiyatlari hamda baholash jadvallari va grafiklar ko‘rinishda yangi me’yorlar ishlab chiqish imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat ortiqcha vazn, ovqatlanishning ko‘payishi mavjud birinchi bola uchun tekshiruv narxi 420000 so‘mni tashkil etdi, shu jumladan pediatr ko‘rigi (150000 so‘m), bolalar endokrinologi ko‘rigi (150000 so‘m), 2 xil gormonlar - TTG3, TTG4 uchun qon tahlili (120000 so‘m). Semizlik tashxisi qo‘yilgan ikkinchi qizga 6230000 so‘m, shu jumladan pediatr ko‘rigi (150000 so‘m × 4 marta = 600000 so‘m), bolalar endokrinologi ko‘rigi (150000 so‘m × 4 marta = 600000 so‘m), biokimyoviy qon tahlili (45000 so‘m × 4 marta = 180000 so‘m), TTG3, TTG4, STG gormonlari tahlili (180000 so‘m × 2 marta = 360000 so‘m), qalqonsimon bez UTT (60000 so‘m × 2 marta = 120000 so‘m), nevropatolog ko‘rigi (150000 so‘m), gastroenterolog ko‘rigi (150000 so‘m), EKG va kardiolog maslahati - 170000 so‘m, davolash fizkul`turasi oylik kursi (3900000 so‘m). Binobarin, jami moddiy xarajatlar birinchi holatda 420000 so‘mni, ikkinchi holatda esa 6230000 so‘mni tashkil etgan. Diagnostika, davolash va ovqatlanishni tuzatish hisobiga iqtisodiy samara (IS) pul ko‘rinishida 5810000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: maktab o‘quvchilar ovqatlanish holatini ekspress baholash orqali ularning jismoniy rivojlanishning somatometrik ko‘rsatkichlarning baholash jadvallarining yangi me’yorlari bo‘y uzunligi, tana vazni va TVIni ekspress baholash zonalari yordamida jismoniy rivojlanishdagi og‘ishlarni erta tashxislash uchun 1 nafar bola hisobiga 581000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish