Ma’rupov Akmaljon Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi uzunmo‘ylov qo‘ng‘izlari (Coleoptera, Cerambycidae) ning faunasi va bioekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B397.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ikrom Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Shoxista Qobiljonovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi uzunmo‘ylov qo‘ng‘izlari faunasining hozirgi tur tarkibi, tarqalishi hamda muhim vakillarining biologik va ekologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududida tarqalgan uzunmo‘ylov qo‘ng‘izlarning umumiy tur tarkibi ilk marotaba ma’lum qilingan, unda oilaning 6 kenja oila, 20 triba, 36 urug‘ va 22 kenja urug‘ga mansub 63 tur hamda 22 kenja turi uchrashi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysida tarqalgan uzunmo‘ylov qo‘ng‘izlarning keng qamrovli umumiy tur tarkibi ilk marotaba aniqlangan, unga ko‘ra vodiyda uzunmo‘ylov qo‘ng‘izlarning 5 kenja oila, 15 triba, 20 urug‘ va 11 kenja urug‘ga oid 20 tur va 7 kenja turi tarqalishi ochib berilgan;
ilk marotaba Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston va Farg‘ona vodiysi koleopterofaunasi uchun yangi bo‘lgan Semanotus bifasciatus Farg‘ona shahridan qayd etilgan hamda uning taksonomik o‘rni molekulyar-genetik tahlillar asosida isbotlangan;
Farg‘ona vodiysi uzunmo‘ylov qo‘ng‘izlariga ilk marotaba to‘liq tarkibda mahalliy nomlar ishlab chiqilgan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida Trirachys sartus, Xylotrechus (Turanoclytus) namanganensis, Trichoferus campestris, Turanium pilosum va Xylotrechus asellus turlarining biologiyasi asoslab berilgan;
O‘zbekiston, shu jumladan, Farg‘ona vodiysi uzunmo‘ylov qo‘ng‘izlarining ozuqa spektri to‘liq holda aniqlangan;
Farg‘ona vodiysida uchrovchi Stenocorus (Toxotochorus) validicornis validicornis, Chlorophorus elaeagni hamda Chlorophorus faldermanni kabi stenotop turlardan vodiy atrofidagi tog‘lardagi kichik o‘rmonlarning ekologik holatini baholashda bioindikator sifatida foydalanishning ilmiy-nazariy asosi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi uzunmo‘ylov qo‘ng‘izlari (Coleoptera: Cerambycidae) ning faunasi va bioekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Semanotus bifasciatus turining mitoxondrial COI nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha maʼlumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi, blast.ncbi.hlm.hih.gov). Natijada, Semanotus bifasciatus – OR100516 inventar raqami olingan va u xalqaro miqyosda Semanotus urug‘i vakillarining tarqalish areallarini molekulyar darajada aniqlash imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi hududida tarqalgan Cerambycidae oilasiga mansub 2 kenja oila 4 urug‘, 4 turga mansub jami 17 ta qo‘ng‘iz namunalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 8 iyundagi 4/1255-1259-son maʼlumotnomasi). Natijada, mavjud hasharotlar kolleksiyasi fondini Farg‘ona vodiysi hududlari bo‘yicha yangi namunalar bilan boyitgan va ular populyatsiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash, turli hududlarda tarqalishi va ekologiyasini o‘rganishda hamda interfaol atlaslar tayyorlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish