Zakirova Xilola Xatamitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bronxial astmali bemorlarning ortopedik stomatologik yordamini takomillashtirish”, 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.RhD/Tib1727.
Ilmiy rahbar: Akbarov Avzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Oreshako Oleg Vasil`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Fedaratsiyasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Kozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kortikosteroid vositalardan foydalanuvchi bronxial astmali bemorlarga olinadigan protezlar bazisi hom ashyosini tanlash taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘i gigiena indeksini tekshirish natijasida bronxial astmali bemorlarda kortikosteroidli terapiya fonida polioksimetilen asosidagi termoplastik xom ashyolar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati tomonidan eng kam yallig‘lanish reaksiyasini chaqirishi va protez joylashgan shilliq qavatning kompressiya xavfini sezilarli kamaytirishi aniqlangan;
gormonga bog‘liq bronxial astmali bemorlarda immun tanqislikning namoyon bo‘lishi sifatida nospesifik himoya omillari darajasini (slgA, FAN) so‘lakdagi lizotsimning yuqori darajasi bilan parallel holda pasayishi aniqlangan;
gormonga bog‘liq bronxial astmali bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishida gipoallergen antiseptik vositalardan foydalanish mikroorganizmlarning shartli-patogen va patogen turlari miqdorini pasaytirishi og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsinozini baxolash usulida isbotlangan;
ilk bor qo‘llanilishi preventiv tashhislash sifatini oshirish imkonini beruvchi, og‘iz bo‘shlig‘ida olinadigan tish protezlarining bazis hom ashyosiga bo‘lgan allergik reaksiyani erta aniqlash va tasdiqlash uchun allergologik testlash usuli ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti ekspert kengashining 2023 yil 12 iyundagi 8 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: polimer xom ashyolardan tayyorlangan protezlarni olinadigan protezlar bilan ortopedik protezlashdan avval, majburiy klinik, instrumental tekshirish usullaridan tashqari kelgusidagi olinadigan protez xom ashyosiga tezkor va kechiktirilgan turdagi allergik reaksiyani aniqlash bronxial astmali bemorlarning salomatligini og‘irlashtirmasligi, ortopedik stomatologik davolashga ketgan vaqtni qiqartirish bilan izohlanadi (Ihtiro patenti № IAP 07274, 23.01.2023). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Bronhial astmali bemorlarda olinadigan tish protezi bazisi xom asyosiga bolgan allergik reaksiyani maxallik aniqlash usuli va ikkilamchi adentiyali bemorlarda tish protezlari xom ashyosiga bolgan allergik reaksiyani aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasida 29.12.2022 yildagi 24-sonli buyruq hamda Toshkent shahar “IDEAL PROF PLUS” xususiy klinikasi 01.12.2022 yildagi 4-P sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Allergik fonga ega bo‘lgan bemorlarda protezlashdan oldin ortopedik xom ashyoga allergik reaksiyani aniqlash uchun ishlab chiqilgan usuldan foydalanish og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining sinov materialiga reaksiyasini aniqlash imkonini beradi va shu bilan ijobiy preventiv diagnostika sifatini oshirish orqali erishiladi. Davolash muddatini 30% gacha qisqartirish orqali bemorning hayot sifati yaxshilanadi va mexnatga loyiqatsizligini davri qisqaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Stomatologiya amaliyotida rejalashtirilayotgan olinadigan protez xom ashyosiga tez va kechiktirilgan turdagi allergik reaksiyani aniqlash uchun allergotestdan foydalanish protezning xom ashosiga bolgan allergik reaksiyani oldini olishga yordam beradi va protezni yangitdan bemorda allergik reaksiyani chaqirmaydigan xom ashyodan yasashni oldini oladi. Tibbiy diagnostika va tuzatish chora-tadbirlarini amalga oshirish iqtisodiy xarajatlar o‘rtasidagi farq tufayli iqtisodiy samara pul ko‘rinishida 1 095 500 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Allergik fonga ega bo‘lgan bemorlarda davolashdan oldin olinadigan protezning xom ashyosiga allergik reaksiyani aniqlash uchun ishlab chiqilgan usuldan foydalanish og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining sinov materialiga reaksiyasini aniqlash imkonini beradi va shu bilan qayta protezlashni oldini oladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish:«Bronxial astmali bemorlarning ortopedik stomatologik yordamini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan 2022 yil 19-dekabr 03-2041-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: polioksimetilen asosidagi termoplastik xom ashyolardan tayyorlangan olib qo‘yilinadigan tih protezlari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati tomonidan eng kam yallig‘lanish reaksiyasini chaqirishi munosabati bilan protezni foydalanish muddatini uzaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Bronhial astmali bemorlarda olinadigan tish protezi bazisi xom asyosiga bolgan allergik reaksiyani maxallik aniqlash usuli va ikkilamchi adentiyali bemorlarda tish protezlari xom ashyosiga bolgan allergik reaksiyani aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasida 29.12.2022 yildagi 24-sonli buyruq hamda Toshkent shahar “IDEAL PROF PLUS” xususiy klinikasi 01.12.2022 yildagi 4-P sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olinadigan protez bilan foydalanish muddatini uzaytirish bemorning ishga loyiqatsizligini kamaytirish orqali, ijtimoiy hayotini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holati yomonlashishi, olinadigan protezlarni foydalanish muddatini 2 yilgacha qisqartirishiga olib keladi va protezni almashtirishni talab qiladi. Polioksimetilen asosidagi protez og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatini yaxshilaydi va xizmat muddatini 5 yilgacha uzaytiradi, iqtisodiy samara pul ko‘rinishida 1 095 500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Polioksimetilen asosidagi termoplastik xom ashyolardan tayyorlanga olib qo‘yiladigan protezlar og‘iz bo‘lig‘i shilliq qavati tomonidan eng kam yallig‘lanish reaksiyasini chaqiradi va protez joylashgan shilliq qavatining kompressiya xavfini sezilarli kamaytirishi tufayli bemorlarda protezga moslashish davri qisqaradi va olinadigan protezni foydalanish muddati uzaytiriladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish:«Bronxial astmali bemorlarning ortopedik stomatologik yordamini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan 2022 yil 19-dekabr 03-2041-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘rtiko‘steroid vositalarini qabul qiluvchi bronxial astmali bemorlarda sIgA va lizosim ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida tiklanishi og‘iz suyuqligida patogen mikroflorani pasayishi munosabati bilan bemorlarning protezlarga tez moslashishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Bronhial astmali bemorlarda olinadigan tish protezi bazisi xom asyosiga bolgan allergik reaksiyani maxallik aniqlash usuli va ikkilamchi adentiyali bemorlarda tish protezlari xom ashyosiga bolgan allergik reaksiyani aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasida 29.12.2022 yildagi 24-sonli buyruq hamda Toshkent shahar “IDEAL PROF PLUS” xususiy klinikasi 01.12.2022 yildagi 4-P sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘rtiko‘steroid vositalarini qabul qiluvchi bronxial astmali bemorlarda sIgA va lizotsim ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida tiklanishi og‘iz suyuqligida patogen mikroflorani pasaytirib protezga bo‘lgan moslasish davrini qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib qo‘yiladigan protez asosi xom ashyosini to‘g‘ri tanlash og‘iz bo‘shliqning shilliq qavati uchun qulay sharoit yaratib, baryer-ximoya mexanizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu tufayli, bemorlarning stomatologga qatnovi 3 barobar kamayadi, iqtisodiy samara pul ko‘rinishida 150 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: To‘g‘ri tanlangan diagnostik usullar og‘iz suyuqligida maxalliy immunitet ko‘rsatgichlari sIgA va lizosimni normal darajada ushlab turadi va bemorlarning protezlarga tez moslashishiga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish:«Bronxial astmali bemorlarning ortopedik stomatologik yordamini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan 2022 yil 19-dekabr 03-2041-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bronxial astmali bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining mikrobiologik va immunologik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida, qisman olinadigan protezlarga adaptasiya jarayonini tezlashtirish va yaxshilash uchun gipoallergin antiseptik eritma hamda og‘iz bo‘shlig‘idagi zamburug‘li infeksiya titrini kamaytirish uchun zamburug‘larga qarshi vositalarni qo‘llash tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Bronhial astmali bemorlarda olinadigan tish protezi bazisi xom asyosiga bolgan allergik reaksiyani maxallik aniqlash usuli va ikkilamchi adentiyali bemorlarda tish protezlari xom ashyosiga bolgan allergik reaksiyani aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasida 29.12.2022 yildagi 24-sonli buyruq hamda Toshkent shahar “IDEAL PROF PLUS” xususiy klinikasi 01.12.2022 yildagi 4-P sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bronxial astmalik bemorlarda maxalliy antiseptik vositalaridan foydalanish og‘iz bo‘shlig‘ida autoxton mikroorganizmlarni ko‘paytirib, bemorni protezga moslashuv davrini qisqartiradi va ijtimoiy xolatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxial astmalik bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ini Miramistinning antiseptik eritmasi bilan yuvish shilliq qavatdagi patologiyaning oldini olishga olib keladi va qatnov sonini 3 baravar kamaytiradi, iqtisodiy samara pul ko‘rinishida 105 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Ingalyasion kortikosteroid vositalardan foydalanadigan bemorlarda og‘iz suyuqligining patogen mikroorganizmlar bilan obsemenasiyasi yuqori bo‘lgan. Olinadigan protezlar o‘rnatilganidan so‘ng, bu manzara yomonlashadi. Biroq, 10 kun davomida og‘iz bo‘shlig‘ini chayish uchun antiseptik eritmasidan foydalanish og‘iz suyuqligida ekiladigan shartli-patogen va patogen turdagi mikroorganizmlar ko‘rsatkichlarini pasaytiradi: patogen S.Aureus 29,6%ga, Str.mutans 34,13%ga, Str. Pyogens esa 47,4%ga. Shu tufayli, bemorni protezga moslashuv davri qisqaradi va ijtimoiy xolati yaxshilashadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish:«Bronxial astmali bemorlarning ortopedik stomatologik yordamini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan 2022 yil 19-dekabr 03-2041-sonli xat yuborilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish