Xolmirzaeva Zulfizarxon Baxodirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi sharoitida gilosning asosiy zararkunandalarini o‘rganish va ular sonini boshqarishning ilmiy asoslari”, 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx678
Ilmiy rahbar: Tufliev Nodirbek Xushvaktovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq ho‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq ho‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01
Rasmiy opponentlar: Boyjigitov Fozil Muhammadievich, qishloq xo‘jaligi fanlar nomzodi, katta ilmiy xodim; Shukurov Xushvaqt Mamasolievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi sharoitida gilosning asosiy zararkunandalarini o‘rganish, dominant turlarini belgilash, ularning tarqalishi, zarari, rivojlanish xususiyatlarini o‘rganib, mikrobiologik hamda kimyoviy preparatlarni qo‘llagan holda yuqori samarali kurash usul va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi sharoitida gilosning asosiy 2 ta sinf, 7 ta turkum, 17 ta oilaga mansub 22 ta zararkunanda turlari aniqlangan va ular orasidan dominant turlar belgilangan hamda dominant turlarining rivojlanish xususiyatlari aniqlangan;
olcha shilliq arrakashining Farg‘ona vodiysi sharoitida rivojlanish fenologiyasi o‘rganilib, iqlim sharoitlariga qarab 2-3 avlod berishi, shuningdek olcha shilliq arrakashi imagolarini tuproqdan chiqish muddatlari tuproq namligiga bevosita bog‘liq ekanligi aniqlangan;
gilos bog‘larida 2 ta sinf, 7 ta turkum, 48 tur entomofaglar uchrashi aniqlangan. Gilos pashshasining fenologik rivojlanishini o‘rganish maqsadida 3 xil variantdagi ozuqaviy va 1 ta variantdagi jinsiy feromon tutqichlarning samarasini baholash bo‘yicha tadqiqotlar natijasida ushbu tutqichlarning hech biri o‘zini oqlamasligi qayd etilgan;
gilos zararkunandalariga qarshi Nurell Ekstra, 55% em.k. preparati bilan meva pishishidan 18-20 kun oldin ishlov berilganda mevaning tarkibida pestitsid qoldiq miqdori parchalanib ketishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi sharoitida gilosning asosiy zararkunandalarini o‘rganish va ular sonini boshqarishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
gilos etishtirishga ixtisoslashgan bog‘dorchilik xo‘jaliklari va klasterlar uchun “Olcha shilliq arrakashi – (Caliroa cerasi L.) uning rivojlanish xususiyatlari, zarari, hisobga olish usullari va unga qarshi kurash choralari” nomli uslubiy qo‘llanma hamda “Gilos zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 22 iyundagi 05/05/3069-son ma’lumotnomasi). Natijada gilos etishtirishga ixtisoslashgan bog‘dorchilik xo‘jaliklari va klasterlari gilosdan yuqori va sifatli hosil etishtirishda mazkur qo‘llanmadan muayyan darajada foydalanmoqda;
gilos zararkunandalariga qarshi Helitec (0,5 l/ga) mikrobiologik preparatini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan reglament Andijon viloyatining Izboskan, Paxtaobod , Xo‘jaobod va Buloqboshi tumanlarini bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida jami 49,2 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 22 iyundagi 05/05/3069-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu mikrobiologik preparatni qo‘llash hisobiga nazorat variantiga nisbatan bir gektar maydondan 5,55 sentnergacha hosil saqlab qolingan. Mikrobiologik preparatning biologik samaradorligi 80,1-85,0 % ni tashkil etgan;
gilosda uchraydigan asosiy zararkunandalarga qarshi Nurell ekstra, 55% emk. (0,7-0,8-1,0 l/ga) va Nurell Gold 55% em.k. (1,0 l/ga) Escape 20% n.kuk. (0,3 kg/ga), Karat Gold, 5% em.k. (0,6 l/ga), Dnoks, 40% n.kuk. (0,4 kg/ga) preparatlarini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan reglament Farg‘ona viloyati, Quva tumani “Yusupov Tursunboy Xatamovich” fermer xo‘jaligida 9 gektar hamda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani “Usmonov Abdurasul Abdulhafizovich” fermer xo‘jaligida 4,5 gektar maydonlar joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 22 iyundagi 05/05/3069-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bir gektar gilos bog‘idan 7,50 - 12,20 sentnergacha hosil saqlab qolingan va preparatlarning biologik samaradorligi 94,1% dan 99,8% gachani tashkil etgan.