Bozorova Lobar Sharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yuqori oltingugurtli neftning og‘ir fraksiyalari tarkibidagi arenotiofenlar asosida korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3798.
Ilmiy rahbar: Qurbanov Mingniqul Jumag‘ulovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Saidov Jahongir Egamberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori oltingugurtli neftning og‘ir fraktsiyalari tarkibidagi arenotiofenlar asosida korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori oltingugurtli neftning og‘ir fraktsiyasidan arenotiofenlarni sul`fat va sirka kislotalar ta’sirida kimyoviy ajratishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
arenotiofenlar asosida olingan korroziya ingibitorlari tarkibidagi funktsional guruhlarning korroziya jarayonini ingibirlashi ilmiy asoslangan;
olingan ingibitorlarning turli agressiv muhitlarda metallarni korroziyadan himoyalash samaradorligi ingibitor kontsentratsiyasiga, jarayon haroratiga va vaqtga bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
arenotiofenlar asosida olingan korroziya ingibitorlari turli xil kontsentratsiyali kislotali muhitda St.20 markali poʼlat namunasini korroziyadan himoyalash samaradorligi maksimum 98,6 % ga tengligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
yuqori oltingugurtli neftning og‘ir fraktsiyalari tarkibidagi arenotiofenlar asosida korroziya ingibitorlarini olishning printsipial texnologik sxemasi va jarayon reglamenti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neftning yuqori oltingugurtli og‘ir fraktsiyasidan ajratib olingan arenotiofenlar asosida olingan korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish boʼyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arenotiofenlar asosida olingan 3-butil-1-tiaindan-2-sulfokislota va 5-atsetil-2-metil-1-tiaindansulfoksid korroziya ingibitorlari “Gissarneftgaz” QK MChJda amaliyotga joriy qilingan (“GISSARNEFTGAZ” Oʼzbekiston-Shvetsariya qoʼshma korxonasi masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2022 yil 30 martdagi 001j-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, har ikkala ingibitorlar metallar korroziyasiga qarshi qoʼllanilganda neft va gaz sanoatining metallokonstruktsion uskunalari va qurilmalarining ekspluatatsion muddatlarini 10-14% ga oshirish imkonini bergan;
arenotiofenlar asosida olingan 3-butil-1-tiaindan-2-sulfokislota va 5-atsetil-2-metil-1-tiaindansulfoksid korroziya ingibitorlari “Oʼzbekneftgaz” AJ “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da metallokonstruktsiya va qurilmalarning korroziyaga qarshi ingibitorlar sifatida ishlab chiqarishga joriy qilingan. (“Oʼzbekneftgaz” AJ “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2022 yil 19 oktyabrdagi 856/GK-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi tipdagi ingibitorlarining metallarni korroziyadan himoyalash darajasi import qilinayotgan ingibitorlarning himoyalash darajasiga nisbatan 5% ga yuqori ekanligi aniqlangan va metallar korroziyasini oʼrtacha 98,6% gacha ingibirlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish