Sharipov Salim Salomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bilan og‘rigan tishsiz bemorlarning funksional reabilitatsiyasini ortopedik yondashuvda ishlab chiqish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1951.
Ilmiy rahbar: Xabilov Nig‘mon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Esirkepov Asilbek Abdurasulovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Qozog‘iston Respublikasi); Komilov Xaydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Oltoy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan og‘rigan to‘liq tishsiz bemorlarda ortopedik protezlashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xayot sifatiga e’tibor qaratgan holda, COVID-19 bilan og‘rigan tishsiz bemorlarni turli xil ortopedik davolash usullar samaradorligi aniqlangan;
to‘liq olinadigan ortopedik konstruksiyalardan foydalanganda, COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarning, protez o‘rnidagi asoratlar namoyon bo‘lishi aniqlangan; 
to‘liq olinadigan ortopedik konstruksiyalar osti sohasida, COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni, so‘lak mikrobiotsenozining xususiyatlari aniqlangan;
to‘liq olinadigan ortopedik konstruksiyalar osti soxasida, COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarning, suyak rezorbsiyasi darajasi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent davlat stomatologiya instituti ekspert kengashining  2023 yil 13 iyundagi 8 son xulosasiga ko‘ra:
brinchi ilmiy yangilik: ilk bor Covid-19 dan keyin to‘liq adentiya bilan og‘rigan bemorlarda turli xil fiksatsiya usullari bilan olinadigan tuzilmalarning protez to‘shagiga ta’sirini klinik tekshirishning qiyosiy tahlili o‘tkazilgan. Covid-19 kasalligini kechirgan to‘liq adentiya tashxisiga ega bemorlarda olib qo‘yadigan protezlar bilan ortopedik protezlashdan avval, majburiy klinik, instumental tekshirish usullaridan tashqari rejalashtirilgan LDF metriya, rentgenologik tekshiruvlarni amalga oshirish bu toifadagi bemorlarning salomatligini og‘irlashtirmasligi, ortopedik stomatologik davolashga ketgan vaqtni qisqartirish bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Covid-19 bilan kasallangan bemorlarda davolash samarador-ligini oshirish va ortopedik tish protezini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Toshkent shaxar 2-bolalar stomatologiya poliklinikasi va "Luqmon Dental"xususiy klinikai (sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 11 yanvardagi 8-sonli n-r/74-sonli ma’lumotnomasi), klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 kasalligini kechirgan to‘liq adentiya tashxisiga ega bemorlarda olib qo‘yadigan protezlar bilan ortopedik protezlashdan avval koshimcha tekshiruvlarni o‘tkazish to‘gri protez turini aniqlashga imkon beradi va shu bilan ijobiy preventiv diagnostika sifatini oshirish orqali erishiladi. Davolash muddatini 40% gacha qisqartirish orqali bemorning hayot sifati yaxshilanadi va mexnatga loyiqatsizlik davri qisqaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Stomatologiya amaliyotida rejalashtirilayotgan olinadigan protez turini oldindan to‘gri tanlash protezga ko‘nikish davrining kisqarishiga va qoshimcha asaoratlar kelib chikishini oldini oladi. Tibbiy diagnostika va tuzatish chora-tadbirlarini amalga oshirish iqtisodiy xarajatlar o‘rtasidagi farq tufayli iqtisodiy samara pul ko‘rinishida 900.000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Covid-19 kasalligini kechirgan to‘liq adentiya tashxisiga ega bemorlarda olib qo‘yadigan protezlar bilan ortopedik protezlashdan avval LDFmetriya va rentgenologik tekshiruvlar yordamida protez turini aniqlash uchun ishlab chiqilgan usuldan foydalanish og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining reaksiyasini aniqlash imkonini beradi va shu bilan qayta protezlashni oldini oladi. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan holda foydalanishi: “Covid-19 bilan og‘rigan tishsiz bemorlarning funksional reabilitatsiyasini ortopedik yondashuvda ishlab chikish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatga javoban 8n-z/43 24.01.23 y. xulosa taqdim etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Covid-19 dan keyin to‘liq adentiya bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozini o‘rganish asosida protez to‘shagining gigiena sifatidagi farqlar aniqlangan.Tish implantlari yordamida maxkamlanadigan olib qo‘yilinadigan tish protezlari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati tomonidan eng kam yallig‘lanish reaksiyasini chaqirishi munosabati bilan protezni foydalanish muddatini uzaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Covid-19 bilan kasallangan bemorlarda davolash samarador-ligini oshirish va ortopedik tish protezini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Toshkent shaxar 2-bolalar stomatologiya poliklinikasi va "Luqmon Dental"xususiy klinikai (sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 11 yanvardagi 8-sonli n-r/74-sonli ma’lumotnomasi), klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olinadigan protez bilan foydalanish muddatini uzaytirish bemorning ishga loyiqatsizligini kamaytirish orqali, ijtimoiy hayotini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holati yomonlashishi, olinadigan protezlarni foydalanish muddatini 2 yilgacha qisqartirishiga olib keladi va protezni almashtirishni talab qiladi. Protez turini tog‘ri tanlash asosida va z og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatini nazorat qilish xizmat muddatini 5 yilgacha uzaytiradi, iqtisodiy samara pul ko‘rinishida 900.000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tish implantlari yordamida maxkamlanadigan olib qo‘yilinadigan tish protezlari og‘iz bo‘lig‘i shilliq qavati tomonidan eng kam yallig‘lanish reaksiyasini chaqiradi va protez joylashgan shilliq qavatining kompressiya xavfini sezilarli kamaytirishi tufayli bemorlarda protezga moslashish davri qisqaradi va olinadigan protezni foydalanish muddati uzaytiriladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Covid-19 bilan og‘rigan tishsiz bemorlarning funksional reabilitatsiyasini ortopedik yondashuvda ishlab chikish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatga javoban 8n-z/43 24.01.23 y. xulosa taqdim etilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor protez to‘shagining suyak to‘qimalarining atrofiyasi darajasiga Covid-19 o‘tkazilgandan so‘ng, to‘liq adentiya bilan og‘rigan bemorlarda olinadigan tuzilmalar asosining qattiqligi roli aniqlangan. Protez to‘shagidagi suyak to‘qimalarining atrofiyasi darajasini aniqlash bemorlarning davolashda protez turini to‘gri aniqlashga yordam beradi va protezlarga tez moslashishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Covid-19 bilan kasallangan bemorlarda davolash samarador-ligini oshirish va ortopedik tish protezini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Toshkent shaxar 2-bolalar stomatologiya poliklinikasi va "Luqmon Dental"xususiy klinikai (sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 11 yanvardagi 8-sonli n-r/74-sonli ma’lumotnomasi), klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 kasalligini kechirgan to‘liq adentiya tashxisiga ega bemorlarda olib qo‘yadigan protezlar bilan ortopedik protezlashda yumshoq taglikdan foydalanish atrofiya darajisini qisqartirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib qo‘yiladigan protez turini to‘g‘ri tanlash og‘iz bo‘shliqning shilliq qavati uchun qulay sharoit yaratib bkradi. Shu tufayli, bemorlarning stomatologga qatnovi 2 barobar kamayadi, iqtisodiy samara pul ko‘rinishida 200 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: To‘g‘ri tanlangan protez turi suyak atrofiyasini normal darajada ushlab turadi va bemorlarning protezlarga tez moslashishiga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Covid-19 bilan og‘rigan tishsiz bemorlarning funksional reabilitatsiyasini ortopedik yondashuvda ishlab chikish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatga javoban 8n-z/43 24.01.23 y. xulosa taqdim etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining mikrosirkulyasiyasini o‘rganish asosida Covid-19 dan keyin to‘liq adentiya bilan og‘rigan bemorlarni ortopedik davolash protokoli ishlab chiqilgan. Covid-19 dan keyin to‘liq adentiya bilan og‘rigan bemorlarni ortopedik davolash protokoli ishlab chikish bosarida olib borilgan izlanishlar, protezlashdan oldin qoshimcha tekshiruv usullaridan foydalanish yordamida tshgri protez turini aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Covid-19 bilan kasallangan bemorlarda davolash samarador-ligini oshirish va ortopedik tish protezini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Toshkent shaxar 2-bolalar stomatologiya poliklinikasi va "Luqmon Dental"xususiy klinikai (sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 11 yanvardagi 8-sonli n-r/74-sonli ma’lumotnomasi), klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 dan keyin to‘liq adentiya bilan og‘rigan bemorlarni ortopedik davolashda qoshimcha tekshiruv usullaridan foydalanish protezlashlash mobaynida tug‘ri protez turini aniqlashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 dan keyin to‘liq adentiya bilan og‘rigan bemorlarri davolash jarayonida tug‘ri protez turi tanlanilishi bemorning qatnov sonini 2 baravar kamaytiradi va kaytadan protezlash oldini oladi , iqtisodiy samara pul ko‘rinishida 1 000 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Covid-19 bilan kasallangan to‘liq adentiya bilan og‘rigan bemorlarni ortopedik davolash sifati va samaradorligini oshirish uchun zamonaviy klinik va paraklinik tadqiqot usullarini o‘z ichiga olgan bemorlarni tekshirish protokoli ishlab chiqilgan, har tomonlama o‘rganilgan va amaliyotga joriy etilgan, masalan: bemorning jag‘idagi suyak zichligi koeffisientini aniqlash, og‘iz gigienasi indekslari va LDF metriya.  Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Covid-19 bilan og‘rigan tishsiz bemorlarning funksional reabilitatsiyasini ortopedik yondashuvda ishlab chikish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatga javoban 8n-z/43 24.01.23 y. xulosasi taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish