Shomansurova Nodira Saidoripovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezlar saraton oldi kasalliklari davo taktikasini tanlashda molekulyar-genetik asoslari» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1 PhD/ Tib.1835.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019 Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Kodirjon Tuxtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: molekulyar-genetik va biologik markerlar miqdorining o‘zgarish yo‘li bilan sut bezi o‘sma oldi va o‘sma kasalliklarini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
molekulyar biologik tadqiqotlar asosida Ki-67, mtp-53 genlari spektri, CD3+, CD4+, CD8+, CD20+ T-limfotsitlar differensiya klasterlari, ER, PR reseptorlaridan iborat sut bezlari kasalliklarini taxmin qilish va bemorlarga konservativ terapiya yoki jarrohlik davolashni genetik paneldan foydalanishligini isbotlangan;
fibroz kistoz mastopatiya tugun shaklida Ki-67 antigenining ijobiy yoki o‘rtacha ifodasi bilan, ER eki PR ning salbiy xolati, salbiy eki o‘rtacha CD8+ reaksiyasi, ijobiy CD4+ reaksiyasi, CD20+ ning yuqori darajasi bo‘lgan bemorlarga jarrohlik amaliyot o‘tkazish zarurligini isbotlangan;
karsinoma in situ bemorlarda o‘smaning to‘qmalarida yuqori darajada proliferatsiyasi hamda apoptozning ingibirlanishi darajasi isbotlangan;
fibroz kistoz mastopatiyaning tugunli shaklida ER+, PR+, Ki67 ning past darajasi, CD8+ning yuqori darajasi, CD4+ va 20+klasterlarning salbiy reaksiyasi kuzatilgan holatda konervativ yo‘li bilan davolashning o‘rni va ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 11 iyuldagi 3-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Tadqiqot natijalarning ilmiy ahamiyati shundaki Ki-67, mtp-53 genlari spektri, CD3+,CD4+,CD8+,CD20+ T-limfotsitlar differensiatsiyasi klasterlari, ER, PR reseptorlaridan iborat genetik paneldan foydalanish va ularning ekspressiyasi darajasini aniqlash sut bezlari kasalligini prognozlash, davo taktikasini o‘zgartirish, bemorlarga qo‘shimcha korreksiyalovchi davolash tayinlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sut bezi saraton oldi kasalliklarining davolash taktikasini tanlashda molekulyar-genetik asoslarini tahlil qilish natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialining klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • fibroz kistoz mastopatiya tugunli shaklini organizm darajasidagi gormonal nosozlik va sut bezi to‘qimasidagi mahalliy nosozlik biomarkeri deb hisoblash mumkin; • ayol organizmidagi gormonal muvozanatni izdan chiqaruvchi ko‘plab omillarni qisqartirish orqali giperestrogeniya va sut bezi to‘qimasidagi epiteliy giperproliferatsiyasini oldini olish mumkin; • molekulyar biologik tadqiqotlar orqali genlarning tug‘ma yoki orttirilgan patologiyalarida sut bezida saraton rivojlanishini oldindan aytish imkoniyati mavjud. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: molekulyar-genetik tekshiruv natijalarini hisobga olgan holda davolash taktikasini o‘zgartirish bemorlarning kasalxonada o‘tkaziladigan davrini qisqartirish imkonini beradi. Buning natijasida faqatgina bemorning statsionarda bo‘lish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirish yiliga 700 000 000 so‘m iqtisodiy samara beradi. Tadqiqot natijalarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida olingan ma’lumotlari RIOvaRIATM Ilmiy kengashida muhokama qilish asosida RIOvaRIATM huzuridagi ekspertlar kengashining xulosasi olindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Ilmiy innovatsiyalarni boshqa tibbiy ixtisoslashtirilgan muassasalarda joriy etish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022-yil 26 dekabrdagi 8n-R/13/8-sonli “O‘sma oldi va o‘sma kasalliklari bo‘lgan ayollar sut bezi to‘qimasi namunalarida gormonal reseptorlar ekspressiyasini identifikatsiya qilish algoritmini ishlab chiqish" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: fibroz kistoz mastopatiya tugunli shaklida 12,5% ayollarda Ki-67 yuqori proliferativ faolligi aniqlangan, Ki-67 ning o‘rtacha ekspressiyasi esa 71,8% ayollarda kuzatilgan. S-r in situ bo‘lgan 100% ayollarda va 28,6% sut bezi fibroadenomasi bo‘lgan bemorlarda Ki-67 ning o‘rtacha ekspressiyasi topilgan, ya’ni bu ayollarda hujayralar proliferativ potensialga ega bo‘lib, qolgan holatlarda esa o‘sma hujayralari proliferatsiyasi me’yoriy to‘qimalar darajasida bo‘lgan. Karsinoma in situ holatida bemorlarning o‘sma to‘qimalarida kuchli proliferatsiya va past darajadagi apoptoz kuzatilgan. Genetik panelning tashxis kompleksiga kiritilishi tashxislashning umumiy samaradorligini qiyoslashning nazariy asoslari yaratilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy natijalar asosida «O‘sma oldi va o‘sma kasalliklari bo‘lgan ayollar sut bezi to‘qimasi namunalarida gormonal reseptorlar ekspressiyasini identifikatsiya qilish algoritmini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialining klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar solishtirma tahlili shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy mavqei bo‘yicha barcha guruhlarda uy bekalarida va oilaviy ahvoliga ko‘ra ko‘proq oilali ayollarda uchrashi aniqlandi. • taklif etilayotgan algoritm aniqlik bilan tashxis qo‘yish, yaxshi sifatli jarayonni yomon sifatlidan ajratish imkonini beradi; • sut bezi o‘sma oldi va o‘sma kasalliklarida bemorlarning mehnatga layoqatli bo‘lgan davrini uzaytirish imkonini beruvchi innovatsion echim taklif qilingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rganilgan patologiyalarni davolashga korreksiyalovchi davoni hisobga olgan holda kompleks yondashuv bemorlarning hayot sifati va nogironliklar sonini qisqarishiga olib keladi. Buning natijasida yiliga 5 670 000 000 so‘m iqtisodiy samara kuzatiladi. Tadqiqot natijalarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida olingan ma’lumotlari RIOvaRIATM Ilmiy kengashida muhokama qilish asosida RIOvaRIATM huzuridagi ekspertlar kengashining xulosasi olindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Ilmiy innovatsiyalarni boshqa tibbiy ixtisoslashtirilgan muassasalarda joriy etish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022-yil 26 dekabrdagi 8n-R/13/8-sonli “O‘sma oldi va o‘sma kasalliklari bo‘lgan ayollar sut bezi to‘qimasi namunalarida gormonal reseptorlar ekspressiyasini identifikatsiya qilish algoritmini ishlab chiqish" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: Sut bezi o‘sma oldi va o‘sma kasalliklarini baholashda tekshiruvlarning zamonaviy diagnostik imkoniyatlaridan foydalanish va molekulyar-biologik hamda molekulyar-genetik markerlar darajasini aniqlash xavf guruhlarini ajratib olib, kelgusida davo taktikasini aniqlash imkonini beradi. Sut bezi o‘sma oldi va o‘sma kasalliklarini tashxislash algoritmini va davolash taktikasini tanlashga ko‘rsatmalarni ishlab chiqish amaliyotdagi shifokorlarga bemorlar hayotini individual prognozlashda yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: gormonal va immunogistokimyoviy holat ko‘rsatkichlarining aniqlanishi sut bezi o‘sma oldi va o‘sma kasalliklarini tashxislashga kompleks yondashuvni ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan. Genetik panelning tashxis kompleksiga kiritilishi tashxislashning umumiy samaradorligini oshirgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • saraton oldi kasalliklarining residiv va malignizatsiya ko‘rsatkichlarini pasaytirishga qaratilgan yangi zamonaviy usullarini kiritilishi; • davolash amaliyotiga sut bezi proliferativ displaziyalari patogenezining o‘ziga xosliklarini hisobga olib, ayol organizmiga bo‘lgan dori yuklamasini kamaytirish; • ayol organizmidagi gormonal muvozanatni izdan chiqaruvchi ko‘plab omillarni qisqartirish orqali giperestrogeniya va sut bezi to‘qimasidagi epiteliy giperproliferatsiyasini oldini olish mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tashxislash va davolashning takomillashtirilgan algoritmi erta tashxis qo‘yish, noxush prognostik guruhlarni ajratib olish imkonini beradi. Buning natijasida faqatgina bemorning statsionarda bo‘lish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirish yiliga 700 000 000 so‘m iqtisodiy samara beradi. Tadqiqot natijalarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida olingan ma’lumotlari RIOvaRIATM Ilmiy kengashida muhokama qilish asosida RIOvaRIATM huzuridagi ekspertlar kengashining xulosasi olindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Ilmiy innovatsiyalarni boshqa tibbiy ixtisoslashtirilgan muassasalarda joriy etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022-yil 26 dekabrdagi 8n-R/13/8-sonli “O‘sma oldi va o‘sma kasalliklari bo‘lgan ayollar sut bezi to‘qimasi namunalarida gormonal reseptorlar ekspressiyasini identifikatsiya qilish algoritmini ishlab chiqish" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: S-r in situ da CD20+, CD4+ ning yuqori limfoid infil`tratsiyasi, CD8+ ning o‘rtacha ekspressiyasi zaminida kuzatilib, juda oz litik faollikni isbotlaydi. Sut bezi S-r in situ da o‘sma to‘qimasida eng ko‘p uchraydigan limfotsitlar turi proliferativ faollikka ega bo‘lgan CD4+ va CD20+ T-limfotsitlardir. Sut bezi o‘sma oldi va o‘sma kasalliklarini tashxislash algoritmini va davolash taktikasini tanlashga ko‘rsatmalarni ishlab chiqish amaliyotdagi shifokorlarga bemorlar hayotini individual prognozlashda yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi yuqori va o‘rtacha intratumoral ekspressiyaga ega CD3+ limfotsitlar ekspressiyasi mavjud emasligi CD4+ mos ravishda 22% va 37,5%, yuqori va o‘rtacha ekspressiyali CD8+ ning ustunligi esa 25% dan 44%, intratumoral CD20+ fibroz mastopatiya tugunli shakliga ega ayollarning 50% namunalarida, bu V-limfotsitlarning juda oz limfoid infil`tratsiyasi yuzaga kelishi, fibroadenomasi bo‘lgan ayollarning o‘sma to‘qimalarida ustunlik qiluvchi T-sitotoksik limfotsitlarning yaqqol litik faolligi kuzatilishi sut bezi saratonining oldini olish va erta baholash tartibini ishlab chiqish va hayot sifatini oshirish imkoni bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • fibroz kistoz mastopatiya tugunli shaklini organizm darajasidagi gormonal nosozlik va sut bezi to‘qimasidagi mahalliy nosozlik biomarkeri deb hisoblash mumkin; • sut bezi o‘sma oldi va o‘sma kasalliklarida bemorlarning mehnatga layoqatli bo‘lgan davrini uzaytirish imkonini beruvchi innovatsion echim taklif qilingan. • bemorlarning umr ko‘rish davomiyligi 75% gacha oshadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan kasallik kechishini modifikatsiya qilish imkonini beruvchi hamda uning prognozini yaxshilash va/yoki tubdan o‘zgartirish strategiyasi iqtisodiy samara beradi. Buning natijasida yiliga 600 000 000 so‘m iqtisodiy samara kuzatiladi. Tadqiqot natijalarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida olingan ma’lumotlari RIOvaRIATM Ilmiy kengashida muhokama qilish asosida RIOvaRIATM huzuridagi ekspertlar kengashining xulosasi olindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Ilmiy innovatsiyalarni boshqa tibbiy ixtisoslashtirilgan muassasalarda joriy etish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022-yil 26 dekabrdagi 8n-R/13/8-sonli “O‘sma oldi va o‘sma kasalliklari bo‘lgan ayollar sut bezi to‘qimasi namunalarida gormonal reseptorlar ekspressiyasini identifikatsiya qilish algoritmini ishlab chiqish" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan.