Quldoshev Asliddin Tursunovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro ekologik ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning globallashuvi va uni boshqarish xususiyatlari», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal45.

Ilmiy rahbar: Mamashokirov Saidmurod, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti,  DSc.27.06.2017.F.02.02.

Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Musaev Odil Rahmatovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akadimiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro ekologik ijtimoiy-siyosiy munosabatlar globallashuvi va uni boshqarish institutlari tizimining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berishdan  iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

xalqaro ekologik ijtimoiy-siyosiy munosabatlar globallashuvi jarayonini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishga mutasaddi institutsional tizim faoliyatini optimallashtirishning milliy, mintaqaviy, global modellarini o‘zaro uyg‘unlashtirish falsafaning alohidalik, maxsuslik va umumiylik kategoriyalari vositasida nazariy jihatdan asoslangan;

xalqaro ekologik siyosiy munosabatlar global rivojlanishining  tolerantlik, kompromistik, demokratik tendensiyalari, (ob’ektiv) huquqiy, siyosiy, psixologik va (sub’ektiv) insonning intellektual salohiyati, omillari, institutsional tizimini boshqarish imkoniyatlarining determinatsion harakatlantiruvchi kuchlariga oid metodologik taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;

yoshlarning ekologik faolligi va mas’uliyatini shakllantirishga mas’ul tashkilotlarning nazariy-metodologik, o‘quv-uslubiy faoliyatini innovatsion tarzda takomillashtirishga doir amaliy takliflar ishlab chiqilgan;

muayyan ekologik hududda atrof-muhit muhofazasi sohasidagi asosiy strategik yo‘nalishlar aniqlangan va ularning globallashish tendensiyasi ilmiy-falsafiy tahlil qilingan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Xalqaro ekologik ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning globallashuvi va uni boshqarish xususiyatlarini tadqiq etish asosida:

xalqaro ekologik ijtimoiy-siyosiy munosabatlar globallashuvi jarayonini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishga mutasaddi institutsional tizim faoliyatini optimallashtirishning milliy, mintaqaviy, global  modellarini (falsafaning alohidalik, maxsuslik va umumiylik tamoyiliga ko‘ra) nazariy jihatdan asoslashga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan va 2017 yil 29 iyunda tasdiqlangan: «O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 2-yarimyilligidagi faoliyatini samarali amalga oshirish tadbirlar dasturi»da, «Orol dengizi mintaqasida ekologik falokatni kamaytirish, xalqaro hamkorlik va ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda donor hamjamiyat resurslarini safarbar qilishni yanada rivojlantirish investisiya loyihalarini samarali amalga oshirilishini ta’minlash», «Mintaqadagi suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari», dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 29 noyabrdagi 03/2-6506-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimida ekologik munosabatlar samaradorligini sezilarli darajada oshirgan.

xalqaro ekologik siyosiy munosabatlar global rivojlanishining  tolerantlik, kompromistik, demokratik tendensiyalari, (ob’ektiv) huquqiy, siyosiy, psixologik va (sub’ektiv) insonning intellektual salohiyati, omillari, institutsional tizimini boshqarish imkoniyatlarining determinatsion harakatlantiruvchi metodologik taklif va tavsiyalari asosida O‘zbekiston ekologik harakatining 2015–2017 yillarga mo‘ljallangan: «Aholi ekologik faolligi, mas’uliyati va madaniyatini yuksaltirish», «Atrof-muhit muhofazasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish», «Atrof-muhit muhofazasi sohasida davlat, nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish»ga  yo‘naltirilgan dasturlarining: 8, 10, 17, 19, 32-bandlarini tayyorlashda muhim manba sifatida xizmat qilgan (O‘zbekiston ekologik harakatining 2017 yil 24 noyabrdagi 11/484-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar O‘zbekiston ekologik harakati va uning hududiy bo‘linmalaridagi ekologik masalalarni echishda samara bergan;

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashining 2017 yil 2-yarimyillik uchun tuzilgan ish rejasining 73–74-bandlari hamda 2018 yilga mo‘ljallangan ish rejasida yoshlar ekologik ta’lim-tarbiyasiga yaxlit, uzluksiz jarayon tarzida qaralishi, mutasaddi tashkilot-muassasalarini nazariy-metodologik, o‘quv-uslubiy asoslarini takomillashtirishga doir bandlarini (49, 55, 70, 72) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashining 2017 yil 25 dekabrdagi 02-06/485-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashining ekologiyaga oid masalalarini muvofiqlashtirishga yordam bergan;

muayyan ekologik hududda atrof-muhit muhofazasi sohasidagi asosiy strategik yo‘nalishlar ya’ni o‘simlik dunyosini muxofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat organlarining qonuniy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va unifikatsiyalashtirish zaruriyati bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga berilgan taklif-tavsiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasida  2016 yil 21 sentyabrda qabul qilingan «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 17, 18, 31-moddalarida (Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarini muhofaza qilish) tegishli band sifatida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 2016 yil 19 dekabrdagi 07/021-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar mamlakatimiz ijtimoiy ekologik vaziyatiga oid qonunchilikni takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish