Arabov Obidjon Zarip o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari asosida Farg‘ona vodiysi hududining balandlik tizimini hisoblashni takomillashtirish», 11.00.07 - Geoinformatika (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Gr191.
Ilmiy rahbar: Fazilova Dilbarxon Shamuradovna, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Vahob Asomovich, geografiya fanlari doktori (DSc), professor; Sabitov Timur Yurevich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi hududining normal balandlik tizimini hisoblashni sun’iy yo‘ldosh usullari va geoaxborot texnologiyalari asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
global gravitatsion modellardan olingan balandliklar anomaliyasi hudud relefining murakkabligiga bog‘liqligi aniqlangan;
sun’iy yo‘ldosh nivelirlash va global gravitatsion modellarini birgalikda qo‘llash asosida normal balandliklarni hisoblash usuli takomillashtirilgan;
relefning raqamli modellarining aniqligini oshirishni ta’minlaydigan EGM96 (Earth Gravity Model) global gravitatsion modelining balandlik anomaliyalari uchun korreksiya yuzasi (correction surface) yaratilgan;
relefning raqamli modellarining vertikal aniqligi geografik joylashuv, o‘lchashdagi sistematik xatolik, stereojuft suratlarning yo‘nalishiga va tasvirga olish usullariga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sun’iy yo‘ldosh usullaridan foydalanib, Farg‘ona vodiysi hududida normal balandliklarni aniqligini oshirish uchun olingan natijalar asosida:
Sun’iy yo‘ldosh nivelirlash ma’lumotlari va global gravitatsion modellar asosida normal balandliklar qiymatini hisoblash usuli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida Farg‘ona vodiysi hududida dala geodeziya ishlarini bajarishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 7 dekabrdagi 08-11028-son ma’lumotnomasi). Natijada, geoid ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan hududlarning tayanch nuqtalarning normal balandlik qiymatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
EGM96 global gravitatsion modeli asosida Farg‘ona vodiysi hududining mukammalashtirilgan geoid modelidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatida yangi GNSS tarmoq nuqtalarining dastlabki koordinatalarini hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 7 dekabrdagi 08-11028-son ma’lumotnomasi). Natijada, kam texnik harajatlar bilan GNSS stansiyalar normal balandliklarini baholash imkonini bergan;
GNSS va SRTM, ASTER GDEM, ALOS AW3D30 relefning raqamli modellari ma’lumotlari asosida mukammalashtirilgan raqamli balandlik modeli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatida suv ayrig‘ich xaritalarini yaratishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 7 dekabrdagi 08-11028-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy atlasining “Arid zonalari” bo‘limi mazmunini boyitish, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan;
GNSS va SRTM, ASTER GDEM, ALOS AW3D30 relefning raqamli modellari ma’lumotlari asosida mukammalashtirilgan raqamli balandlik modeli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida er resurslaridan foydalanishni rejalashtirishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 7 dekabrdagi 08-11028-son ma’lumotnomasi). Natijada, er resurslaridan oqilona foydalanish, tartibga solish va ularni kadastr hisobini olib borish ishlarini takomillashtirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish